Mavzu: majburiyatlarning turlari. Oldi-sotdi shartnomasi


Download 17.98 Kb.
bet1/3
Sana19.04.2023
Hajmi17.98 Kb.
#1363196
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu MAJBURIYATLARNING TURLARI. OLDI-SOTDI SHARTNOMASI.


Mavzu: MAJBURIYATLARNING TURLARI. OLDI-SOTDI SHARTNOMASI.

Majburiyat taraflarining bir-birlariga nisbatan belgilangan huquq va majburiyatlari ularning xarakteriga qarab farqlanadi. Majburiyatlar o‘zining mazmuni, obyektlari va subyektlariga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:


1. Ijobiy mazmunli majburiyatlar va salbiy mazmunli majburiyatlar. Agar majburiyat yuzasidan qarzdor muayyan bir harakatni qilishga burchli bo’lib, kreditor aynan shunday harakatning qilingan ishini talab qilishga haqli bo‘lsa, bunday majburiyat ijobiy mazmunli majburiyat hisoblanadi. Huquqiy munosabatning ko‘pchiligida ijobiy mazmunli majburiyatlar yotadi. Masalan: oldi-sotdi, mulkni ijaraga berish, maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida olinadigan majburiyatlar-ijobiy mazmunli majburiyatlardir. Agar majburiyat bo‘yicha qarzdor muayyan harakatni qilishdan saqlanishga burchli, kreditor harakat qilishdan saqlanishini talab etish huquqiga ega bo‘lsa bunday majburiyat salbiy mazmunli majburiyat hisoblanadi. Masalan, nashriyot shartnomasi bo’yicha muallif shartnoma kuchda bo‘lgan davrda o‘z asarini boshqa nashriyotga topshirishdan saqlanish majburiyatini olsa, nashriyot muallifning boshqa nashriyot bilan shartnoma tuzishdan saqlanishini talab etish huquqini oladi.
2. Bir tomonlama va ikki tomonlama majburiyatlar. Majburiyatda qatnashuvchilarning birida faqat talab qilish huquqi (yoki huquqlari), ikkinchi tomonda esa, faqat majburiyat (majburiyatlar) bo‘lsa, bunday majburiyatlar bir tomonlama majburiyatlar hisoblanadi. Masalan, qarz shartnomasi, qarz shartnomasi bo‘yicha qarz bergan shaxs qarzning qaytarilishini talab qilish huquqiga ega bo‘lsa, qarzdor o‘z zimmasiga olgan qarzini qaytarishga burchlidir. Huquqiy munosabatda qatnashuvchilarning har qaysisi ham huquq, ham majburiyatga ega bo‘lsa, bunday majburiyatlar ikki tomonlama majburiyat hisoblanadi. Ikki tomonlama majburiyatlarga oldi-sotdi, ijara, pudrat kabi shartnomalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Jumladan, oldi-sotdi munosabatida sotuvchida sotilgan narsani topshirish majburiyati bo‘lsa, oluvchida sotib olingan narsaning qiymatiga yarasha haq to‘lash majburiyati bo‘ladi va aksincha.

Download 17.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling