2-amaliy mashg‘ulot. Hayot faoliyati xavfsizligining komfort sharoitlari, ishchi о‘rnining ergonomikasini o’rganish
Download 86.49 Kb.
|
2-amaliy ish
Odam har xil ishchi holat (tik, o'tirgan, yotgan va engashgan) larining optimal va chegaraviy o'lchamlarini aniqlash uchun ish joyini ratsional tashkil qilishda ishlatiladigan zarur antropometrik ma’lumotlar tizimlashtiriladi. Ishning va ishchi holatlarning harakteriga bog’liq hamda har xil turdagi ishchi stollar va o'rindiqlarni konstruksiyalash bo'yicha umumiy tavsiyalar yaratiladi. Ish joyini rejalashtirish va joylashtirishda quyidagi prinsiplarga amal qilish tavsiya qilinadi: boshida to'liq rejalashtirish, keyin qismlarini, oldin optimal holda, keyin amaliy ruxsat qilinganini; ish jarayoni va jihozni rejalashtirishga yagona tizim talablari bilan yondashish. Ish joyini loyihalashda antropometriya ma'lumotlarini hisobga olish muhimdir. Ergonomika bo'yicha manbaalarda maxsus ta'kidlanadiki, konstruktor o'zining antropometrik va psixofiziologik tavsiflarini boshqa odamlar uchun ham namunaviy deb qaramasligi va shu asosda narsalarni loyihalash jarayonini tashkil qilmasligi kerak. Faqat inson tanasi o’lchamlari va a'zolari haqida, uning yoshi va jinsi o’rganilgan holda keng to'liq rejalangan tizimli tanlangan ma'lumotlarni jalb qilganda olcham standartlarini loyihalash uchun mustaxkam ilmiy baza bo'lishi mumkin. Download 86.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling