Mavzu: majburiyatlarning turlari. Oldi-sotdi shartnomasi


Download 17.98 Kb.
bet3/3
Sana19.04.2023
Hajmi17.98 Kb.
#1363196
1   2   3
Bog'liq
Mavzu MAJBURIYATLARNING TURLARI. OLDI-SOTDI SHARTNOMASI.

Oldi-sotdi (huquqda) — fuqarolik huquqiy munosabatlarida keng tarqalgan shartnoma. Uning asosiy vazifasi tovar-pul almashinuvini amalga oshirishdir. Oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq, 1 taraf—sotuvchi 2 taraf—sotib oluvchiga tovarni mulk qilib topshirish majburiyatini oladi, 2 taraf (sotib oluvchi) esa tovarni qabul qilish va uning haqini toʻlash majburiyatini oladi. Oldi-sotdi shartnomasi qadim zamonlardan kishilar oʻrtasida keng qoʻllaniladigan shartnomalar sirasiga kiradi. U taraflarning maxsus (ogʻzaki yoki yozma) kelishuvi asosida amalga oshiriladi. Tovar bu shartnomaning predmeti hisoblanadi. Tovar-ashyolar. koʻchar va koʻchmas mol-mulk, qimmat qogʻozlar, mulkiy huquqlar hamda pul shartnoma predmeti boʻladi. Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat shartnoma subʼyektlari hisoblanadi. Oldi-sotdi shartnomasining asosiy shartlar: taraflar, predmet, baho, taraflarning huquq va majburiyatlari, shartnoma shartlarini buzganlik uchun taraflarning javobgarligidir. Oldi-sotdi shartnomasining chakana Oldi-sotdi mahsulot yetkazib berish, kontraktatsiya (qarang Kontraktatsiya shartnomasi), energiya taʼminoti, koʻchmas mulkni sotish kabi turlari mavjud. Koʻpgina davlatlarda Oldi-sotdi fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlari talablari asosida amalga oshiriladi. Ichki, shuningdek, xalqaro bozorda ham turli tovarlar Oldi-sotdisiga oid operatsiyalarni mukammal tartibga soluvchi maxsus savdo (tijorat) kodekslari mavjud. Oʻzbekiston Respublikasi FK da Oldi-sotdi shartnomasining turli jihatlari va uning shartnoma taraflarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini aniq koʻrsatgan holda amalga oshirilishiga oid qonun talablari qatʼiy belgilangan. Xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, chet el davlatlari ishtirokida amalga oshiriladigan Oldi-sotdi operatsiyalari OʻzRning chet el investitsiyalari toʻgʻrisidagi qonunchiligi, Oʻzbekiston Respublikasing xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tuzgan ikki tomonlama va koʻp tomonlama bitimlari bilan tartibga solinadi.
Download 17.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling