Boshqaruv uslubi bu boshqaruv jarayonida kelib chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yo‘llari majmuasidir. ❖Ish uslubi


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
Sana18.12.2022
Hajmi0.97 Mb.
#1030025
Bog'liq
Menejment joriy 2




Boshqaruv uslubi - bu boshqaruv jarayonida
kelib chiqadigan muammolarni hal qilish
usullari, yo‘llari majmuasidir. 
Ish uslubi - bu boshqaruv funksiyalarini
samarali bajarish masqadida biror bir
organning yoki rahbarning bo‘ysinuvchilarga
aniq va nisbatan barqaror ta’sir ko‘rsatish
usuli va yo‘llari majmuasidir.


Rahbarning ish uslubi - bu boshqaruv jarayonida u yoki bu
masalalarni hal qilishda uning o‘ziga xos yondashishidir.
Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va
qo‘l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda u o‘z vazifalariga muvofiq ish ko‘radi.
❖ Biroq har bir rahbar bunda o‘ziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida o‘zi uchun
mos bo‘lgan, o‘z rahbarlik uslubini belgilaydigan usullar bilan harakat qiladi.
Mutlaqo bir xil ikki kishi bo‘lmaganidek, rahbarlikda ham mutlaqo bir xil uslub
yo‘q. Rahbarlik uslubi rahbarlarning o‘z qo‘l ostidagilari bilan aloqasida, ularning
o‘zaro munosabatlarida tarkib topadi.


Avtokratik
rahbarlar
Liberal 
rahbarlar
Demokratik
rahbarlar


• Avtoritar uslubda boshqaruv shundan iboratki, 
barcha hokimiyat boshida o’zi bo'lib, barcha qarorlar
bo'ysunuvchilarning fikrini hisobga olmasdan, yolg'iz
o'zi tomonidan qabul qilinadi. Boshqalarning fikrini
umuman hisobga olmaydi va tanqidga chiday
olmaydi. Boshqarishda buyruq usuli qo'llaniladi. 
Boshqaruvning avtoritar uslubi inqirozli vaziyatda, 
qarorlar tezda qabul qilinishi va aniq
muvofiqlashtirilishi kerak bo'lganda zarur bo'lib, bu
jamoaviy qarorlar qabul qilish sharoitida ancha qiyin
.
• Avtokratik rahbar o‘ziga bino qo‘igan, dimog‘dor, o‘z
qobiliyati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, 
hukimini o‘tkazishga intiladigan kishilardan etishib
chiqadi.


Ijobiy nuqtalar:
• maxsus moddiy xarajatlarni talab qilmaydi:
• xodimlar va bo'limlar o'rtasidagi o'zaro aloqani
tezda o'rnatishga imkon beradi.
Salbiy nuqtalar:
• tashabbusni bostiradi;
• xodimlarning ishini nazorat qilish uchun noqulay
tizimni talab qiladi;
• byurokratiya darajasini oshiradi.
Natijada, xodimlarning o'z faoliyatidan qoniqish darajasi pasayadi va menejerga
bog'liqligi kuchayadi. Ushbu boshqaruv uslubidan uzoq muddatli foydalanish
korxona samaradorligining sezilarli darajada pasayishiga olib keladi. Bu sotsializm
davridagi mamlakatimiz uchun xos edi.


• Boshliqning o'z vakolatlarining bir qismini bo'ysunuvchilarga topshirishni va
kollegial asosda qarorlar qabul qilishni nazarda tutadi. Bu korxonaning barqaror
ishlashi va uning innovatsiyalarni joriy etish istagi uchun dolzarbdir. Ya’ni ular
qaror qabul qilayotganda xodimlarning ham fikrini hisobga olgan holda, o’zaro
maslahatlashib, barcha bilan samimiy munosabayda bo’lgan holda ish olib
borishadi. Buyruq berish yo’li bilan emas tushuntirish yo’li bilan ish ko’rishadi.


• ijodiy faoliyatni rag'batlantiradi;
• xodimlarning qabul qilingan qarorlardan noroziligini kamaytiradi, chunki ular
birgalikda qabul qilinadi;
• mehnat motivatsiyasini oshiradi;
• korxonadagi psixologik iqlimni va bajarilgan ishlardan qoniqishni yaxshilaydi.
• qat'iy markazlashtirilgan nazorat yo'q;
• amalga oshirish uchun javobgarlik uzoq
vaqt davomida
o'zgarishi mumkin;
• qarorlar qabul qilish va ularni amalga
oshirish jarayoni kechiktiriladi


rahbar ishtirokisiz boshqaruv
usulidir. Xodimlar o‘z holiga qo‘yilgan,nazorat
yo’q bo’ladi. Bunday rahbarlar tashabbussiz, 
ishni o’z bo’yniga olishni yoqtirmaydigan, 
xodimlarni o’z holiga qo’yib qo’yadigan, 
mustaqil fikrga ega bo’lmagan rahbatlar
hisoblanishadi. Ularni ko’pincha “qo’g’irchoq” 
rahbarlar deb ham atashadi.
• Bunday rahbar tashqaridan ko‘rsatiladigan
ta’sirga moyilligi bilan ko‘zga tashlanib turadi.


• Yuqorida qayd etilgan rahbarlik uslublari sof holda uchramaydi. Hayotda har bir
rahbarning ish uslubi har hil bo‘ladi, lekin yuqoridagi uch uslubdan biri yaqqolroq
sezilib turadi. Turli hil ishlab chiqarish vaziyatlarida har xil xodimga nisbatan
rahbarlikning ijolbiy tamonlaridan foydalanish kerak. Rahbar haqiqiy ahvolga
qarab ish tutish va buysinuvchilarning o‘ziga hos shaxsiy xislatlarni hisobga olib
muomala qilishi kerak.


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling