Chegaralanish
Download 334.98 Kb. Pdf ko'rish
|
10 sinf Milliy Hududiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1920-yil 10-martda
- MA’MURIY HUDUDIY BO‘LINISH O‘zbekiston SSR da ikki bor ma’muriy bo‘linish amalga oshirilgan: 1) 1925 yilning 29 yanvarida.
- 1926 yilning 29 sentyabrida
- TOJIKISTON ASSR
- 1929 yil 16 oktyabrda
- 1925-1932 yillarda
- Yer-suv islohatining ikkinchi bosqichi 1925-1929-yillarni
- Bosqichi Birinchi bosqich Ikkinchi bosqich Uchinchi bosqich Hududi
- 1939-yilda yakka dehqon xo’jaligi batamom barham topdi. ATAMALAR IZOHI! Funt
CHEGARALANISH
1917-yil oktyabr inqilobidan so’ng hokimyatga kelgan sovetlar (bolsheviklar) 1918-1920- yillar davomid O’rta Osiyo hududida o’zlariga bo’ysunuvchi TASSR, BXSR va XXSR singari davlatlarga asos soldilar. 1920-yilda bu uch o’zbek davlatini sovetlar bo’lib yuborish harakati boshladilar. Birosh shu davrda boshlanib ketgan “bosmachilik” harakati ularni yana 4 yil sabr qilishga majbur qildi.
yig’ilishida Turkiston vakllari Sultonbek Xo’janov, Sanjar Asfandiyorov va N.Paskutskiy Sovet hukumatiga SSSR tarkibida yuqoridagi uch davlat asosida O’rta Osiyo federatsiyasini tuzish taklifini bildirdilar. Shu bilan birga S.Xo’janov Turkistonni yagona birlik ekanligini va uni buzish maqsadga muvofiq emasligini ta’kidladi.
1923-yilda Farg’ona vodiysi vakillari RSFSR tarkibida Farg’ona muxtor viloyatini tashkil qilish taklifini bildirdilar. 1924-yilning fevralida SSSR rahbarlari V.I.Lenin va I.V.Stalinning O’rta Osiyoda milliy hududiy chegaralanishni amalga oshirish haqida maxsus qarori chiqarildi. Qarorni ijro qilish RKP(b) ning O’rt Osiyo byurosi raisi Y.Rudzutakga topshirdi. Fevral va mart oylarida TASSR va BXSR hukumatlari bu qarorga qisman rozilik bildirsada, XSSR bunga butkul qarshi bo’ldi. Shu maqsadda 1924-yil 8-may kuni bir guruh Xorazm rahbarlari RKP(b) MK ga ( Xorazmda milliy masalani hal qilish to’g’risida maktub” yubordilar. Biroq bu taklif sovetlar tomonidan qabul qilinmadi. XSSR ning bosh organi Xorazm Kompartiyasi MK ma’sul kotibi Qalandar Odinayev 1924-yil iyulda o’z lavozimidan ozod qilindi va uning o’rniga sovetparast rahbarlar tayinlandilar. 1924-yil 26-iyulda Xorazm Kompartiyasining yangi rahbariyati milliy chegaralanishga o’z roziligini bildirdi. 1924-yil 12-iyunda I.Stalin taklifi bilan RKP(b) MK Siyosiy byurosining “O’rta Osiyo respubliklarini milliy-hududiy chegaralash to’g’risida” maxsus qarori qabul qilindi. 15-iyulda bo’lsa qaror ijrosini taminlash uchun O’zbeklar byurosi va Hududiy komissiya tashkil qilindi. 1924-yilning sentyabriga kelib hududiy bo’linish loiyahasi tayyorlandi. 16-sentyabrda TASSR va 20-sentyabr kuni BXSR bu loihaga o’z roziligini bildirgan bo’lsa Xorazm loiyahani yana rad etdi. 29-oktyabrdagina XSSR buni tan olishga majbur qilindi. 31-oktyabr kuni bo’lsa taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo’jayev rahbarligida O’zbekiston SSR Muvaqqqat inqilobiy qo’mitasi (Markaziy revkom) tashkil qilindi. 1924-yilning 18-noyabr kuni Turkiston ASSR, Buxoro SSR va Xorazm SSR MIK lari maxsus qo’shma qaror qabul qildilar va unga ko’ra ular o’z qo’llaridagi vakolatlarni O’zbekiston SSR hukumati tashkil topgunga qadar F.Xo’jayev rahbarligidagi Markaziy inqilobiy komitet (Markaziy revkom) ga topshirdilar.
1924 yildagi TASSR, BSSR va XSSR ning hududiy bo‘linishi natijasida O‘zbekiston SSR tashkil qilinishi nazarda tutilgan edi. Bu yosh davlat tashkil qilinishidan avval SSSR hukumati bu erda o‘zining asosiy organi ya’ni Komunistik Partiya (KomPartiya) ni tashkil qilishi zarur edi.
Shu maqsadda 1925 yilning 6-12 fevral kunlari Buxoro shaxrida O‘zbekiston Kompartiyasining I ta’sis s’ezdi bo‘lib o‘tdi. Bu s’ezdda SSSR MIK raisi Mixail Kalinin ishtirok etdi. Ushbu syezdda tashkil qilingan O‘zbekiston SSR Kompuriyasi (O‘zKP) ning ma’sul sekretarlari (ya’ni rahbarlari) qilib Vladimir Ivanov va Akmal Ikromov saylandi. Tashkil qilingan bu tashkilot Moskva qarorlarini ijro qilishi lozim edi.
O‘zbekiston SSR Kompartiyasi tashkil qilingach 1925 yilning 13 fevralida Buxoroda maxsus qurilgan Xalq uyida Butuno‘zbek (O‘zbekiston SSR) Sovetlarining O‘zbekiston SSR ni tuzish bo‘yicha I ta’sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Bu yig‘ilishda ham SSSR MIQ raisi M.Kalinin ishtirok etdi. 17 fevral kuni “O‘zbekiston Sovet Sotsiolistik Respublikasini tashkil etish to‘g‘risida Dekloratsiya” qabul qilindi. Uning tarkibiga Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo, Zarafshon (ya’ni Buxoro) , Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Tojikiston ASSR kirganligi e’tirof etildi. YAngi tashkil qilingan O‘zbekiston SSR ni idora qilish 6-12 fevral kunlari tashkil qilingan O‘zbekiston Kompartiyasiga bo‘ysunuvchi O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroya Qo‘mitasi (O‘zSSR MIK) va O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Sovetiga (O‘zSSR XKS) topshirildi. O‘zbekiston Markaziy Ijroya Qo‘mitasi raisi etib, “Qo‘shchi” dehqonlar uyushmasi faoli Yo‘ldosh Oxunboboev , O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisi etib Fayzulla Xo‘jaev saylandi.
Bu davrda O‘zbekiston SSR hududi 312 394 km.kv, aholisi 3 963 285 kishini tashkil qilgan. (bu ko‘rsatkichlarga Qoraqalpog‘iston va Tojikiston ASSRning aholi va hududi kirmaydi). Bu davrda O‘rta Osiyoning butun aholisi 8 131 062 kishini tashkil qilgan.
Sizga ma’lumki 1925 yil O‘zbekiston SSR tashkil qilingurga qadar O‘rta Osiyoda TASSR, BSSR va XSSR singari uchta o‘zbek davlati mavjud edi. O‘zbekiston SSR ni tashkil qilishda TASSR dan 9 ta uezd, 133 ta tuman va 7 ta qishloq okrugi, BSSR dan 9 ta viloyat va XSSR dan 23 ta tuman olindi.
1925 yilning fevral oyidan to shu yilning aprel oyiga qadar O‘zbekiston SSR poytaxti Buxoro shahri bo‘lgan bo‘lsa, 1925 yil apreldan to 1930 yilning 20 sentyabriga qadar Samarqand shaxri O‘zbekiston SSR ning poytaxti bo‘lgan. SSSR ning oliy organi VKP (b) ning O‘zbekiston SSR dagi asosiy nazorat organlari, O‘rta Osiyo Byurosi, O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi, Turkiston Fronti, O‘rta Osiyo harbiy okrugi va boshqa tashkilotlar Toshkent shahrida joylashgani sabab , Fayzulla Xo‘jaev topshirig‘i bilan poytaxt bir kechada 1930 yilning 20 sentyabrida Samarqanddan Toshkentga ko‘chirildi.
O‘zbekiston SSR da ikki bor ma’muriy bo‘linish amalga oshirilgan: 1) 1925 yilning 29 yanvarida. Unga ko‘ra O‘zbekiston SSR tarkibida 7 viloyat va alohida Konimex tumani (qozoq va qoraqalpoqlar uchun) tashkil qilingan. 7 viloyat tarkibida 23 ta uezd va 241 ta volost bo‘lgan. 2) 1926 yilning 29 sentyabrida O‘zbekiston SSR MIK ning V sessiyasida. Bu sessiyada rayonlashtirish to‘g‘risida qaror chiqdi. Unga ko‘ra O‘zbekiston SSR dagi 7 viloyat, 23 ta uezd va 241 ta volost o‘rniga, 10 ta okrug, 87 ta tuman va 1720 ta qishloq sho‘rosi tuzildi. Konimex tumani o‘z maqomida saqlab qolindi. 1925 yilning fevral oyida tashkil topgan O‘zbekiston SSR 1925 yilning 13 mayida Butunittifoq (ya’ni SSSR) sovetlarining III se’zdida rasman SSSR tarkibiga qabul qilindi. (SSSR ning o‘zi 1922 yil 30 dekabrda RSFSR, Ukraina, Bulorussiya va ZSFSR (Kavkazorti) davlatlari ittifoqidan paydo bo‘lgan)
1927 yil 30 martda O‘zbekiston SSR ning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilingan.
1925 yil 21 martda – O‘zbekiston Kasaba Uyushmalari (profsoyuzlar) komiteti ga asos solindi. (ya’ni Uzsovprof o‘zidan yuqori turuvchi VSSPS ko‘rsatmasi bilan ishlagan).
1925 yil aprel oyida Samarqandda Butunittifoq Leninchi YOshlar Soyuzi (VLKSM) ning o‘zbekistondagi organi – O‘zbekiston Leninchi Kommunistik YOshlar Soyuzi (O‘zLKSM) tashkil qilindi.
O‘zbekiston SSR dehqonlarining manfatini himoya qiluvchi tashkilot “Qo‘shchi” deb atalib, 1920 – 1933 yillarda faoliyat yuritgan.
Tojikiston ASSR 1926 yil 1-12 dekabr kunlari Dushunbe shahrida bo‘lgan tojik xalq depututlari sovetida O‘zbekiston SSR tarkibida avtanom maqomda tashkil qilindi (shu bois SSR emas ASSR).
Tojikiston SSR ga aylantirildi. QORAQALPOG‘ISTON ASSR
Qoraqalpog‘iston ASSR 1925 yil 12-19 fevral kunlari To‘rtko‘ldagi s’ezdda Qozog‘iston SSR tarkibida tashkil qilindi. Qoraqalpog‘iston ASSR 1925-1932 yillarda Qozog‘iston SSR tarkibida, 1932-1936 yillarda bo‘lsa RSFSR tarkibida avtanom maqomdagi davlat bo‘ldi. 1936 yilning 5 dekabr sanasidan O‘zbekiston SSR tarkibiga qo‘shildi.
10-mavzu: O‘ZBEKISTON SSR DA YER-SUV ISLOHATLARI VA KOLLEKTIVLASHTIRISH SIYOSATI
Sizga ma’lumki Turkistonda 1921-1922-yillarda birinchi yer-su islohati o’tkazilgan edi.1925-yilning fevralida O’zbekiston SSR tashkil topgach yer-suv islohatining ikkinchi bosqichi boshlandi. Yer-suv islohatining ikkinchi bosqichi 1925-1929-yillarni o’z ichiga oladi. Bu yer-suv islohatini tarixda “Agrar inqilob” ham deyishadi. Agrar inqilob strategiyasi va taktikasi O’zKP ning 1925 yil noyabrdagi IKKINCHI syezdida tasdiqlandi va O’zbekiston SSR MIK ning 2- dekabrdagi “Suv va suvni natsionalizatsiya qilish to’g’risida” va “yer-suv islohati to’g’risida” gi dekretlari bilan boshlandi. Bu yer-suv islohatlari sharoit va imkoniyatni hisobga olib uch bosqichda amalga oshirildi.
Farg’ona, Toshkent va Samarqand viloyatlari Zarafshon viloyati (Buxoro va O’rta Zarafshon okruglari) Qasgqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari Davri 1925-1926 yy 1927 y 1928-1929 yillar Yer-suv islohatining ikkinchi bosqichi asosan katta yer egaligiga barham berishga qaratildi. Farg’ona viloyatida 40 desyatina, Samarqand va Toshkentda 50 desyatindan ortiq yerga ega bo’lgan katta mulkdorlarning yerlari tortib olinishi belgilandi. Sovetlar tomonidan boy xo’jaliklar ikki turga bo’lingan. Ya’ni , 1) 40-50 desyatina va undan ko’p sug’oriladigan yeri bor boy xo’jaliklar. 2) 10-40 desyatina sug’oriladigan yeri bo’lgan o’ziga to’q dehqon xo’jaliklari. Sovet hukumati boy xo’jaliklarni rus tilida «Кулак» - ya’ni musht, mushtumzo’rlar deb atardi. Bu halq orasida “Quloq” deb talaffuz qilingan. 1925-1929 yillardagi yer-suv islohati natijasida 5000 ga yaqin boy va 23000 dan ortiq o’ziga to’q dehqon xo’jaliklari tugatildi. Qarshilik qilgan dehqonlar ayovsiz holda surgun qilindilar. Shunday qilib sovet jamiyatida 1929-yilda bozor munosabatlari muhiti barham topdi. KOLLEKTIVLASHTIRISH 1929-yilga kelib Yer-suv islohati nihoyasiga yetgach, kollektivlashtirish siyosati boshlandi. Bu siyosat O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1930-yil 17-fevraldagi “Kollektivlashtirish va quloq xo’jaliklarini tugatish to’g’risida” gi qarori bilan, bir vaqtda 19 ta tumanda boshlandi. Kollektivlashtirish 1932-yilda tugallandi. Bu siyosiy harakat natijasida 75 foiz dehqon xo’jaligi davlat sektori tashkil qilgan kalxoz va savxo’zlarga birlashtirildi.ayni 1932- yilda O’zbekiston SSR da 60 dan ziyod savxo’z bo’lgan. Mulki musodara qilingan quloq xo’jaliklar uchun respublikada 17 ta majburiy mehnat posyolkalari tashkil qilindi. Ko’plab insonlar Ukraina, Sibir va Shimoliy Kavkazga surgun qilindi.
Kollektivlashtirish va yer suv islohatlari shuni anglartar ediki dehqon xo’jaligi nafaqat yer balki , chorva va mol -mulkni ham davlat ixtiyoriga o’tkazishi lozim edi. Bu siyosat faqatgiana boy xo’jaliklarga emas, balki oddiy aholiga ham qaratildi. Shu sabab aholi qo’lidagi chorvani davlatga topshirishdan, uni is’temol uchun so’yib yubordi. Oqibatda 1930-yilda respublikada qoramollar miqdori 60 000 boshdan ziyodga kamayib ketdi. Bu davr siyosatining naqadar og’ir bo’lgani quyidagi ma’lumotlardan ham bilsa bo’ladi: “G’alla tayyorlash urush degandek gap. G’alla tayyorlovchilar otishi, qamashi va boshqa ishlar qilishi mumkin. Ular hukumbardorlik qiladi”.
“Qishloqlarda tayyorlov idorasining vakillari uyma-uy yurib, kambag’al dehqonlarning oxirgi misqol g’allasigacha, hatto 20 funt zig’irigacha tortib olganlar. Urug’lik g’allaga tegilmasligi haqida dekret bo’lishiga qaramay, dehqonlar qismati taqdir hukmiga tashlab qo’yilgan edi. Hatto g’alla topshirish rejasini bajargan dehqonlar ham tintib chiqilib, ularning g’allasi ham tortib olindi” O’zbekiston Kompartiyasi MK sekretari Kirpanov tomonidan “mutloqo maxfiy” grifi ostida 1930-yilda tayyorlangan ma’lumot. Bunday siyosatga javoban birgina Qashqadaryo okrugida 1930-yilda 14 ta norozilik chiqishi yuz berdi. Bunday norozilik harakatlari shu yilda O’zbekiston SSR da 240 ta, butun SSSR da 2000 dan ortiq kuzatildi. 1939-yilda yakka dehqon xo’jaligi batamom barham topdi. ATAMALAR IZOHI! Funt – og’irlik o’lchov birligi, 1 funt 410 grammga teng. Desyatina – (Ruscha desyat – o’n) metrlik o’lchov sistemasi qabul qilingunga qadar Rossiyada qo’llangan, 1.09 gektarga teng yer maydoni o’lchovi. Pud – 16.38 kg ga teng og’irlik o’lchov birligi. Download 334.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling