2-amaliy mashg’ulot. So‘rov uslubi bilan ish o‘rinlarini ergonomik parametrlarini o‘rganish
Download 0.89 Mb.
|
1 2
Bog'liq2-amaliy
2-AMALIY MASHG’ULOT. SO‘ROV USLUBI BILAN ISH O‘RINLARINI ERGONOMIK PARAMETRLARINI O‘RGANISH. Ishning maqsadi: So‘rov usuli bilan ish o‘rinlarini ergonometrik parametrlarini o‘rganish. Ish o‘rni - bu inson mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun «inson-mashina - ishlab chiqarish muhiti» tizimida ma’lumotlarni aks ettirish vositalari, boshqarish qismlari va ѐrdamchi jihozlar bilan jihozlangan joydir. Ish joylari yakka va kollektiv turlarga bo‘linib - tikka, o‘tirib va tikka-o‘tirib ishlashga mo‘ljallanadi. Egronomika ish joylarini loyihalashga bo‘lgan talablarni ifodalab beradi. Asosiy va qo‘shimcha harakat zonalarini aniqlaydi, tegishlicha poldan balandlik bo‘yicha, simmetriya o‘qidan front bo‘yicha jihozlarning joylashish zonalarini aniqlab beradi. Odamning har xil ishchi holat (tik, o‘tirgan, ѐtgan va engashgan) larining optimal va chegaraviy o‘lchamlarini aniqlash uchun ish joyini ratsional tashkil qilishda ishlatiladigan zarur antropometrik ma’lumotlar sistemalashtiriladi. Ergonomikada ishning va ishchi holatlarning xarakteriga bog‘lik holda har xil turdagi ishchi stollar va o‘rindiqlarni konstruksiyalash bo‘yicha umumiy tavsiyalar yaratiladi. Ish joyini rejalashtirish va joylashtirishda quyidagi prinsiplarga amal qilish tavsiya qilinadi: boshida to‘liq rejalashtirish, keyin qismlarini, oldin optimal holda, keyin amaliy ruxsat qilinganini; ish jaraѐni va jihozni rejalashtirishga yagona tizim talablari bilan ѐndoshish. Ish joyini loyihalashda antropometriya ma’lumotlarini hisobga olish muhimdir. Ergonomika bo‘yicha manbalarda maxsus taqidlanadiki, konstruktor o‘zining antropometrik va psixofiziologik xarakteristikalarini boshqa odamlar uchun ham na’munaviy deb qaramasligi va shu asosda narsalarni loyihalash jaraѐnini tashkil qilmasligi kerak. Faqat inson tanasi o‘lchamlari va a’zolari haqida, uning ѐshi va jinsi o‘rganilgan holda keng to‘plangan sistemali tanlangan malumotlarni jalb qilib o‘lcham standartlarini loyihalash uchun mustahkam ilmiy bazani hosil qilish mumkin. 1-rasm. Vertikal yuzada motor maydoni bo‘yicha yetishish zonasi Ish joyini tashkil qilishda quyidagilarni ta’minlash maqsadga muvofik: - operatorning eng ma’qul ishchi holati (tik ѐki o‘tirgan holda); - muhimligi va qurish maydoni doirasida foydalanish jadalligiga qarab boshqarish qismlari va indikatorlarini ratsional joylashtirish; - operatorga harakatlanish va siljishda yetarli erkinlik berilishi; - ish joyi elementlarining eng yaxshi ko‘rinishi; - insonning antropometrik, fiziologik, va psixologik xarakteristikalarining ish joyi konstruksiyasiga mosligi; - mashinadan kelaѐtgan ma’lumotlar tezligi va hajmining inson tomonidan qabul qilish va ishlov berish imkoniyatlariga mosligi; - operatorlarning ish vaqtida qisqa muddatli dam olishlari uchun sharoit bo‘lishi; - ishlovchilarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish. 2-rasm. Gorizontal yuzada ish yuzasining balandliligi 725 mm bo‘lganda motor maydoniga yetishish zonasi 3-rasm. Qo‘lda ѐrdamida operatsiyalarni amalga oshirish va boshqarish organlarini joylashtirish sxemasi: 1-eng kerakli va ko‘p ishlatiladigan boshqaruv organlari joylashtiriladi; 2-tez-tez ishlatilishi muikin bo‘lgan boshqaruv organlari joylashtiriladi; 3-kam ishlatiladigan boshqaruv organlari joylashtiriladi. 4-rasm. Turli ishlar uchun ish yuzasi balagdiligi(1-4), oyoqlar uchu nish kengligi (5) va o‘rindiqning joylashish balandliligi (6) odam bo‘yiga bog‘liq nomogrammsi. 5-rasm. Oyoq uchu ish kengligini, (500 mmdan kam bo‘lmasligi lozim ) mm: a-o‘rindiqdan ish yuzasining pastki qismigacha bo‘lgan masofa? mm; h-ish yuzasining balandliligi, mm. So‘nggi yillarda so‘rov uslubi bilan ish o‘rinlarini ergonomik parametrlarini o‘rganish davrida kuzatuv ishlari zamonaviy texnik vositalardan foydalanilmokda: 1. Fotografiya 2. Kinomatografiya 3. Ovozli texnikaviy usul 4. Televizion usul Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling