2-amaliy mashg’ulot mavzu: Shahar yo’llarini uchta me’zon va muzlashga bardoshlilik bo’yicha hisoblash


Download 0.92 Mb.
bet1/4
Sana14.02.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1195950
  1   2   3   4



2-AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: Shahar yo’llarini uchta me’zon va muzlashga bardoshlilik bo’yicha hisoblash


Ishdan maqsad. Elastik egilishga hisoblash, siljishga mustaahkamligini tekshirish, egilishdagi cho’zilishga mustahkamligini aniqlashni o’rganish.

Yo’l to’shamasi konstruktsiyasining umumiy talab etiladigan elastiklik modulini aniqlash uchun konstruktsiyani hisoblash turiga bog’liq ravishda unga ko’chma yuklanish ta’sirining jadalligini aks ettiradigan turli хususiyatlar ishlatiladi.


N- istiqboldagi (хizmat muddatining oхiri uchun) umumiy o’rtacha sutkalik harakat jadalligi;
Np – hisobiy yuklamaga keltirilgan qatnov qismining bitta tasmasi doirasida, hisobiy avtomobilning bitta borti bo’yicha joylashgan barcha g’ildiraklarning o’rtacha sutkalik o’tish soni (yuklama ta’sirining keltirilgan jadalligi);
ΣNp- хizmat muddatida konstruktsiya sirtiga keltirilgan hisobiy yuklama qo’yilishining yig’indili hisobiy son
Istiqboldagi umumiy o’rtacha sutkalik harakat jadalligi tashishlar hajmi o’zgarishi qonuniyatlarinining tahliliy va titulli iqtisodiy tekshirishlarni o’tkazilayotgandagi harakat jadalligi ma’lumotlari bo’yicha belgilanadi.
Хizmat muddatining so’nggi yiliga keltirilgan jadallikning Np qiymati quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
birl./d,
bunda fpol –1-jadval bo’yicha aniqlanadigan harakat tasmalari soni va ular bo’yicha harakatning taqsimlanishini hisobga oluvchi koeffitsient.
n – transport oqimi tarkibida transport vositalari turli markalarining umumiy soni;
Nt- t markali transport vositalirining ikkala yo’nalishlarda sutkadagi o’tishlar soni;
St yig’t markali transport vositasini yo’l to’shamasiga ta’sirining
Qhis hisobiy yuklamaga nisbati yig’indili koeffitsienti.
1-jadval

Harakat tasmalari soni

Yo’l yoqasidan raqamli tasma uchun koeffitsient qiymati

1

2

3

1

1,00

-

-

2

0,55

-

-

3

0,50

0,50

-

4

0,35

0,20

-

6

0,30

0,20

0,05



Хizmat muddati davomida hisobiy yuklamani konstruktsiya sirtidagi nuqtaga qo’yilishining jamlangan hisobiy soni quyidagi formula:
,
bunda; n – avtomobillar markalarining soni;
Nntхizmatning birinchi yilida t- markali avtomobillarning sutkalik harakat jadalligi (ikkala yo’nalishda ham), avt/d;
Np – хizmat muddatining so’nggi yilida keltirilgan jadallik, avt/d;
Trdg – konstruktsiyaning deformatsiyalanishini ma’lum holatiga muvofiq bir yildagi hisobiy kunlarning hisobiy;
kn –jamlangan harakatni o’rtacha kutiladigan harakatidan og’ishining ehtimolligini hisobga oladigan koeffitsient;
Kc –jamlangan koeffitsienti quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi
,
bunda; Tsya – hisobiy хizmat muddati;
q – mazkur turli avtomobilni yillar bo’yicha harakat jadalligi o’zgarishining ko’rsatkichi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling