2-amaliy mashg’ulot Mavzu: Derazalar uchun panjara tayyorlashni o’rganish. Ishdan maqsad


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
Sana16.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1361451
Bog'liq
2-amaliy mashgulot



2-amaliy mashg’ulot 
Mavzu: Derazalar uchun panjara tayyorlashni o’rganish. 
Ishdan maqsad: Talabalarga derazalar uchun panjara tayyorlash uchun material 
tanlash va uni tayyorlash jarayoni haqida ma’lumot berish. 
 
Nazariy ma’ulot 
Xususiy uylar va ko’p qavatli kvartiralarning xavfsizlik tizimlari, kuzatuv 
va ogohlantirish tizimlarining har xil turlarini rivojlanishiga qaramay, faqat yuqori 
sifatli va bardoshli panjara binolarning xavfsizligini kafolatlashi mumkin. Ushbu 
masala, ayniqsa, ko’p qavatli uylarning birinchi qavatida yashovchilar va xususiy 
uylar egalari uchun muhimdir. Albatta, har qanday deraza uchun har qanday 
o’lchamdagi panjarani osongina sotib olishingiz mumkin, ammo ishni o’zingiz 
bajarib, nafaqat mablag’ tejalishi va qo’shimcha panjarani chindan ham eksklyuziv 
va estetik jihatdan xohlaganday yasashingiz mumkin. Qanday qilib buni yaxshiroq 
va osonroq qilish mumkin ekanligini bugungi darsimizda ko’rib chiqamiz.
 
Estetik va amaliy dekorativ deraza panjarasi. Qadimgi Yevropada 
bir-biriga bog’langan tayoqchalar orqali deraza panjaralari tayyorlangan, vaqt 
o’tgan sari bu usul mukammallashib hozirgi davrga kelib turli xil deraza 
panjaralari yasalmoqda. Yasaladigan deraza panjaralari albatta bizning uyimiz 
ko’rinishi va mustahkam holda o’rnatilgan bo’lishi kerak. Metall konstruksiyani 
yashash loyihalash orqali oddiy yo’l bilan amalga oshiriladi. Hozirgi kunda 
sotuvda metal konstruksiyali deraza panjaralarining turli xillari mavjud. Lekin 
bugun biz oddiy usulda yasaladigan panjarani
ko'rib chiqamiz. 
 
Himoya panjarasi uchun material tanlash 
Har qanday buyum yasalishidan oldin unga kerakli material tanlanadi. 
Bizning yasaydigan deraza panjaramiz asosan metalldan tayyorlanadi. Hozirgi 
kunda yuqri texnologiyalar asosida metallarni har xil ko’rinishga keltirish orqali 
chiroyli buyumlar yasalmoqda.


Texnologik jihatdan faqat payvandlash apparati va minimal darajada 
metallga ishlov beradigan asboblar to'plami kerak bo'ladi. Qoida tariqasida, 
panjaralar bir yoki bir necha turdagi prokat metallardan tayyorlanadi: 

dumaloq shaklli metal konstruksiyalar; 

kvadrat shaklli metal konstruksiyalar; 

metall chiziq; 
Panjara yasash jarayonida birinchi uning ramkasi tayyorlanadi. Ramkasi 
uchun 20 mm qalinlikdagi metal konstruksiyadan foydaanish maqsadga muvofiq. 
Ramkamiz qanchalik mustahkam bo’lsa panjaramizning mustahkamligi ham 
yuqori bo’ladi. Ramkaning ichki ko’rinishi uchun bizning qarashlarimizan kelib 
chiqib kerali konstruksiyalar tanlanadi.
 
Deraza uchun himoya panjarasi o'rnatish usullari. Derazaga panjara 
o'rnatishning eng oson usuli - bu uni deraza bo’yicha qoplashdir. Buning uchun 
devorlarga panjara o’rnatish uchun metall joylashtriladi. Metallning uzunligi 
devordan 20-30 mm atrofia chiqib turishi kerak. Shu metallga panjaramizni 
payvandlb o’rnatamiz.
Panjara dizayni bo'yicha turlari. 
Xuddi shunday muhim masala - bu deraza panjarasining dizayni. Yong'in 
xavfsizligi talablariga muvofiq, derazaning ochilishi qo'shimcha favqulodda 
chiqish vazifasini o'tashi kerak. Ushbu talab har doim ham bajarilmaydi, ammo 
e'tiborga olish kerak. Xonadan chiqishning yagona yo'li deraza bo'lgan va u qattiq 
payvandlangan holatlar ko’p uchraydi. 
Ushbu muammoning yechimi ichkaridan ochiladigan mpanjaralar 
hisoblanadi.. Bunday holda, dizayn yanada murakkablashadi, ammo har qanday 
vaqtda oynani ichkaridan ochish mumkin. Tabiiyki, panjara ichkaridan qulflanadi 
va bu holda qulfni istalgan vaqtda ochish uchun kalitni to'g'ridan-to'g'ri derazaga 
yaqin joyda saqlash tavsiya etiladi. 
Tayyorlangan panjarani payvandlash va tozalashdan so'ng u bo’yaladi, uni 
bo'yash orqali korroziyadan uzoq vaqt himoya qilish mumkim.
Deraza panjarasini yasash. Avvalo, biz shuni esda tutishimiz kerakki, 
panjara ishlab chiqarish usuli bo'yicha ikki xil: zarb qilingan va 
payvandlangan bo’ladi. Zarb orqali yasalgan panjara - bu professional 
yondashuvni talab qiladigan juda murakkab qurilish. Shu sababli, uyda ishlab 
chiqarilgan yagona mumkin bo'lgan variant - bu payvandlangan panjara. 
Buning uchun bizgaquyidagilar kerak bo'ladi: 

temir tayoqchalar va metall burchaklar; 



elektr payvandlash apparati; 

bolg'a. 
Avval qog'ozga kelajak panjaraning eskizini chizishingiz kerak va shundan 
keyingina uni tayyorlashni boshlang. Birinchi marta, oddiyroq panjara dizaynini 
tanlash qulay hisoblanadi. 
Topshiriq: 
1. Mavzu yuzasidan kerakli hisobot tayyorlang. 
2. Nazariy ma’lumotdan fiyralangan holda deraza panjarasining 
eskizini tayyorlang. 



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling