2-amaliy mashg‘ulot tekislikdagi kuchlar tizimi o. E. Kepe, Y. A. Viba, O. P. Grapis “Nazariy мехаnika fanidan qisqa masalalar to‘plami”


Download 17.41 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi17.41 Kb.
#237917
Bog'liq
2-amaliy


2-AMALIY MASHG‘ULOT

TEKISLIKDAGI KUCHLAR TIZIMI

O.E. Kepe, Y.A. Viba, O.P. Grapis “Nazariy мехаnika fanidan qisqa masalalar to‘plami”
1. Oxy tekislikda yotuvchi F=420N kuch koordinatalari xA=0,2m; yA=0,3m bo‘lgan A nuqtaga =300 burchak ostida qo‘yilgan. O nuqtaga nisbatan kuchning momentini toping. (151)
2. A nuqtasida sharnir yordamida mahkamlangan AB sterjenga F kuchi va BD ip vositasida 1 yuk osilgan bo‘lib, AC=BC, =600 va yukning og‘irligi 2N bo‘lsa, sterjenni muvozanatda ushlab turish uchun F kuchining miqdorini aniqlang. (4,0)
3. O nuqtada sharnir yordamida mahkamlangan richagga =450 burchak ostida F

kuch va momenti M=3Nm bo‘lgan juft kuch ta’sir etadi. Agar richag muvozanatda bo‘lib, masofa OA= 0,3m bo‘lsa, F kuchining miqdorini aniqlang. (14,1)


4. Miqdorlari o‘zaro teng bo‘lgan beshta kuchlar sistemasi muntazam olti burchakning uchlariga joylashgan bo‘lsa, sistema bosh vektorining Ox o‘qi bilan hosil bo‘lgan burchakning qiymatini aniqlang. (180)
5. To‘rtta F1=F2=F3=2N va F4= 10 N kuchlar sistemasi radiusi r=lm bo‘lgan aylana bo‘ylab joylashgan bo‘lsa, kuchlar sistemasining A nuqtaga nisbatan bosh momentini aniqlang. (11,3)
6. A sharnir yordamida mahkamlangan BC brusga F1=4kN va Fz kuchlar ta’sir etib, u muvozanatda bo‘lsa, masofalani AC=2m, AB=6m hisoblab, F2 kuchning miqdorini kN larda aniqlang. (12,0)
7. AE to‘sin qo‘zg‘almas A sharnir va vertikal CD sterjen yordamida mahkamlangan bo‘lib, unga F1=2kN va F2=4kN kuchlar ta’sir etadi. Agar to‘sinning o‘lchamlari AB=1m, BC=CE=2m bo‘lsa, CD sterjenda hosil bo‘layotgan zo‘riqishni kN larda aniqlang. (7,33)
8. Uzunligi AB=9m li to‘singa intensivligi q=5kN/m bo‘lgan taqsimlangan kuchlar ta’sir etib, B tayanch reaksiyasi 10 kN bo‘lishi uchun, taqsimlangan kuchning ta’sir etish masofasi AC qancha bo‘lishi lozim?(6,0)
9. O‘lchamlari AB=4m, BC=2m bo‘lgan to‘singa intensivligi q=40N/m li taqsimlangan kuchlar ta’sir etsa, B tayanch reaksiya kuchini hisoblang. (100)
10. O‘lchamlari AB=2m, BC=4m bo‘lgan, devorga qistirib mahkamlangan konsol to‘singa intensivligi qancha miqdorli q taqsimlangan kuchlar ta’sir etsa, A tayanchning reaktiv momenti 400Nm bo‘ladi? (25)
Download 17.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling