2-amaliy mashg’ulot mavzusi avtomatlashtirilgan avtomat tizimini yaratish va ekspert tizimlari vazifa


Ekspert tizimini yaratish bosqichlari


Download 406.02 Kb.
bet12/15
Sana10.02.2023
Hajmi406.02 Kb.
#1187008
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Esanov Shuxrat amaliy mashg\'lot

Ekspert tizimini yaratish bosqichlari. Ekspert tizimini yaratishning nisbatan muhim bosqichlariga quyidagilarni kiritish mumkin: konsepsiyalash, realizatsiya, testdan o‘tkazish, joriy etish, kuzatib borish, modernizatsiyalash. Konsepsiyalash bosqichida ekspert tizimini ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassis ekspert bilan hamkorlikda tanlangan predmet sohasidagi muammoni yechishning uslublarini bayon etish uchun qanday tushuncha, munosabat va proseduralar zarurligini hal etadi. Bosqichdagi asosiy vazifa masalani yechish jarayonida yuzaga keluvchi vazifa strategiyasi va cheklovlarni tanlashdan iborat.
Konsepsiyalash muammoni to‘liq tahlil etishni talab etadi. Identifikatsiya bosqichida vazifa turi, tavsifi, o‘lchami, ishlanma jarayonidagi ishtirokchilar tarkibi aniqlanadi. Modelning yaroqliligi ko‘rib chiqiladi, talab etiladigan «vaqt — mashina» resurslari baholanadi, ekspert tizimini yaratish maqsadi belgilanadi.
Formallashtirish bosqichida asosiy tushunchalar va munosabatlar bilimlarni ifodalashning o‘ziga xos rasmiy tiliga o‘tkaziladi. Bu yerda ko‘rib chiqilayotgan vazifa uchun modellar yoki ma’lumotlarni taqdim etishning o‘xshash usullari tanlanadi.
Amalga oshirish bosqichida yuklatilgan vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan ekspert tizimining jismoniy «qobig‘i», yuzasi yaratiladi. Ekspert tizimi faoliyatining to‘g’riligini testdan o‘tkazish bosqichida tekshirish mumkin.


Intellekt tushunchasi
Intellekt tushunchasi (lot. intellectus) aql, mantiqiy
o‘ylash qobiliyati, ratsional anglash va o‘ylash
qobiliyati. Ushbu qonuniyatdan kelib chiqib turli xildagi
masalalarni xotirada saqlab qolish orqali maqsadli
foydalanish va bilimni qabul qilish. Bu intellektual
sifatlar tufayli miya faoliyati ko‘plab turdagi
masalalarni yechishi mumkin, bundan tashqari bir
masaladan boshqa maslaga o‘tish jarayonida
osonligicha qayta ishlashi mumkin.
Sun’iy intellekt (SI) yarim chorak asr avomida fan sifatida o‘rganilmoqda. Birinch intellektual tizim sifatida nomoyon bo‘lgan tizim bu “Mantiqiy Nazariyotchi” ya’ni ta’riflarni isbotlash va hisoblarni ifoda etish uchun ishlatilgan. Bu ishlarning ko‘rgazmasi birinchi marta 1956 yil 9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan.
Dasturni tuzishda taniqli olimlar ishtirok etgan, ular: A.Nyuell, A.Tyuring, K.Shenon,
Dj.Lou, G.Saymon, va boshqalar.
Sun’iy idrok haqida «Sun'iy» so‘zining ma'nosi ayon: u kelib chiqishiga ko‘ra tabiiy bo‘lmagan narsani, ya'ni, inson qo‘li bilanyaratilgan narsalarni nazarda tutadi. «Intellekt» so‘ziniesa bundayin oson ta'riflashning imkoni yo‘q.Lug‘atlarda uning ma'nosi juda xilma-xil beriladi.
Masalan, intellektni «qaror qabul qila olishqobiliyati», «anglash qobiliyati» kabi qisqa va lo‘nda
ta'riflaridan tashqari, «bilish, idrok qilish va tahlilasosida, hamda, yig‘ilgan tajriba hamda ko‘nikmalar
vositasida yangi vaziyatlarga moslasha olish» kabi uzundan uzoq ta'riflari ham bor. Ilmiy atama holidagi
«sun'iy intellekt» tushunchasi esa ilk bora 1956 yilda, Stenford universitetida o‘tkazilgan ilmiy anjumanda
inglizcha «artificial intelligence» (AI) tarzida ilmfanga taklif qilingan edi. Shundan buyon mazkur
tushuncha ilmiy jamoatchilik orasida mustahkam
o‘rnashib qoldi.
Sun`iy idrok amaliyotda qo'llana boshlanganidan
beri, u odamlar bilan so'zlashishni, kompaniyada ishlashni,
musiqa bastalashni, hattoki, maqola yozishni ham o'rgandi.
Ayrim mutaxassislar ushbu texnologiyaning salbiy jihatlari
haqida so'zlasa, boshqalari esa insoniyatning eng yirik
kashfiyotlari qatoriga sun`iy idrokni ham qo'shib bo'lgan.
Barcha muhokamalar ana shu texnologiya shiddat bilan
rivojlanayotgan bir davrda yuz bermoqda. Business Insider
nashri insoniyat sun`iy idrok bilan hamnafas yashashga
o'tishdan avval, bir nechta savollarga javob berish
kerakligini eslatib o'tdi.
Texnologiya ijodkorlari va tadqiqotchilarni bir savol o'ylantirmoqda: shu turdagi
idrokka ega jismda axloq bo'ladimi?! Mestsia kolleji professori va mindfulmarketing.Org
portali asoschisi doktor devid hegenbuxning fikricha, texnologiya axloq tushunchasiga
ega bo'lishi mumkin, ammo buning uchun katta mehnat qilinishi lozim.
Intellektual axborot texnologiyalarning qo‘llanilishi. Intellektual axborot texnologiyalari
(IAT) – bu siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va texnik vaziyatlarni tahlil qilishda hamda boshqaruv yechimlarini sintez qilishni tezlashtirishda insonga yordamlashuvchi axborot texnologiyalaridir.
IAT amaliyotida quyidagi belgilar bilan xarakterlanuvchi muammoli sohaning belgilarini hisobga olinishini nazarda tutadi: ·
• Qaror qabul qilishning tezkorligi va sifati; ·
• Maqsadlarning noaniqligi va chegaralar; ·
• Muammoni hal qilishda ishtirok etuvchi sub’ektlar jamlanmasi; Muhitning tartibsizligi, antlanganligi; ·
• O‘zaro ta’sirlashuvchi faktorlar jamlanmasi; ·
• Vaziyatlarning kuchsiz shakllantirilganligi, noyobligi; ·
Axborotning layoqatliligi, yashiringanligi va noravshanligi; ·
• Kichik harakatlar ahamiyati; ·
• Yechim mantig‘ining kutilmaganligi va boshqalar.
«Virtual rеallik» tizimlari haqida bilimlar yig’ish

Download 406.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling