1. Tizim va uzatish liniyalarini loyihalashga tizimli yondoshish asoslari
Download 259.94 Kb. Pdf ko'rish
|
tizimli loyihalash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11- Maruza: Tolali optik aloqa tizimlarini loyihalashtirish asoslari
- Tizim va uzatish liniyalarini loyihalashga tizimli yondoshish asoslari
Reja: 1. Tizim va uzatish liniyalarini loyihalashga tizimli yondoshish asoslari. 2. Loyihalashga boshlang'ich ma'lumotlar. Asosiy loyiha xujjatlari. 3. Loyihalashning asosiy bosqichlari. 4. Tolali optik uzatish liniyalarini loyihalash bo'yicha asosiy qoidalar. 5. Uzatish liniyasi uchastkalarining uzunligini hisoblash va loyihalash. 11- Ma'ruza: Tolali optik aloqa tizimlarini loyihalashtirish asoslari Tizimli yondashuv turli loyihalash bosqichlarida amalga oshirilishi mumkin, biroq eng samarali effektga tizimning tuzilish sxemasi tanlanadigan va uning asosiy parametrlari baholanadigan, dastlabki loyihalash bosqichida erishiladi. Optimal loyihalashga tizimli yondashuvning asosiy prinsiplarini quyidagicha ifodalash mumkin: 1. Optimal qismdan tarkib topgan tizim, umumiy holda optimal hisoblanmaydi. To'liq holda tizimni optimallashtirish, qismlar bo'yicha optimallashtirish bilan almashtirilganda, ko'pincha xato xulosalarga olib kelishi mumkin. 2. Tizimni optimallashtirish son bo'yicha aniq va yagona, optimallashtirish maqsadini matematik ko'rinishda aks ettiruvchi, mezon bo'yicha olib borilishi kerak. 3. Tizim optimallashtirilishi kerak, qachonki optimallashtiriladigan parametrlarga sonli aniq chegaralar berilsa. Tizim va uzatish liniyalarini loyihalashga tizimli yondoshish asoslari Optimal tizimlarni loyihalash matematik usullar bilan amalga oshiriladi, bunda tizimning matematik ifodasiga, ya'ni uning matematik modelini ishlab chiqishga zaruriyat yuzaga keladi. Analitik ko'rinishdagi tizimning tashqi va ichki parametrlari o'rtasidagi aloqa tenglamalari quyidagi natijalardan olinishi mumkin: - nazariy tadqiqotlar (masalan, xalaqitga bardoshlilik, o'tkazish qobiliyati, ishonchlilik va b.q. uchun aloqa tenglamalari), - texnik – iqtisodiy hisoblashlar (masalan, narx – navo, keltirilgan xarajatlar va b.q. uchun aloqa tenglamalari), - eksperimental bog'liqliklar yoki emperik ma'lumot approksimasiyasi (masalan, xatolik ehtimolligi, nutq signallarining aniqligi va b.q. uchun aloqa tenglamalari), - tizim yoki uning kichik tizimlarini EHM da imitasion modellashtirish natijasida. Mezon – qaror qabul qilishning tanlangan variantining maqsadga muvofiqligini baholash imkonini beruvchi ko'rsatkich. Mezonning matematik ta'rifi – mezonli yoki maqsadli, funksiya. Chegara – ko'riladigan variantlar sonini chegaralovchi, omillar. Agar analitik ifoda yordamida u yoki bu Z masalaning maqsadini va unga erishish vositalari х i ni bog'lashga erishilsa, unda maqsadli yoki mezonli, W funksiya olinadi: Z = W (X, T); bu yerda, X – boshqariluvchi o'zgaruvchilar (maqsadga erishish vositalari); T – chegara (yo'naltirilgan o'zgaruvchilar). Minimum yoki maksimum Z – optimallashtirish mezoni, qabul qilingan qaror samarasining chegaraviy o'lchovini sonli ifodalovchi: Z min (maks) = W * (х 1 *, х 2 *,…, х m *, Т); bu yerda, х i * - T chegaralarda boshqariluvchi o'zgaruvchilarning optimal qiymatlari, i = 1, m. Loyihalash uchun boshlang'ich ma'lumotlar quyidagilar hisoblanadi: - aloqani tashkil etish sxemasi; - turli ishlab chiqaruvchilarning apparatura va kabellari texnik xarakteristikalariga qo'yiladigan talablar, ishonchlilik va narx navoni qo'shib; - uzatish liniyalarining talab etiladigan o'tkazish qobiliyati, shuningdek rivojlanish istiqbolini e'tiborga olgan holda; - aloqa operatorining ta'sir doirasida talab etiladigan ishonchlilik ko'rsatkichlari va b.q. Loyihalash jarayonida ishchi muloqotga: aloqa inshootlarini qurishni rejalashtiruvchi buyurtmachi va loyiha ishini amalga oshiruvchi bosh loyihachi - loyiha tashkiloti kiradi, bunda maxsus loyiha tashkilotlari ham jalb etilishi mumkin. Download 259.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling