2-amaliy mashg’ulot mavzu. Sug’orish suvining tarkibidagi loyqa zarralari va suvda eriydigan tuzlar miqdorini aniqlash usullari
Download 23.22 Kb.
|
13-amali
jadval.
Markaziy Osiyo daryolarining loyqaligi
Oqizindilarning diametri 0,10mm, ayniqsa 0,15mmdan katta bo‘lsa (gidravlik yirikligi 20mm/sek), ular juda zararlidir, chunki bunday oqizindilarni suv dalaga oqizib keta olmaydi, natijada ular kanallarning o‘zanida cho‘kib qoladi va kanalning ko‘ndalang kesimini toraytirib, uning suv sig‘imini kamaytiradi. Diametri 0,10 dan 0,005mmgacha bo‘lgan oqizindilar tuproqning fizikaviy xossasini yaxshilashi mumkin. Bunday oqizindilar tuproq zichligini kamaytiradi, biroq ularning oziqlantirishdagi ahamiyati juda kam. Oqizindilarning diametri 0,005 mm dan kichik (ayniqsa 0,001mm dan kichik) bo‘lsa, ularning oziqlantirishdagi ahamiyati juda katta bo‘lishi bilan bir qatorda bunday oqizindilar tuproqqa ko‘p miqdorda cho‘ksa (qo‘shilsa), tuproqni zichlab, uning suv singdirish qobiliyatini kamaytiradi. Tuproqning fizikaviy xossasini va aeratsiyani yomonlashtiradi. Daryolar suvidagi oqizindilarning mexanikaviy tarkibi daryolarning xarakteriga qarab vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi: ba’zan ko‘payadi, ba’zan kamayadi (3-jadval). jadval. Daryo suvidagi oqizindilarning mexanik tarkibi (A.N Kostyakov ma’lumotlari bo‘yicha)
Oqizindilar tarkibida, ko‘pincha, qum tuproq, gil tuproq, organik moddalar va Ca, Mg, K, Natuzlari hamda boshqalar bo‘ladi. Turli daryolarda, shuningdek, bir daryoning o‘zida ham oqizindilarning kimyoviy tarkibi yilning fasllariga qarab o‘zgarib turadi. Toshqin vaqtidagi oqizindilar ancha unumdor bo‘ladi. Sug‘orish suvida o‘simlik uchun zararli tuzlar ma’lum miqdordan oshsa, u holda sho‘r suvga chuchuk suvni aralashtirib ekinni sug‘orish kerak. Suvning tarkibida erigan tuzlar miqdori 0,10% dan 0,15% (1g/ldan 1,5g/l) gacha bo‘lsa, o‘simlik va tuproq uchun yaroqli hisoblanadi. Lekin shuni ham aytish kerakki, tuzlarning miqdori bu darajaga etganda ekinni ehtiyotlik bilan sug‘orish kerak, chunki 1lsuvda 1gtuz bo‘lsa, har 1000m³suvda 1000kgtuz bo‘ladi. Ya’ni 1000m³suv bilan sug‘orilgan erga shu suvdagi 1000kgtuz ham kiradi. Suvda eriydigan tuzlarning kimyoviy tarkibini alohida tahlil qilish zarur, chunki turli tuzlar o‘simlikka turlicha ta’sir qiladi; ular tuproqning turiga ham bog‘liqdir. Masalan, suvni o‘ziga yaxshi singdiradigan tuproqlarda zararsiz tuzlar miqdori: Download 23.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling