Kurs ishlari mavzulari banki va ularni bajarishga oid uslubiy tavsiyalar


Download 26.14 Kb.
bet1/4
Sana07.02.2023
Hajmi26.14 Kb.
#1175980
  1   2   3   4
Bog'liq
KURS ISHI NIZOMI, MAVZULARI BANKI


KURS ISHLARI MAVZULARI BANKI VA
ULARNI BAJARISHGA OID USLUBIY TAVSIYALAR


Kurs ishlarini bajarishga oid uslubiy tavsiyalar


Yo’ldoshev Sh.Z. «Dasturlash tillari» fanidan kurs ishini bajarishga oid uslubiy ko‘rsatmalar. Uslubiy ko‘rsatma. – Chirchiq-2023

Kurs ishining maqsadi – talabalarga dasturlashning ilmiy – nazariy asoslarini Informatika o’qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim bo’lgan bilimlar, amalda qo’llash uchun ko’nikma va malakalarni shakillantirish hamda rivojlantirishdan iborat.


Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash tillarida ishlash, amaliy masalalarga dasturlar tuzishga oid nazariy bilimlar, amaliy ko’nikma va malakalarini shakillantirish vazifalarini bajaradi.
Bu maqsadga erishish uchun talabalarga fan dasturidagi mavzular mazmunidan kelib chiquvchi hamda talabaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan bir qator amaliy topshiriqlar ichidan birini tanlash taklif qilinadi.
Kurs ishi bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash tillarining nazariy asoslari, ob’yektlarni loyihalash, matematik va interfeys ob’yektlari, voqealar va xabarlar, ob’yektga yo’naltirilgan muhitlarda xabarlarni uzatish, ularga ishlov berish mexanizmlari, ob’yektlar iyerarxiyasi asosida dasturlarni loyihalash, muayyan ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash tillari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;
ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash tillarida chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi va modulli dasturlar tuza olishni, dasturlashning ob’yektga yo’naltirilgan paradigmasini, ob’yektga yo’naltirilgan muhitlarda dasturlarni loyihalshni bilishi va ulardan foydalana olishi;
ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash tillari muhitida ishlash, masalalarni tahlil qila olish, muayyan dasturlash tillari yordamida masalalarning dasturini tuzish va natijalarni taqqoslay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.
Bu kurs ishini bajarish jarayonida talaba murakkab ilmiy tadqiqotlar muamolarini hal qilishga bir qadar tayorgarlik bosqichidan o‘tadi va kurs ishida bajarilgan ishlar bitiriv malakaviy ishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.



Download 26.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling