2-amaliy mashg‘ulot Tortuv xarakat tarkibni ta’mirlashning tarmoq grafigini tuzish Ishdan maqsad: Tortuv xarakat tarkibi, uning uzel va agregatlarini
Download 309.16 Kb.
|
2.-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.1 Asosiy tushunchalar Qurish uslublari.
- Vaqt bo’yicha optimallashtirish.
- Ish kuchini o ptim allashtirish.
- Nazorat savollari
2-amaliy mashg‘ulot Tortuv xarakat tarkibni ta’mirlashning tarmoq grafigini tuzish Ishdan maqsad: Tortuv xarakat tarkibi, uning uzel va agregatlarini ta’mirlash grafiklari turlari, ishlarni mehnat sig‘imi bo‘yicha taqsimlash, operatsiyalarni bajarish vaqtini aniqlash masalalarini o‘rganish. 12.1 Asosiy tushunchalar Qurish uslublari. Tarmoqli grafiklarni qurishning turli uslublari mavjud. Qurish uslublarning ikkita eng ko’p qo’llanadigan misolini ko’rib chiqamiz. 12.1-rasm. Teplovoz g’ildirak blokini ta’mirlashning tasmali grafigi Sektorli uslub. Misol tariqasida teplovoz g’ildirak blokini ta’mirlashning tasmali grafigini olamiz (12.1-rasm). Grafik gabaritini qisqartirish uchun uzellarni ta’mirlashning yiriklashtirilgan operatsiyalarini olamiz. Tasmali grafik bo’yicha 12.2-rasmda tasvirlangan tarmoqli grafikni quramiz. 12.2-rasm. Sektor uslubi bo’yicha tarmoqli grafik Hodisani tasvirlaydigan har bir doirani to’rt sektorga bo’lamiz. Yuqori sektorda – hodisa raqamini, chap sektorda ishni bajarish mumkin bo’lgan eng erta muddat, o’ng sektorda – ishning yo’l qo’yish mumkin bo’lgan eng so’nggi kechikish muddati ko’rsatiladi. Quyi sektorda vaqt zaxirasi, ya’ni o’ng va chap sektorlar raqamlari o’rtasidagi farq ko’rsatiladi. Strelkalar ustidagi raqamlar tasmali grafikdan olingan kishi-soatlarning alohida ishlarga sarfini ko’rsatadi. Vaqt bo’yicha optimallashtirish. Olingan tarmoqli grafik bo’yicha vaqt masshtabi bo’yicha grafik quramiz (12.3-rasm). 12.3-rasm. Vaqt masshtabi bo’yicha grafik Kritik yo’l 0-1-5-6 hodisalar orqali o’tadi va 41 s ga teng. Vaqtga ko’ra optimallashtirishni amalga oshiramiz. G’ildirak juftliklarini ikki oqim bo’yicha, ya’ni parallel tarzdagi ta’mirini tashkil etamiz. Ulardan har birida parallel ravishda teplovoz g’ildirak juftliklarini ta’mirlab, bunda barcha g’ildirak juftliklarini ta’mirlash vaqti ikki barobar qisqartirishga intilamiz, ya’ni 32 soat o’rnida bu ishlarni 16 soatda bajarish mumkin bo’lsin. Grafikning yangi variantini quramiz (12.4-rasm). 12.4-rasm. Grafikni vaqtga ko’ra optimallashtirish Endi «kritik» yo’l 0-1-2-6-7 hodisalar orqali o’tadi va 36 soat ni tashkil etadi, biroq umumiy davomiylik ham qo’yilgan vazifani qoniqtirmaydi va shu sababli grafik yanada optimallashtiriladi. Ushbu holda, masalan, «kritik» yo’lda joylashgan, eng uzoq davom etadigan ishlardan birini (teplovoz buksa korpuslarini ta’mirlash) ikki oqimda amalga oshirish mumkin. Ularning har birida bir sektsiya korpuslarini ta’mirlashni tashkil etish kerak. Bu holda buksa korpuslarini umumiy ta’mirlash vaqti 24 soat o’rniga 12 soatga teng bo’ladi. 12.5-rasm. Vaqtga ko’ra optimallashtirilgan tarmoqli grafik Yangi tarmoq grafigini quramiz (12.5-rasm). Endi esa «kritik» yo’l 0-1-7-8 hodisalar orqali o’tadi va teplovoz ekipaj qismini ta’mirlashning umumiy davomiyligi dastlabki 41 s o’rniga 25 s ni tashkil etadi. Shunday qilib, grafikni vaqtga ko’ra optimallashtirish ta’mirlashni grafikning birinchi variantiga nisbatan 16 s ga ertaroq bajarish imkonini berdi. Ish kuchini optimallashtirish. Shuningdek tarmoqli grafiklarni ishchi kuchi bo’yicha optimallashtirishni amalga oshirish mumkin. 2-rasmda ko’rsatilgan boshlang’ich tarmoqli grafik bo’yicha ishlar zichligi, ya’ni har bir operatsiyada band bo’lgan ishchilar soni ko’rsatilgan tarmoqli grafik quramiz. 12.6, a-rasmda ko’rsatilgan grafikka ega bo’lamiz. Grafikdan ko’rinib turibdiki, teplovoz g’ildirak blokini ta’mirlashning butun davrida ishlar zichligi bir xil emas. U 6 tadan 10 kishiga qadar o’zgarib turadi. Eng uzoq vaqt davomida 8 kishi ishlaydi. Ishchi kuchi bo’yicha optimallashtirishni o’tkazamiz. 2-3 hodisalar orasida joylashgan «rolikli podshipniklarni ta’mirlash» operatsiyasi barcha ishlar vaqtining uzayishiga olib kelmagan holda 4 va 5 operatsiyalar o’rtasidagi davrda ham bajarilishi mumkin. Uni ko’chirib, 3-4 operatsiyasiga ega bo’lamiz. Endi ishchi kuchi zichligi barcha yerda bir xil, ya’ni bizning misolimizda – 8 kishi (9.6, b-rasm). 12.6-rasm. Grafikni ishchi kuchi bo’yicha optimallashtirish 12.2. Amaliy ish tarkibi 12.2.1. Tortuv xarakat tarkibni ta’mirlashning tarmoq grafigini tuzish haqidagi asosiy tushunchalar bilan tanishilsin. 12.2.2. O’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqqa binoan tortuv xarakat tarkibi yoki uning alohida qismlari, uzellarini ta’mirlashning tarmoq grafigi tuzilsin. 12.2.3. Nazorat savollariga javob berilsin. Nazorat savollari 1. Tortuv xarakat tarkibni ta’mirlashning tarmoq grafigi nima? 2. Tortuv xarakat tarkibni ta’mirlashning tarmoq grafigi qanday tuziladi? 3. Tarmoq grafigi qanday elementlardan tashkil topadi? 4. Tarmoqli grafiklarni qurish usullari? 5. Tarmoqli grafikni optimallashtirish usullari? Download 309.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling