2-amaliy mashg’ulot mavzu. Sug’orish suvining tarkibidagi loyqa zarralari va suvda eriydigan tuzlar miqdorini aniqlash usullari


Download 23.22 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi23.22 Kb.
#1559876
  1   2   3
Bog'liq
13-amali


2-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu. Sug’orish suvining tarkibidagi loyqa zarralari va suvda eriydigan tuzlar miqdorini aniqlash usullari.
Suv manbaining xarakteriga qarab, sug‘orish suvining tarkibida loyqa zarralari, suvda eriydigan tuz moddalari turli miqdorda bo‘ladi. Sizot suvlar juda tiniq bo‘lib, unda loyqa zarralari deyarli bo‘lmaydi. Biroq bu suvlarda mineral moddalar juda ko‘p bo‘ladi.
Suv bilan birga oqib keluvchi loyqa va erigan tuzlarning bir qismi kanallarning o‘zanida qolib ketilsada, ko‘p qismi ekin dalalariga o‘tib, tuproqqa singadi va erni o‘g‘itlaydi. Loyqaning va sizot suvlarning tarkibiga qarab, ba’zi erlarning meliorativ holati yaxshilanadi. Bunga loyqa suvlarning zax erlarni achitishi va o‘g‘itlashi yordam qiladi. Agar sizot suvlar tarkibida zararli tuzlar ko‘p bo‘lsa, erni sho‘rlatadi. Kanallarda ba’zan serhosil tuproq zarralari o‘rniga ko‘p miqdorda zararli qumlar oqadi. Bu esa tuproq unumdorligini pasaytiradi va kanalning suv sig‘imini kamaytiradi.
Daryolar suviga aralashib oqadigan loyqa va qum (oqizindi)larning miqdori va xarakteri doim o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarishlar:
1) suvda oqib keladigan tuproqning tarkibiga;
2) daryoda oqadigan suv sarfining yil fasllari bo‘yicha o‘zgarib turishiga
3) suv oqimi tezligining o‘zgarib turishiga bog‘liq.
Ba’zi olimlar daryo suvidagi loyqa va qumlarning umumiy miqdorini quyidagi formula bilan topishni tavsiya qiladilar:
P= α*I

bu erda:p–daryoning ayni ko‘ndalang kesimidagi yillik o‘rtacha loyqalik, kg/m³;


α–suv oqib keladigan havza tuprog‘ini xarakterlaydigan koeffitsient;
I– daryoning ayni ko‘ndalang kesimidagi o‘rtacha gidravlik nishabligi.

Agar oqizindilar og‘irligi suvning solishtirma og‘irligiga nisbatan ifodalangan bo‘lsa, suv oqib keladigan erning oson yoki qiyin yuvilishiga qarab,α ning qiymati 1 dan 9 gacha bo‘ladi; soylar uchun


α = 8÷ 12

Agar loyqalik (p) 1 m³ suvdakgda ifodalangan bo‘lsa, unda (daryo suvidagi loyqa va qumlarning umumiy miqdori) formula qo‘yidagicha yoziladi:


P=1000* α - I kg/m³.


Daryodagi oqizindilar miqdori suv sarfiga va tez oqishiga bog‘liq. Suv qancha ko‘p bo‘lib, tez oqsa undagi oqizindilar miqdori shuncha ko‘payadi. SHuning uchun toshqin vaqtida daryo suvi loyqa bo‘ladi.


Markaziy Osiyodagi yirik daryolarning loyqaligi 2-jadvaldan ko‘rinib turibdi:

Download 23.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling