2-amaliy mashg‘ulot: boshlang’ich sinflarda perimetr va yuza tushunchalarini o’rgatish metodikasi
Download 0.95 Mb.
|
1 2
Bog'liq2-amaliy mashg`ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg‘ulot jihozi
2-AMALIY MASHG‘ULOT: BOSHLANG’ICH SINFLARDA PERIMETR VA YUZA TUSHUNCHALARINI O’RGATISH METODIKASI. ( 2 soat ) Mashg‘ulot maqsadi: Talabalarda perimetr va yuza o‘lchov birliklari va ular orasidagi bog‘lanishga doir masalalar yechish bo‘yicha amaliy ko‘nikma hosil qilish. Mashg‘ulot jihozi: Boshlang‘ich sinflar uchun DTS, dastur, darsliklar, kalendar reja. Amaliy ishlash uchun topshiriqlar: 1.Mavzu haqida qisqacha ma’lumot. 2.Mavzuga doir didaktik topshiriqlar. 3.Uyga topshiriq. Mavzu haqida qisqacha ma’lumot. Tekis figuralarning boshqa xossalari orasida yuzlarni o‘lchash amaliy usulga asoslangan. Dastur bo‘yicha «Yuz. Yuz birliklari» mavzusi IV sinfda o‘rganiladi. Yuz haqida boshlang‘ich tushunchalarni shakllantirish bo‘yicha tayyorgarlik ishi I — II sinflardan boshlanadi. Bosma asosidagi daftarlar bilan ishlashda figuralarni bo‘yash, mehnat darslarida qog‘ozdan figuralar qiyib olish, tasviriy san’at darslarida rasm solish figurani tekislikning yopik, chizik, bilan chegaralangan bo‘lagi sifatida mexanik qabul qilinishiga imkon beradi. Geometrik sanoq materialidan foydalanib, bolalar bir-biridan juda farq, qiladigan yoki mutlaqo bir xil bo‘ladigan figuralarni bemalol taqqoslaydilar. Biroq tajriba shuni ko‘rsatadiki, bolalar «figuraning yuzi» mavzusi materialini qiyinchilik bilan o‘zlashtiradilar. Masalan, turli shakldagi narsalarni taqqoslash ko‘pincha uning chiziqli o‘lchamlarini taqqoslashga keltiriladi. Bolalar ko‘pincha yuzni o‘lchash tushunchasini uni radional hisoblash usuli bilan aralashtirib yuboradilar. «To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini ulchash nimadan iborat?»,— degan savolga bolalar ko‘pincha bunday javob beradilar: «bu uning bo‘yini va enini o‘lchab, ularni ko‘paytirish demakdir». Biroq to‘rtburchakning yuzini topish degan so‘z unda yuz birligi (sm2, m ) necha marta joylashishini aniqlashdir. Mazkur mavzuni o‘rganishda o‘qituvchi tilga oid qiyinchilikka ham duch keladi, chunki u geometriyadagi «tekislik» tushunchasiga tayana olmaydi. Shu sababli yuz tushunchasini shakllantirish bo‘yicha birinchi darslar juda muhimdir. Ular bolalarning yuz tushunchasining aniq ma’nosini tushunishlarini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak. O‘quvchilarni yuz atamasi bilan va yuzlarni dastlabki taqqoslash bilan tanishtirishni yaxshisi amaliy mashqlarni o‘tkazish jarayonida o‘tkazgan ma’qul. 1 2 4-rasm. O‘qituvchi. Bu uchburchaklarning yuzlarini chamalab solishtiring (bolalar uchburchaklar yuzlarining teng yoki farq qilishi haqida tortishishlari mumkin). Kim haqligini qanday isbotlash mumkin? (O‘quvchi figuralarni oladi va bir-birining ustiga qo‘yadi.) Figuralar ustma-ust tushdi. Qanday xulosa chiqaramiz? (Figuralar har xil joylashgan bo‘lsada, ularning yuzlari teng.) O‘qituvchi umumlashtirishga yordam beradi: agar figuraning holati o‘zgartirilsa, uni surilsa, bu figuraning yuzi o‘zgarmaydi. Endi mana bu figuralarga qarang (143-rasm). O‘qituvchi topshiriqlarni variantlar bo‘yicha beradi. Qaysi figuraning yuzi katta? Qanday tekshirib ko‘rish mumkin? (Javob berayotgan bolalar, bir figuraning ustiga ikkinchi figurani qo‘yib, xulosa chiqaradilar). 5- rasm.
Mustahkamlash maqsadida bolalar atrofdagi narsalarning yuzlarini taqqoslaydilar, darsliklardagi topshiriklarni bajaradilar. Bu darsdagi turtta bir xil kvadratdan turli figuralar yasaladigan va ularning yuzlari tengligini isbotlash kerak bo‘lgan topshiriqni yaxshisi keyingi darsga o‘tkazish kerak, bu darsning maqsadi esa yuz o‘lchovlari tushunchasini kiritish va eng qulay o‘lchovni tanlashga o‘gatishdan iborat. Bu darsda «miqdor» tushunchasini yana bir marta umumlashtirish va uning asosiy xossasini ta’kidlash imkoniyati paydo bo‘ladi: agar narsaning xossasini ustma- ust qo‘yish bilan taqqoslash mumkin bo‘lsa, u holda uni o‘lchash, ya’ni miqdor bilan tavsiflash mumkin. Tekis figuralarning boshqa xossalari orasida yuzlarni o‘lchash amaliy usulga asoslangan. Dastur bo‘yicha «Yuz. Yuz birliklari» mavzusi IV sinfda o‘rganiladi. Yuz haqida boshlang‘ich tushunchalarni shakllantirish bo‘yicha tayyorgarlik ishi I — II sinflardan boshlanadi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling