2-amaliy mashg‘ulot: boshlang’ich sinflarda perimetr va yuza tushunchalarini o’rgatish metodikasi


Download 0.95 Mb.
bet2/2
Sana06.05.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1434017
1   2
Bog'liq
2-amaliy mashg`ulot

Amaliy topshiriqlar:
1. Xonaning bo‘yi 4 m, eni esa 3 m. Xonaning yuzini kvadrat metrlarda ifodalang.
2. Sinf xonasining bo‘yi va enini o‘lchang. Uning yuzini kvadrat metrlarda toping.
3. Ayollar ko‘ylagini bezash uchun chetlariga to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi tasma tikib chiqildi. Tasmaning eni 20 mm, bo‘yi 400 mm. Tasmaning yuzini toping.
4. . Birining tomoni 3 sm 9 mm, ikkinchisining tomoni 4 sm 3 mm bo‘lgan ikkita kvadrat chizing va ularni qirqib oling. Har qaysi kvadratning yuzini toping.
5. Tomoni 5 m bo‘lgan kvadrat shaklidagi xonaga bo‘yi 4 m, eni esa 3 m bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi palos to‘shaldi. Bu xonaning necha kvadrat metrini palos qoplamaydi?
6. Tomonlari 6 dm va 4 dm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak hamda tomoni 5 dm bo‘lgan kvadratning perimetri va yuzini hisoblang. Bu shakllarning perimetrlarini, so‘ngra yuzlarini taqqoslang.
7. Uyda ikki xona bo‘lib, xonalardan birining bo‘yi 5 m, eni 3 m, ikkinchisiniki 4 m va 3 m. Agar 1 m2 polga 100 g bo‘yoq sarflansa, bu ikki xona polini bo‘yash uchun qancha bo‘yoq kerak bo‘ladi?
8. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi bog‘ning uzunligi 40 m, eni undan 10 m qisqa. Bog‘ maydonining uchdan bir qismini olma daraxtlari, qolgan qismini boshqa mevali daraxtlar egallagan. Boshqa mevali daraxtlar qancha maydonni egallagan?

9. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi va tomonlaridan biri ma’lum bo‘lganda, ikkinchi tomoni qanday topilganligini tushuntiring:





10. Yuzi 56 sm2 va bir tomonining uzunligi 8 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizing
11. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi bog‘ning uzunligi 20 m, eni 10 m. Bog‘ maydonining yarmini nok daraxtlari egallagan. Nok daraxtlari egallagan
maydon yuzini aniqlang.

12. To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri 36 sm, tomonlaridan birining uzunligi 12 sm. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini toping.


13. Maktab hovlisida gulzor uchun 60 m2 yer ajratildi. Bu butun hovlining beshdan bir qismini tashkil etadi. Butun maktab hovlisining yuzi qancha?


14. Ekin maydonining berilgan o‘lchamlari bo‘yicha tarvuz uchun, qovun va qovoq uchun ajratilgan maydon yuzini toping.



15. Bo‘yi 5 sm, eni 4 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizing. Uning yuzini toping.

16. Umumiy yuzi 1 750 m2 bo‘lgan ikkita yer maydoniga mevali daraxtlar ekildi. Bir maydonga 20 tup va Ikkinchi maydonga 30 tup daraxt ekildi. Agar har bir daraxtga bir xil o‘lchamda yer ajratilgan bo‘lsa, har qaysi maydonning yuzini toping.


17. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi sport maydonlarining jadvalda berilgan o‘lchamlaridan foydalanib, ularning yuzlarini hisoblang:



18. Jadvaldan foydalanib, uchta sodda masala tuzing, ularni yeching:



19. Ustada bo‘yi 65 sm, eni 76 sm bo‘lgan oyna bor edi. Undan uzunligi 52 sm va eni 37 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shakli qirqib olingandan keyin qolgan oynaning yuzini hisoblang.


20. To‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yi 8 sm, eni 4 sm. Shu to‘g‘ri to‘rtburchak yuzining 8/3 qismini toping.


21. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi maktab hovlisining bo‘yi 32 m, eni 24 m bo‘lib, uning uchdan bir qismini sport maydonchasi egallagan. Qolgan qismi yo‘lkalar va gulzordan iborat. Gulzor va yo‘lkalarning yuzi necha kvadrat metr?


22. Yuzi 80 m2 ga teng bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak tomonlarining uzunliklari qanday bo‘lishi mumkin?


23. Ekin maydoni to‘g‘ri to‘rtburchak shakliga ega. Uning bo‘yi 40 m, eni esa 30 m. Maydonning beshdan bir qismini poliz ekinlari, qolgan qismini kartoshka egallagan. Kartoshka uchun ajratilgan maydonning yuzini toping.


24. To‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yi 4 dm, eni esa undan 1 dm 5 sm qisqa. To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri va yuzini toping. (Tomonlarining uzunligini


santimetrlarda ifodalang.)

25. Perimetri 12 sm bo‘lgan kvadrat chizing. Shu kvadratning yuzini hisoblang.


26. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi 360 sm2, tomonlaridan biri (bo‘yi) 30 sm. Perimetri shu to‘g‘ri to‘rtburchakning perimetriga teng bo‘lgan kvadratning


yuzini toping.

27. Jadval bo‘yicha sodda masalalar tuzing va ularni yeching.



28. To‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yi 15 sm, eni esa 3 sm qisqa. To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri va yuzini toping.


.
29. To‘g‘ri to‘rtburchakning eni 10 sm, bo‘yi esa enidan 7 marta katta. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi qanchaga teng?
30. O‘quvchilar ikkita maydonga pomidor ko‘chati ekishdi. Birinchi maydonga ikkinchisiga qaraganda 720 tup ortiq ko‘chat ekildi. Agar birinchi maydonning yuzi 500 m2 va ikkinchi maydonning yuzi 320 m2 bo‘lsa, har qaysi maydonga necha tupdan pomidor ko‘chati ekilganini hisoblang.
Uyga topshiriq. Mavzuga oid masalalar ishlab kelish.
Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling