2-Amaliy mashg’ulot 2- mavzu. Kimyo sanoatida suv va uning sifati
Suvning sifatini belgilovchi gigiyenik me’yorlar
Download 31.94 Kb.
|
2-A
3. Suvning sifatini belgilovchi gigiyenik me’yorlar
Yuqorida keltirilgan gigiyenik ma’lumotlarga asoslanib ichimlik suvlariga ikkita GOST qabo’l qilingan. GOST «Ichimlik suv» vodoprovod suvi bo‘lib, u aholi ehtiyoji, uy-ro‘zg‘or, madaniy-maishiy, davolash-profilaktika korxonalari, bolalar muassasalari, ovqatlanish tarmoqlari, shaxsiy gigiyena va boshqa ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan. Ichimlik suvining xavfsizligini ta’minlovchi standart GOST bo‘yicha uch qismdan iborat: Organoleptik xususiyatlari: 200 da suvning hidi 2 balldan yuqori bo‘lmasligi; 200 da ta’mi 2 balldan yuqori bo‘lmasligi; v) rangi 200 dan ko‘p bo‘lmasligi; g) loyqaligi (qoldig‘i) 1,0mg/l dan ko‘p bo‘lmasligi; e) suv tarkibida ko‘zga ko‘rinadigan har xil mayda jonivorlar va suzib yuruvchi quyqalar bo‘lmasligi kerak. Suv tarkibida suvning organoleptik xususiyatlariga ta’sir qiluvchi mineral tuzlar bo‘lmasligi kerak. Quruq qoldiq, 100mg/l dan ko‘p bo‘lmagan, sulfat miqdori 500 mg\l gacha, xloridlar – 350 mg\l gacha, suvning umumiy qattiqligi 7 mg ekv/l dan oshmaganda temirning miqdori 0,3 mg\l gacha, lekin, ba’zan, foydalanish mumkin bo‘lgan yer osti suvlarida marganes miqdori 1,0 mg/l gacha, mis 1,0 mg/l gacha, rux 5 mg/l gacha bo‘lishi kerak. Suvning sifatini yaxshilashda ishlatiladigan birikmalar uning organoleptik xususiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. Suvning kimyoviy ko‘rsatkichlari GOST da quyidagi moddalarga me’yorlar belgilaydi. tabiat suvlarida uchrovchi ftor iqlim sharoitida 0,7 mg/l dan ko‘p bo‘lmasligi, azot nitrat 45,0 mg/l dan ko‘p bo‘lmasligi, strontsiy 7 mg/l gacha, molibden 0,25 mg/l gacha, qo‘rg‘oshin 0,03 mg/l gacha, tabiiy uran 0,6 mg/l gacha, radiy 226 1 1011 bo‘lishi kerak. GOST da ko‘rsatilmagan, lekin sanoat, qishloq xo‘jalik hamda aholi chiqindi suvlari tarkibida bo‘lishi mumkin bo‘lgan kimyoviy birikmalar miqdori Sog‘liqni Saqlash Vazirligi tomonidan tasdiqlangan. Xo‘jalik va ichimlik suvlariga hamda sog‘lomlashtirish uchun mo‘ljallangan suvlarga ruhsat etsa bo‘ladigan (REK) miqdordan oshmasligi bilan bir qatorda radioaktiv moddalar miqdori (radioaktiv xavfsizlik miqdori-76), sanitariya toksikologik belgilari bilan organoleptik talablarga to‘la javob bera olishi kerak. Suvning epidemiologik jihatdan xavfsizligini bildiruvchi ko‘rsatkichlar: koli-indeks 3 dan ko‘p bo‘lmasligi yoki koli-titr 300 dan kam bo‘lmasligi; bakteriyalar koloniyasining umumiy soni 1,0 ml suvda 100 dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Yer ostidan shaxta usulida olingan suvlarga gigiyenik baho berishda quyidagi taxminiy me’yorni qo‘llash mumkin. Ko‘rsatkichlari Me’yorlari Organoleptik ko‘rsatkichlar: Tiniqligi 30 sm dan kam bo‘lmasligi Hidi, ta’mi 2 – 3 ball v). Umumiy qattiqligi 14 mg-ekv/l (400) gacha g). Ftor miqdori 1,5 mgg‘l gacha d). Nitrat miqdori 40 mg/l (azot nitratga hisoblaganda) 2. Suv sifatining bakteriologik ko‘rsatkichi: a). Koli-titr 100 dan kam bo‘lmagan b). Mikroblar soni 1ml da 300- 400 atrofida Suvning kimyoviy ko‘rsatkichlari: a). Oksidlanishi 4 mg/l O2 gacha b). Ammoniy tuzlar 1,0mg/l gacha v). Nitrit miqdori 0,002 mg/l gacha Hech qanday ishlov bermasdan ichiladigan quduq suvi sifatiga baho berishda suv manbalarining organik moddalar va ularning parchalanish mahsulotlari (ammoniy tuzlar, nitritlar, nitratlar) bilan ifloslanishining kimyoviy ko‘rsatkichlaridan foydalanish mumkin. Quduq qaziladigan joyda avvalo laboratoriya tekshiruvlarini o‘tkazish, suvni xlorlash, ichsa bo‘ladigan darajaga kelgach esa ichishga tavsiya qilish mumkin. Download 31.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling