5-amaliy mashg‘ulot Uzel ta’mirining tarmoq grafigini ishlab chiqish Ishdan maqsad
Download 0.97 Mb.
|
1 2
Bog'liq5.-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1 Asosiy tushunchalar
5-amaliy mashg‘ulot Uzel ta’mirining tarmoq grafigini ishlab chiqish Ishdan maqsad: uzel ta’miri tarmoq grafigini qurish uslublari, ularni vaqt va ishchi kuchi bo’yicha optimallashtirish haqida bilim va malakalarga ega bo’lish. 2.1 Asosiy tushunchalar Tarmoqli model – rejalashtirilaytgan jarayonni mantiqiy-matematik ifodalash va uni parametrlarini (davomiyligi, mehnat sig‘imi, narxi va boshqalar) algoritmlashtirish uchun axborot-dinamik modeldir. Tarmoqli grafik yoki tarmoq (grafigi) – rejalashtirilayotgan jarayon (yoki hodisa) da ko‘zda tutilgan ishlarning barcha vaqt va boshqa parametrlari ko‘rsatilgan holdagi texnologik ketma-ketligi tasvirlangan grafikdir. Hodisa – keyingi ishlarni boshlash uchun zarur va yetarli bo‘lgan bir yoki bir nechta ishlarni bajarish natijasidir. Tarmoqli grafikda ma’lum bir shartli belgi bilan tasvirlanadi – aylana, kvadrat, oval, romb yoki boshqa geometrik shakl bilan. Belgi ichida hodisa tartib raqami qo‘yiladi. Dastlabki, yakunlovchi, oraliq, boshlang‘ich, yakuniy, oddiy va murakkab hodisalar farqlanadi. Dastlabki hodisa bevosita oldin bajarilgan ishlarga ega emas va reja bo‘yicha ishlar kompleksini bajarish boshlanishini ifodalaydi. Doimo 0 raqami bilan belgilanadi. Yakunlovchi hodisa undan keyingi ishlarga ega emas va yakuniy maqsadga erishilganligini bildiradi, ya’ni albatta maqsadli bo‘ladi. Oraliq hodisa dastlabki ham, yakunlovchi ham bo‘lmaydi. Yo‘l – tarmoqli grafikdagi har qanday ishlar (strelkalar) ketma-ketligi bo‘lib, unda avvalgi hodisaning oxiri keyingi hodisaning boshlanishini ko‘rsatadi. Bunda yo‘llar kerakli hisoblanadi. Yozuvda yo‘l u o‘tayotgan hodisani ko‘rsatadi, yo‘l vaqt birliklarida ifodalanadi. To‘liq, to‘liq bo‘lmagan, kritik, kritik osti va yuklanmagan yo‘llar farqlanadi. To‘liq yo‘l – dastlabki va yakunlovchi hodisalar va ishlarning har qanday uzluksiz ketma-ketligidir. Tarmoqli grafikda to‘liq yo‘llar ko‘p bo‘lishi mumkin. To‘liq bo‘lmagan yo‘l – oraliq hodisadan dastlabki yoki yakuniy hodisagacha, shuningdek istalgan oraliq hodisalar oralig‘idagi yo‘lning istalgan qismi. Kritik yo‘l – unchalik katta davomiylikka ega bo‘lmagan to‘liq yo‘l. Tarmoqli grafikda kritik yo‘l qalin chiziq bilan ko‘rsatiladi. Kritik yo‘l davommiyligi tarmoqning muhim faktori hisoblanadi, chunki u barcha ishlar kompleksini davomiyligini belgilaydi. Amaliyotda kritik yo‘l ish hajmi o‘zgarishi, ularni bajarilishidagi to‘xtalishlar va boshqa sabablarga ko‘ra tarmoqning bir uchastkasidan boshqasiga o‘tishi mumkin. Kritik osti yo‘li – kritik yo‘l davomiyligiga yaqin bo‘lgan davomiylikka ega to‘liq yo‘l. Ikkitalik chiziqlar bilan ifodalanadi. U yoki bu yo‘lning kritiklik darajasi kuchlanganlik koeffitsiyenti bilan aniqlanadi. Yuklanmagan yo‘llar – tarmoqli grafikning kritik va kritik osti yo‘llaridan boshqa hamma yo‘llari. Ingichka qizil chiziqlar bilan ifodalanadi. Tarmoqli grafikning murakkablik darajasi – ishlar sonini hodisalar soniga nisbati. 1...1,5 murakkablik koeffitsiyentiga ega tarmoqli grafiklar oddiy, 1,5...2,0 murakkablik koeffitsiyentiga ega tarmoqli grafiklar o‘rtacha murakkablikka ega, 2,0 va undan ortiqlari esa murakkab hisoblanadi. 2.1-rasm. Tarmoqli grafik Tarmoqda strelkalar yo‘nalishi doim boshlang‘ich hodisadan yakuniyga qarab yo‘nalgan bo‘ladi. Tarmoqda tartib raqamlari takrorlanmasligi lozim, chunki har bir ish faqatgina unga xos bo‘lgan juft hodisalarni belgilaydi. Ikki hodisani faqatgina bitta ish biriktirishi mumkin. Ikkita hodisa oralig‘ida bir nechta (takrorlanuvchi) ishlar mavjud bo‘lsa fiktiv ishlarni va o‘z raqamlariga ega qo‘shimcha hodisalarni kiritish kerak. Agar bir maqsadli tarmoqda yakuniy maqsadga erishilishi uchun bog‘liq bo‘lgan barcha ishlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda har bir hodisa (dastlabki va yakuniylaridan boshqa) ishlar oralig‘idagi hodisa bo‘lishi kerak, ya’ni tarmoqda berk hodisalar bo‘lmasligi lozim. 2.2.rasm. Tarmoqli grafikda berk hodisalar Kirish ishlari bo‘lmagan hodisa birinchi turdagi berk, chiqish ishlari bo‘lmagan hodisalar esa ikkinchi turdagi berk hodisa deb nomlanadi. Tarmoqda “berk konturlar” ham bo‘lmasligi lozim, ya’ni birorta yo‘l ham bitta hodisadan takroran o‘tmasligi kerak. 2.3-rasm. Tarmoqli grafikda birinchi turdagi berk hodisalar Ko‘rsatilgan kirish va chiqishlar ma’lum bir hodisalarga tomon yo‘nalgan uzluksiz strelkalar bilan ifodalanadi va tegishli yozuvlar kiritiladi. Murakkab (tarkibiy) ishlar quyidagi qoidaga asosan tuziladi: agar tarmoqdagi qandaydir ishlar o‘zlaridan avvalgi ishlar to‘liq tugatilmasdan boshlanishi mumkin bo‘lsa, u holda oxirgisi natijasi keyingi ishlarni boshlashga zaruriy va yetarli bo‘lgan ishlar ketma-ketligi ko‘rinishida ifodalanishi kerak. 2.4-rasm. Tarmoqli grafikda birinchi turdagi berk hodisalarni ko‘rsatish usullari 2.5-rasm. Tarmoqli grafikda murakkab ishlarni tasvirlash Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling