2-amaliy mashg’ulot mavzu: Shahar yo’llarini uchta me’zon va muzlashga bardoshlilik bo’yicha hisoblash
Konstruktsiyani yo’l qo’yiladigan elastik egilish bo’yicha yaхlit hisoblash
Download 0.92 Mb.
|
Konstruktsiyani yo’l qo’yiladigan elastik egilish bo’yicha yaхlit hisoblash.
Yo’l to’shamasi konstruktsiyasini yaхlit hisoblash quyidagi sharoitda elastik egilish qiymati bo’yicha mustahkamlik va ishonchlilik talablarini qondiradi : , bunda; Eob – konstruktsiyaning umumiy hisobiy elastiklik moduli, MRa; Etin – konstruktsiyaning minimal talab etiladigan umumiy elastiklik moduli, MRa; - talab qilinadigan ishonchlilik darajasiga bog’liq ravishda elastik egilish mezoni bo’yicha qabul qilinadigan yo’l to’shamasining talab etilgan mustahkamlik koeffitsienti. Konstruktsiyaning minimal talab etiladigan umumiy elastiklik moduli qiymati empirik formula bo’yicha hisoblanadi: Etin = 98.65[lg(ΣNp)-c] (MRa), bunda; ΣNp – 3.23 b.ga muvofiq (3.6 va 3.7 formulalar) belgilanadigan yo’l to’shamasi хizmat muddati davomida yuklanishlarni jamlangan hisobiy soni; s- o’qqa tushadigan hisobiy yuklama uchun 100 kN - 3,55; 110 kN - 3,25; 130 kN - 3,05 ga teng qabul qilinadigan empirik parametr .. Konstruktsiyaning umumiy hisobiy elastiklik moduli ko’p qatlamli muhitlar modellari uchun elastiklik nazariyasi echimi bo’yicha qurilgan 1-rasmdagi nomogramma yordamida aniqlanadi. Yo’l qo’yiladigan elastik egilish bo’yicha (deformatsiyaning talab qilinadigan moduli bo’yicha) hisob-kitobni quyidagi ketma-ketlikda olib boriladi: 1. Konstruktsiyaning talab qilinadigan minimal umumiy moduli formula bo’yicha aniqlanadi. 2. Konstruktsiyaning modullari va avvaldan qatlamlar qalinligi tayinlanadi (asos qalinligidan tashqari). 3. Konstruktsiya hisob-kitobini yuqoridan pastga qarab bajarayotib, 1-rasmda ko’rsatilgan nomogramma yordamida har bir konstruktiv qatlam sirtidagi talab qilinadigan modullari aniqlanadi. 4. Konstruktsiya hisob-kitobini pastdan yuqoriga qarab bajaryotib, yuqoridan hisoblashda olingan asosning sirtidagi kerakli modulni ta’minlaydigan asos qalinligi aniqlanadi (uning berilgan modulida). Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling