Ko‘pvazifalilik. Bir vaqtda bir nechta dasturlarni ishga tushirish imkoniyati mavjud.
Yagona dasturiy interfeys. WINDOWS uchun yaratilgan dasturlar bir-biri bilan shunday aloqadaki, bir dasturda hosil qilingan ma`lumotlarni boshqa dasturga olib o‘tish va qayta ishlash mumkin.
Foydalanuvchining yagona interfeysi. WINDOWS uchun yaratilgan barcha dasturlarda foydalanuvchi bilan muloqat usuli deyarli bir xil. Shu sababli bunday dasturlarning bittasi bilan ishlashni o‘zlashtirib olgan foydalanuvchi boshqasini ham oson o‘zlashtirib oladi.
Grafik interfeys. Dastur va ma`lumotlar fayllari ekranda o‘ziga xos rasmli nishonlar ko‘rinishida tasvirlanadi. Fayllar bilan ishlash "sichqoncha" yordamida amalga oshiriladi.
Yagona apparatli-dasturiy interfeys. WINDOWS turli-tuman qurilmalar va dasturlarning mutanosib ishlashini o‘z zimmasiga oladi.
FAR MANAGER qobiq dasturi ishlash
Far Manager qobiq dasturi– matn rejimida ishlaydi, bu dastur Windows-95/98/Me/NT/2000/XP operatsion tizimlarida ishlash uchun mo‘ljallangan. Bu dastur uzun fayllarni qayta ishlab berish imkoniga ega. Far Manager dasturi c:\ProgramFiles\Far katalogida joylashadi. Bu dasturni asosan ishga tushuruvchi fayli far.exe bo‘ladi.
C:\ - joriy disk; Program Files – joriy diskda joylashgan katalog (papka); Far – Program Files katalogida joylashtirilgan papka (podkatalog); Far.exe – Far dasturini ishga tushuruvchi asosiy fayl.
Windows operatsion tizimida bu dasturni ishga tushurish uchun tugmasi bosiladi so‘ng yunalish yoki sichqoncha yordamida qatori tanlanadi va keyingi menyudan menyusini tanlab va so‘ngi paydo bo‘lgan menyudan esa yorliqchasini tanlab Enter yoki sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Bundan tashqari Выполнить taklif qatoriga Far so‘zini terib Enter tugmachasini bosish kifoya. Far manager dasturi ishga tushgandan so‘ng ekranda fayllar ruyxati va ular ҳaqidagi axborotlar yozilgan qo‘sh chiziq bilan chegaralangan ikkita tug‘ri turtburchak shaklidagi oynalar paydo bo‘ladi.
Far Manager dasturida funkstional tugmalarning amallari
Do'stlaringiz bilan baham: |