1. Tizim va uzatish liniyalarini loyihalashga tizimli yondoshish asoslari


Tolali optik uzatish liniyalarini loyihalash


Download 259.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana11.10.2023
Hajmi259.94 Kb.
#1698422
1   2   3   4   5
Bog'liq
tizimli loyihalash

Tolali optik uzatish liniyalarini loyihalash 
bo'yicha asosiy qoidalar 


TOUL ni loyihalashda quyidagilarni nazarda tutish kerak: 
- mahalliy birlamchi tarmoqlarda TOUL ni tashkil etish; 
- regional va magistral birlamchi tarmoqlarda ikki qo'shni tarmoq 
tugunlari o'rtasida TOUL uchastkasini tashkil etish; 
- imkoniyatlariga va vazifasiga bog'liq holda axborotlarni turli 
zichlashtirish usullarini to'lqin uzunligi bo'yicha, vaqt bo'yicha va 
fazoviy zichlashtirish usullarini moslashuvchan ishlatish. 
OK ning kuyidagi uch turi aniqlangan:
OK1 
– to'yinish quvvatining katta qiymatiga ega uzatish OK, bevosita 
LTA ning optik uzatgichi (OUz) chiqishida signal quvvatining sathini 
oshirish uchun ishlatishga mo'ljallangan; 
OK2 
– juda kichik shovqin sathiga ega qabul qilish OK, bevosita LTA 
ning optik qabul qilgichi (OQq) kirishida uning sezgirligini oshirish 
uchun ishlatishga mo'ljallangan; 
OK3 
– kichik shovqin sathiga ega oraliq OK, uni regenerasiyalash 
uchastkasi uzunligini oshirish uchun passiv tolaning uchastkalari 
orasida o'rnatish tavsiya etiladi. 


Yuqori tezlikli SRI TOUT ning birinchi avlodlarini tadbiq 
etish malakasi ko'rsatgandek, TOUL ni loyihalashda va uni 
tashqi ruxsat etilmagan ulanishlardan himoyalash zaruriyatiga 
bog'liq holda imkon qadar XTQyRP inshootlarini qo'llamaslik 
ham maqsadga muvofiqdir. 
Turli optik kuchaytirgichlarni qo'llash sxemalari 


Mohiyati bo'yicha, zamonaviy TOUL uchun texnik vositalar 
tarkibini optimallashtirish bu birinchi navbatda
Р
opt

n · m · V 
ifoda bilan aniqlanuvchi, o'tkazish qobiliyati bo'yicha optik 
kabelning optimal resursini tanlashdir. Yuqoridagi munosabatda n 
– OT soni, shuningdek, rezerv tolalar soni ham; V – ma'lum L 
uzunlikli regeneratsiyalash uchastkasidagi chegaraviy uzatish 
tezligi (OT turi, apparatura xarakteristikalari va V * L 
ko'paytmani oshirish imkonini beruvchi boshqa imkoniyatlar 
bilan aniqlanadi); m 
– ma'lum B va L dagi optik kanallarning 
chegaraviy soni (OT turi, apparatura xarakteristikalari va to'lqin 
uzunligi bo'yicha ajratilgan TOUT uchun xarakterli bo'lgan 
nochiziqli effektlar ta'sirini kamaytiruvchi boshqa imkoniyatlar 
bilan aniqlanadi). 


Tolali-optik uzatish liniya (TOUL) li uchastkalar uzunliklarini 
XTQyRP sonini kamaytirish uchun iloji boricha katta tanlash 
kerak.
Apparaturaning texnik pasporti (sertifikati) da odatda 
quyidagi parametrlar ko'rsatilgan: 
1. Optik signalning uzatish tezligi V, Mbit/s. 
2. Nurlanish manbaining to'lqin uzunligi 
λ, mkm. 
3. Nurlanish manbai turi. 
4. Nurlanish manbaining spektr kengligi 
∆λ, mkm. 
5. Nurlanadigan quvvat sathi
р
uz
, dBq. 
6. Qabul qilishning minimal sathi 
р
qq min
, dBq. 
7. Qabul qilishning maksimal sathi 
р
qq maks
, dBq. 
8. Optik traktning qo'shimcha yo'qotishlari 
∆A, dB. 

Download 259.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling