Nazorat savollari
1. Optimal loyihalashga tizimli yondashuvning asosiy prinsiplariga ta'rif bering.
2. Loyihalash uchun qanday boshlang'ich ma'lumotlar kerak bo'ladi?
3. Loyihalashning asosiy bosqichlari nimalardan iborat?
4. Trassaning optimal variantini tanlash qaysi mezonlar bo'yicha olib boriladi?
5. Apparaturaning texnik passportida odatda qanday ma'lumotlar keltiriladi?
6. Raqamli tolali optik uzatish tizimining liniya traktlari qanday baholanadi?
7. To'lqin uzunligi bo'yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizimlariga ta'rif
bering.
8. Raqamli signallarni uzatishning qanday sifat mezonlarini bilasiz?
9. Tolali optik uzatish liniyasi uchastkasini hisoblashda nimalarga e'tibor berish
kerak?
10. Raqamli tolali optik uzatish tizimining liniya trakti parametrlari qanday
baholanadi?
11. Optik traktning regeneratorining qaror qabul qilish nuqtasida signalni
halaqitlardan himoyalanganligi qanday hisoblanadi?
12. Tolali optik uzatish liniyasi tezkorligini hisoblang.
13. To'lqin uzunligi bo'yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizim liniyalarini
loyihalash xususiyatlari nimalardan iborat?