2-amaliy mashg‘ulot Ishlab chiqarish jarayonlarini vaqtda tashkil qilish


Download 231.04 Kb.
Sana02.04.2023
Hajmi231.04 Kb.
#1321378
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot


2-amaliy mashg‘ulot
Ishlab chiqarish jarayonlarini vaqtda tashkil qilish
Ishlab chiqarish jarayonlarini vaqt bo’yicha tashkil qilishdan maqsad barcha o’zaro bog’liq bo’lgan asosiy va yordamchi jarayonlarni ish joylari bo’yicha taqsimlashdir. Bunda quyidagilar ta’minlanishi lozim:
• mahsulotni ta’mirlash yoki ishlab chiqarish sikli imkon qadar kichik bo’lishi;
• ish joylarini imkon qadar to’liq yuklanishi;
• barcha jamlash detallari va yig’uv birliklarini ish joylariga o’z vaqtida etkazilishi.
Bu vazifalar ishlab chiqarishni tashkil qilishda eng qiyin va muhimlari bo’lib, jarayonni tashkil qilishning texnologik, siklli va boshqa grafiklarini ishlab chiqish yo’li bilan o’z echimini topadi.
Ishlab chiqarish sikli – mahsulotni ishlab chiqarish yoki ta’mirlashni boshlanishidan yakunlangungacha bo’lgan vaqt oralig’i (GOST 14.004-83). Bu ishlab chiqarish jarayonini vaqt bo’yicha tashkil qilishdagi muhim ko’rsatkichdir. U ish davri (bevosita ishlarni bajarish jarayoni) va tunaffuslardan (ishlab chiqarish ob’yektiga ta’sir ko’rsatilmayotgan vaqt) tarkib topadi. Mazkur ko’rsatkich korxonada ishlab chiqarishning umumiy texnik va tashkiliy darajasini tavsiflaydi. Tortuv harakat tarkibini ta’mirlash ishlab chiqarish sikli ta’mirlash grafigi tuzilgandan keyin belgilanadi va odatda tortuv harakat tarkibini ta’mirlashga qo’yilgan vaqtdan foydalanishga topshirilgungacha bo’lgan vaqt ish kunlari yoki soatlarda hisoblanadi.
Uzluksiz ishlab chiqarish jarayoniga ega korxonalarda (kimyo, metallurgiya, ko’mir konlari) ishlab chiqarish sikli vaqt bo’yicha texnologik sikl bilan mos keladi, diskret jarayonli korxonalarda esa – odatda texnologik sikldan birmuncha ortiq bo’ladi.
Ishlab chiqarish jarayonida turli operatsiyalar va tanaffuslar uchun vaqt sarflari, ularning nisbati sikl tarkibini tavsiflaydi (5.1-rasm). Ishlab chiqarish siklining tarkibiy tashkil etuvchilari davomiyligi konstruktorlik, texnologik va tashkiliy xaraktyerdagi faktorlarga bog’liq.
Ishlab chiqarish sikliga quyidagi omillar ta’sir etadi:
• konstruktorlik – mahsulotning tuzilmaviy va miqdoriy tarkibi (yig’ish birliklari va detallar soni), bloklilik darajasi; mahsulot, detalning o’lchamlari va og’irligi; detallarni murakkabligi va aniqligi; ularning sifatiga qo’yiladigan talablar; konstruktsiyaning hom-ashyo sig’imi; mahsulot tarkibiy qismlari va uning konstruktiv elementlarini unifikatsiyalanganlik va standartlashtirilganligi darajasi;



5.1-rasm. Ishlab chiqarish sikli tarkibi

• texnologik – texnologik jarayonlarning ratsionalligi (nazorat va siljishlari bilan birga), ularni ishlab chiqarish turi va hajmiga mosligi; mehnat qurollarini texnik darajasi; istiqbolli texnologik jihozlar bilan ta’minlanganligi koeffitsienti; detallarga mexanik ishlov berish ulushini qisqarishi; foydalanilayotgan nazorat-o’lchash moslamalari va apparatlarini, transport vositalari va operatsiyalarni rivojlanish darajasiga mosligi; texnologik jarayonlar, jihozlar, moslamalar elementlarini unifikatsiyalanganligi va standartlashtirilganligi;


• tashkiliy – ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qilish mezonlariga rioya qilish; detallar bo’yicha, texnologik va funktsional ixtisoslashuvni unifikatsiyalashtirish yo’li bilan chuqurlashtirish.
Tayyorgarlik-yakunlash operatsiyalari. Ishlab chiqarish hajmi texnologik operatsiyalari (nazorat va siljishlar bilan birga); operatsiyalararo tanaffuslarni ishlab chiqarish jarayonida mehnat qurollarini siljishini ratsional tashkil qilish, ish joylari va ularga xizmat ko’rsatish xarakteri, texnik nazorat (nazorat operatsiyalari qamrovi, nazorat nuqtalari va ishchilarni joylashtirish va boshqalar), transport ho’jaligi (transport vositalarini mavjudligi va ularni mehnat qurollarini tashishga, tashish marshrutlarini tashkil qilishga va boshqalarga moslashtirish) hisobiga qisqartirish; tabiiy jarayonlar vaqtini mos texnologik vaqt hisobga almashtirish yo’li bilan qisqartish; turli texnik asoslangan me’yorlar ulushini oshirish; bajarilayotgan operatsiyalar vaqtini hisobga olishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish; vaqt sarfini kamaytirish, sifat bo’yicha talablarni bajarilishini rag’batlantirish; mehnatga haq to’lash shakllarini progressivligi.
Tayyorgarlik-yakunlash vaqti ish smenasi davomida ishlab chiqariladigan yoki ta’mirlanadigan mehnat qurollari partiyasiga sarflanadi:
• smena boshida – ish joyini hozirlash, jihozlar va moslamalarni sozlash, asboblarni o’rnatish uchun;
• smena oxirida – moslamlar, asboblarni echib olish va boshqalar uchun.
Operatsiyalararo (smena davomida) tanaffuslar mehnat qurollarini bir operatsiyadan boshqasiga siljitish bilan bog’liq bo’lib, ish vaqtiga ta’sir etadi, belgilangan tanaffuslar esa ta’sir etmaydi.
Partiyalar orasidagi tanaffuslar mehnat qurollarini siljishining ketma-ket va parallel-ketma-ket turlaridagi barcha operatsiyalarda mavjud.
Kutish uchun tanaffuslar operatsiyalarni bajarish vaqtining turlichaligi sababli mehnat qurollarini siljishining parallel turidagi ko’pchilik operatsiyalarda kuzatiladi. Keltirilgan tanaffuslar vaqtiga texnologik jarayonning turli operatsiyalarida mehnat qurollarini ishlab chiqarish yoki ta’mirlashning bir vaqtda amalga oshirilishi darajasi va ularni bir operatsiyadan boshqasiga o’tkazish tartibiga bog’liq.
Jamlash uchun tanaffuslar tayyor detallar yoki yig’ish birliklari bir komplektga taalluqli detallar va yig’ish birliklari tayyor bo’lmaganligi, ularni tanlash, moslashtirish, keltirish va boshqalar sababli yuzaga keladi.
Tanaffuslarni ish smenalari sonini oshirish, parallel-ketma-ket siljitish turini qo’llash yo’li bilan qisqartirish mumkin.
Ishlab chiqarish siklini qisqartirish zahiralarini aniqlash uchun ish vaqtini marshrutli fototasvirlarini bajarish maqsadga muvofiq. Uni tahlili qisqartirilishi mumkin bo’lgan sikl elementlarini aniqlash imkonini beradi.
Tortuv harakat tarkibini kapital ta’mirlash ishlab chiqarish sikli tuzilmasini o’zgarishi, ta’mirdan chiqarish (ishlab chiqarish taktini kamayishi) hajmini oshishida kutish uchun ish vaqti sarflari 5.2-rasmda keltirilgan. Bir va ko’p operatsiyali ishlab chiqarish jarayonlari farqlanadi. Mahsulot partiyasining bir operatsiyali ishlab chiqarish jarayonining kattaligi

bu yerda p – mahsulot ishlab chiqarish partiyasi hajmi;
td – donabay opertsiyani bajarish vaqti;
tty – operatsiyani tayyorgalik-yakunlash vaqti;
tdk – opertsiyani donabay kalkulyatsion vaqti;

Agar ishlab chiqarish jarayoni parallel ish joylarida (bir turdagi bir vaqtda ishlaydigan jihozlarda) amalga oshirilayotgan bo’lsa, uning kattaligi quyidagicha hisoblanadi

bu yerda C parallel ish joylari yoki bir turdagi jihozlar soni.
Ishlab chiqarish sharoitlarida ko’pincha ko’p operatsiyali jarayonlar uchraydi, ularning ishlab chiqarish siklini aniqlashda operatsiyalarda bajarilayotgan ishlarni bir vaqtda bajarilishi darajasi va mehnat qurollarini bir operatsiyadan boshqasiga siljitish tartibini e’tiborga olish kerak. Bu ishlar, odatda, texnologlar tomonidan bajariladi.
Ishlab chiqarish jarayonida mehnat qurollarini siljitish xarakteri ishlab chiqarish sikli davomiyligini aniqlovchi muhim omildir.
Ko’p operatsiyali ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilishda qo’yilgan maqsad va imkoniyatlarga ko’ra mehnat qurollari ishlab chiqarish partiyasini quyidagi siljitish turlari qo’llanilishi mumkin: ketma-ket, parallel-ketma-ket, parallel va uzluksiz-oqimli.
Ketma-ket siljitish turi bir nomdagi mehnat qurollarini to’liq ishlab chiqarish partiyasini ishlab chiqarish yoki ta’mirlash uzluksizligi va ularni bir operatsiyadan boshqasiga bir vaqtda uzatilishi bilan tavsiflanadi (5.3-rasm).

5.2-rasm. Tortuv harakat tarkibini kapital ta’mirlash jarayoni tarkibini ishlab chiqarish sikli kattaligiga bog’liqligi


5.3. Ko’p operatsiyali jarayonda mehnat qurollarini siljishining turli ko’rinishlaridagi ishlab chiqarish sikli
Download 231.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling