2-amaliy mashg’ulot Parallel kuchlar sistemasi


Download 257.91 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi257.91 Kb.
#1590925
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-A




2-amaliy mashg’ulot



Parallel kuchlar sistemasi.

1. Bir tekislikda yotgan parallel kuchlar sistemasining muvozanat shartlari

Bir tekislikda yotgan parallel kuchlar sistemasining muvozanat shartlari quyidagi tenglamalar bilan ifodalanadi:


(2.3.1)
Bir tekislikda yotgan parallel kuchlar sistemasi muvozanatda bo’lishi uchun kuchlarning shu kuchlarga perpendikulyar bo’lmagan o’qdagi proektsiyalari yig’indisi va kuchlar tekisligidagi ixtiyoriy nuqtaga nisbatan momentlari yig’indisi nolga teng bo’lishi zarur va etarli.
Bir tekislikda yotgan parallel kuchlar sistemasining muvozanat shartlarini boshqacha ko’rinishdagi tenglamalar bilan ham berish mumkin, ya’ni
(2.3.2)
Bir tekislikda yotgan parallel kuchlar sistemasining muvozanatda bo’lishi uchun kuchlar sistemasining shu kuchlarga perpendikulyar to’g’ri chiziq ustidagi ixtiyoriy ikkita nuqtaga nisbatan algebraic momentlari yig’indisi alohida-alohida nolga teng bo’lishi zarur va etarli.


2. Bir tekislikda yotgan parallel kuchlar sistemasining muvozanatiga doir namunaviy masalalarni yechish. Uslubiy tavsiyalar
Bir tekislikda yotgan parallel kuchlar sistemasining muvozanatiga doir masalalarni yechish bo’yicha quyidagi uslubiy tavsiyalarni berish mumkin:
1. Qaralayotgan qurilmaning qaysi qismini muvozanati tekshirilayotganini aniqlash kerak.
2. Koordinatalar sistemasi o’qlaridan bittasini kuchlarga parallel qilib tanlash maqsadga muvofiq.
3. Qurilmaga ta’sir etuvchi aktiv kuchlar va bog’lanish reaksiyalari shaklda tasvirlab olinadi.
4. Moment markazi yoki moment markazlari tanlanib (2.3.1) tenglamalar sistemasi yoki (2.3.2) tenglamalr sistemasi tuziladi.
5. Tuzilgan tenglamarni birgalikda yechib, izlanayotgan noma’lumlar topiladi.

Berilgan uslubiy tavsiyalar asosida quyida parallel kuchlar sistemasining muvozanatiga doir masalalarni yechib ko’rsatamiz.



Download 257.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling