2-amaliy mashg‘ulot Poyezdlar harakat grafigini tuzish
Download 157.95 Kb.
|
amaliy mashgulot 2
2-amaliy mashg‘ulot Poyezdlar harakat grafigini tuzish. Temir yo’l transportining ekspluatatsiya bo’yicha faoliyati temir yo’lning barcha bo’linmalari: stansiyalar, lokomotiv va vagon depolari, lokomotiv va vagonlarni texnik ko’rigi punktlari, energouchastkalar, signalizatsiya va aloqa masofalari, temir yo’l va b. Boshqarish ishini birlashtiruvchi poyezdlar harakati grafigi bilan belgilanadi. Texnik ekspluatatsiya qoidalarida grafik yo’lovchi va yuklarni tashish rejasi bajarilishi; poyezdlar harakat xavfsizligi; uchastkalarni o’tkazish va yuk tashish qobiliyatidan hamda stansiyalarni ishlov berish qobiliyatidan samarali foydalanish; harakatlanuvchi sostavdan unumli foydalanish, lokomotiv brigadalarining belgilangan uzluksiz ishlash vaqtida qoidalarga rioya qilishi; temir yo’l, aloqa va elektr ta’minlov qurilmalari inshootlarini joriy soz holatda saqlash bo’yicha ishlarni bajarish imkoniyatlarini ta’minlash kerakligi ko’rsatilgan. Grafik − aniq ma’lum parametr va sharoitlar uchun ishlab chiqilgan uchastkada poyezdlar harakatining bir martalik (yagona tizimda tuzilgan) modeli. Lokomotivlar ekspluatatsiyasini tashkillashtirish harakatning aniq grafigiga asosan amalga oshiriladi, harakat grafigining o’zi esa lokomotivlarni ekspluatatsiyasining o’ziga xosliklarini, ya’ni yurishning peregon vaqtlarini, lokomotivlarni saralash va uchastka stansiyalarida turish vaqtining texnologik me’yorlarini hamda aylanish, ekipirovkalash va texnik xizmat ko’rsatish stansiyalarida sostavning hisobiy massasi va uzunligini akslantirishi kerak. Harakat grafigini direktiv vazifasini oshirish maqsadida uzoq muddatga grafik negizini tashkil etuvchi muntazam aylanish poyezdlarini kiritish mumkin. Bu lokomotivlar aniq tartibda aylanishiga hamda lokomotiv brigadalarini qat’iy jadval bo’yicha ishlashiga imkon yaratib berishi mumkin. Ammo, temir yo’llar ishini tashkillashtirish masalalari bilan mashg’ul bo’lgan A.K. Ugryumov, G.I. Groshev, V.A. Kudryavsev, A.D. Chertogov kabi bir qator olim va amaliyotchilar temir yo’llarni hozirgi zamon ish sharoitlarida qat’iy grafikka o’tish maqsadga muvofiq emas va buni amalga oshirishning iloji yo’q deb hisoblaydilar, shuning uchun temir yo’llarda tashish ishlarini boshqarishning asosiy vositasi bo’lib, operativ rejalash tizimi xizmat qilishi kerak, harakat grafigi esa tashish jarayonini rejalash uchun texnologik asos bo’lib xizmat qilishi kerak. Uning bir qator ko’rsatmalari albatta bajarilishi shart bo’ladigan xususiyatga ega, masalan, yo’lovchi poyezdlarining harakat jadvali, texnologik marshrutlar aylanishi. Yuk poyezdlarining jadvali bajarilishi shart bo’ladi, agar ularning aylanishi operativ rejaga binoan ayni shu sutkaga (yoki bundan ham uzoq muddatga) belgilangan bo’lsa. Ushbu asosiy qoidalarni hisobga olib lokomotivlar ekspluatatsiyasi tashkillashtiriladi, harakatlanuvchi sostavga bo’lgan ehtiyoj aniqlanadi. Stansiyalar, tortuv stansiyalari, vagon va lokomotiv depolari, harakatlanuvchi sostavga texnik xizmat ko’rsatish punktlari va boshqa bo’linmalar ishining texnologik jarayonlarini to’g’ri tashkil etish va aniq bajarilishi poyezdlarni qat’iy grafik parametrlari bo’yicha harakatlanishini ta’minlaydi. Poyezdlarning harakat grafiklari ekspluatatsiya sharoitlariga ko’ra bir izli, ikki izli va ko’p izlilarga; toq va juft yo’nalishlar bo’yicha harakat hajmi nisbatiga ko’ra − juft va nojuftlarga; har xil kategoriyali poyezdlarni harakat tezliklari nisbatiga ko’ra − parallel va parallel emaslarga; bir tomonga harakatlanuvchi poyezdlarni joylanishiga ko’ra − oddiy, bog’lamli (pachkali) va paketlilarga bo’linadi. Grafik turi va uning ko’rsatkichlari lokomotivlar ekspluatatsiyasini tashkillashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi, masalan, lokomotivlarni temir yo’li bir bo’lgan va orqaga qaytuvchi poyezdlarni kutib aylanish punktlarida turib qolishi, kesishish bo’yicha turib qolishlari, lokomotivlarni texnik xizmat ko’rsatish va ekipirovkalash uchun olib borish, peregonlar o’tkazuvchanligi va h.k. Poyezdlarning harakat grafigini tuzishda qarama-qarshi va bir tomonlama harakat yo’nalishlari bo’yicha poyezdlarni kelish va jo’natish intervallarini lokomotivlarni aylanish punktlarida va brigadalar almashish stansiyalarda turishining texnologik me’yorlariga muvofiqligi ko’zda tutiladi. Masalan, lokomotivlarni sostavlarni kutib qolishiga temir yo’l qo’ymaslik uchun, qarshi yo’nalish poyezdlarini aylanish punktiga kelish intervallari lokomotivning kutib turishini texnologik me’yorlari bilan vagonlarni turib qolish me’yorlari orasidagi farqqa teng bo’lishi kerak: (1) Qarshidan kelayotgan sostav va lokomotivlar turishini texnologik me’yorlari har xil bo’lgan hollarda quyidagi bog’lanishga rioya qilishga intilish kerak: , (2) bunda: A – butun son; – bir tomon bo’yicha harakatlanuvchi poyezdlarni kelish intervali, daq; - tegishlicha juft va toq poyezdlar bilan jo’natilayotgan lokomotivlar turishining texnologik me’yorlari, daq; - shuning o’zi sostavlar uchun, daq. Harakat grafigi bo’yicha o’tkazuvchanlik sharoitlariga asosan grafikka kiritilishi mumkin bo’lgan yuk poyezdlarining maksimal soni aniqlanadi: (3) bunda: 1440 – bir sutkada daqiqalar soni (24·60); – yo’lovchi va yig’ma poyezdlarni o’tkazish bilan band qilinadigan sutkaning qismi (daq) (yo’lovchi va yig’ma poyezdlar soniga va band qilish koeffitsiyenti − bir dona shunday poyezdning peregonni band qilish ko’rsatkichi); – poyezdlar harakati grafigining hisobiy davri, ya’ni bir tomonga poyezdlarni jo’natishlar orasidagi bo’lishi mumkin bo’lgan interval (daq); bu interval limitlovchi uchastka uzunligi, poyezdlarni shu uchastka bo’ylab harakatlanish tezligi va aloqa vositalari tizimi, ya’ni uchastkaning alohida punktlari orasida aloqaga sarflanadigan vaqtga bog’liq.
Download 157.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling