2 amaliy mashg’ulot Mavzu: Nutqni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari. Sharq va G‘arb mutafakkirlarining yosh avlodni tarbiyalashga oid karashlari. Umumiy tushuncha
Download 20.97 Kb.
|
2 - amaliy mashgulot (1)
2 - amaliy mashg’ulot Mavzu: Nutqni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari. Sharq va G‘arb mutafakkirlarining yosh avlodni tarbiyalashga oid karashlari. UMUMIY TUSHUNCHA: Til hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib, biz unga o‘z o‘zidan bo‘lishi shart bo‘lgan narsa sifatida qaraymiz. Tilning o‘zi nima, biz unda qanday so‘zlayapmiz, biz qanday qilib so‘zlashni o‘rganishimiz haqida esa unchalik ko‘p o‘ylab ham o‘tirmaymiz. Hammaga yaxshi ma’lumki, tilni o‘rganuvchi maxsus fan bo‘lib, uning nomi – lingvistikadir. Ushbu fan jadal rivojlanayotgani va shak-shubhasiz bu borada sezilarli yutuqlarga erishganiga qaramasdan hozirgi paytda shu ravshanki, biz insoniy xususiyatlarning eng «insoniysi» bo‘lgan va usiz insonning jamiyat a’zosi sifatida mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lmagan til haqida juda kam bilar ekanmiz. Savol tug‘iladi: hozirda insoniyat oldida zudlik bilan hal etilishi lozim bo‘lgan ko‘plab vazifalar turgan bir paytda tilni tadqiq qilish shunchalik zarurmi? Til sir-asrorlarini o‘rganish uchun kuch-g‘ayrat va mablag‘ sarflash o‘rinlimi? Ko‘pincha lingvistika – ikkinchi darajali fandir va hozir insoniyat uchun boshqa fanlarni, ya’ni fizika, kimyo, astronomiya, tibbiyot kabi fanlarni rivojlantirish muhimrokdir, degan fikrlarni eshitish mumkin. Ta’lim va tarbiya muammosi juda қadimdan beri mavjud. O`rta asrlardagi ғarb va shark mutafakkirlarining asarlarida kўrib chikilgan. O`sha davrlarning buyuk mutafakkirlari Abu Nasr al-Forobiy, Abu Rayҳon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, YUsuf Xos Ҳojib, Aҳmad YUgnakiy, Jaloliddin Dovoniy, Alisher Navoiy va boshqalar feodal zulm va mutaasib ruhoniylarning kattik karshiligiga karamasdan jahon fani, madaniyati, maorifiga beqiyos ҳissa qo`shdilar. O‘tgan davrlarda mehnatkashlaring o‘z munosabatlarini uning yoshlarga tarbiyaviy ta’sirini yanada kuchaytirish maksadida yo‘lga qo‘yish borasidagi tajribalarini nafakat xalq pedagogikasining qator shakllari, usullarini qayta tiklash uchun, balki shaxsni shakllantirishni boshkaruvchi ob’ektiv umumiy ijtimoiy qonunlar, xalq turmush tarzini tushunish uchun ham o‘rganish lozim
Download 20.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling