2-Amaliy mashg‘ulot Dielektriklarning elektr mustaxkamligi
Suyuq dielektriklarning teshilishi
Download 84.65 Kb.
|
2-Amaliy
Suyuq dielektriklarning teshilishi. Suyuq dielektriklarining elektr mustaxkamligi normal sharoitda gazlarnikiga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. Suyuqlikda (erkin o‘tish uzunligi) qiymati gazlardagiga nisbatan ancha kichikdir. Shu sababli, toza suyuqlikda Et katta qiymatga (50-70MV/m) erishadi.
Odatda suyuqlik tarkibida doimiy qo‘shimchalar sifatida gaz, suv va qattiq jism zarralari ishtirok etadi. Bunday qo‘shimchalar suyuqlikning elektr mustaxkamligiga (teshilish qonuniyatlariga xam) salbiy ta’sir etib, Et qiymatini keskin pasaytiradi. Elektr maydonida suyuqlikdagi begona zarralar maydon chiziqlari bo‘ylab elektrodlar orasida zanjir ko‘rinishidagi “bo‘sh joylar” ni shakillantiradi. Agar suyuqlik tarkibida gaz pufakchalari bo‘lsa teshilish ana shu pufakchalaridan boshlanib, suyuqlikda tugaydi. Suyuq dielektrik – neft maxsuloti bo‘lgan transfarmator moyining tarkibidagi oz miqdordagi suv uning elektr mustaxkamligini keskin pasaytiradi. Moydagi suv shar shakliga ega bo‘ladi, kuchli maydon ta’sirida dipolli ushbu suv tomchilari qutblanish natijasida ellips shakliga o‘tadi. Bunda elektrodlar orasida vujudga kelgan o‘ta o‘tkazuvchan kanal orqali teshilish ro‘y beradi. Toza moylarda Et qiymati 800C bo‘lganda moyning engil funksiyasi qaynab, unda ko‘plab pufakchalar xosil bo‘lishi natijasida syuyqlikning elektr mustaxkamligi keskin pasayadi. Agar tarkibida bir oz suv bo‘lgan moyning xarorati oshirilsa, undagi suj impulsiya xolatidan molekulyar eritma xolatiga o‘tishi natijasida Et qiymati ko‘tariladi. Past xaroratlarda suyuqlikning elektr mustaxkamligi ortishi uning quyuqlashishi va tarkibidagi suvning muzga aylanishi natijasida r qiymatining kamayishi (r=2,85) bilan bo‘liqdir. Moy tarkibidagi mexanik qo‘shimchalar jumladan tola, kukun zarrasi va xokazolar xam suyuq dielektrikning elektr mustaxkamligi pasayishiga olib keladi. Shuning uchun elektr texnikada ishlatiladigan suyuq dielektriklar mexanik tozalagich, bosqichli filtr, markazdan qochma moslama, vacuum quritgich va gazsizlantiradigan uskunalarda begona qo‘shimchalardan tozalanadi. Suyuq dielektrik qo‘shimchalardan tozalangan uning Er qiymati sezilarli darajada ortadi. Masalan, tozalanmagan transfarmator moyida E=4 MV/m bo‘lsa, tozalanganida Et=25-45 MV/m. Elektr apparat (transfarmator, kabel, kondensator o‘chirgich)lariga moy tozalangandan keyingina quyiladi. Dielektriklarda (qattiq, suyuq, gazsimon) barchasida teshilishlar ro‘y beradi. Misol tariqasida suyuq dielektrik bo‘lgan transformator moyining teshib o‘tish kuchlanishini ko‘rib chiqamiz. Transformator moyining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bu uning teshib o‘tish kuchlanishi- Upr ko‘rsatkichidir. Teshib o‘tish kuchlanishining me’yorlari elektr uskunalarning quvvatiga qarab belgilangan.
Teshib o‘tish kuchlanishini aniqlashda natijalar olti marta olinadi va o‘rtacha qiymatiga bo‘linadi: Yoki sodda qilib aytganda Download 84.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling