2-amaliy mashg’ulot mavzu: Metallarni payvandlash uchun tayyorlash


Download 258.08 Kb.
Sana20.02.2023
Hajmi258.08 Kb.
#1215231
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot

2-AMALIY MASHG’ULOT Mavzu: Metallarni payvandlash uchun tayyorlash.

Payvandlanshdan oldin metallni o’lchamlari va po’lat rusumlari bo’yicha tanlangandan keyin quyidagi amallarni bajarish zarur: to’g’rilash, kesish, qirralarga ishlov berish va payvandlash uchun tozalash. List po’latda eng ko’p uchraydigan deformatsiyalar turiga to’lqinsimonlik, mahalliy do’nglarning paydo bo’lishi va botiqliklar, singan qirralar, list tekisligidagi o’roqsimonlik kiradi.

Qalinligi 0,5mm dan 50mm gacha bo’lgan listlarni va polosalarni to’girilash uchun ko’p jo’vali mashinalardan keng foydalaniladi. Listlarni shaxmat tartibida joylashtirilgan yuqori va pastki jo’valar orasidan o’tkazib ko’p martalab egish bilan bilan to’g’rilashga erishiladi. Qalinligi 0,5 mm dan kam bo’lgan listlar moslamalar yordamida presslarda cho’zish yoki maxsus cho’zish mashinalarida cho’zish yo’li bilan to’g’rilanadi.

Qo'shtavrlar va shellerlar kulachokli turdagi to’g’rilash-bukish presslarida egish yo’li bilan to’g’rilanadi. Deformatsiyalar ancha katta bo’lgan hollarda to’g’rilash va bukish qizdirilgan holatda bajariladi.

Metallni mexanik kesish qaychilar bilan, kesish stanoklarida va shtamplar hamda presslarda bajariladi. Kesish uchun qiya tishli list qaychilardan, disk qaychilaridan, kombinatsiyalashtirilgan qaychilardan, press-qaychilardan foydalaniladi, burchaklik, shveller va qo’shtavrlarni kesish uchun sortli qaychilardan, dastalik va elektr qaychilardan foydalaniladi. Qalinligi 40 mm gacha bo’lgan metalldan qirralari to’g’ri chiziqli qilib tayyorlangan list detallar odatda gilotinli qaychilarda va press-qaychilarda kesiladi.

Ommaviy ishlab chiqarishda payvandlanadigan zagotovkalarni shtamplarda kesish eng unumli jarayon hisoblanadi. Termik ajratib kesish metallning sof texnik kislorod oqimida yonishiga va yonish mahsulotlarining kesik bo’shlig’idan chiqarib yuborilishiga asoslangan. Kesish uchun qo’llaniladigan issiqlik manbaiga ko’ra: -gaz alangasi issiqligidan foydalanishga asoslangan gaz bilan kesishga; -elektr yoyi issiqligidan foydalanib kesiladigan metal bilan elektrod o’rtasida yonadigan yoy bilan eritib kesishga; -plazma-yoy bilan (siqilgan yoy bilan kesishga) bo’linadi.

Plazma-yoy bilan kesish yoy bilan kesishning o’ziga xos turi bo’lib, metallni kesish bo’shlig’idan yo’naltirilgan plazma oqimi bilan eritib chiqarib yuborishga asoslangan.


Lazer bilan kesishning afzalligi-kesik enining haddan tashqari kichikligi (millimetrning ulushlarida), kesikning aniqligi, kichik qalinlikdagi (0,05 mm dan boshlab) metallni kesish imkoniyatining mavjudligi. Qirralar termik va mexanik usullar bilan tayyorlanadi. Bir tomonlama yoki ikki tomonlama qiyiqli qirralarni tegishli burchaklar ostida joylashtiradigan ikki yoki uchta keskich (rezak)dan ayni bir vaqtda foydalanib hosil qilish mumkin.
Download 258.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling