2-Amaliy mashg’ulot


Download 1.21 Mb.
bet1/3
Sana07.10.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1694889
  1   2   3
Bog'liq
2-Amaliy mashg\'ulot


2-Amaliy mashg’ulot

PROTEUS maxsus dasturiy muhitida Arduino majmuasi yordamida svetodiodni yoqish dasturini ishga tushirish




Ishdan maqsad: Arduino UNO apparat-hisoblash platformasi va Arduino IDE ishlab chiqish muhiti bilan tanishish, ishni boshlashdan oldin dasturiy ta'minotni sozlashni o'rganish.


1. Asosiy tushunchalar


Arduino (Arduino) – bu asosiy tarkibiy qismlar kiritish/chiqarish va ishlab chiqish muhiti bo'lgan apparat hisoblash platformasi hisoblanadi.
Arduino - bu virtual olamdan chiqib, jismoniyga vositalarga o'tish va u bilan o'zaro aloqada bo'lishga imkon beradigan kichik shaxsiy kompyuterdir. Arduino negizidagi qurilmalar turli xil datchiklar orqali atrof-muhit haqida ma'lumot olish va turli xildagi ijro etuvchi qurilmalarni boshqarish mumkin.
Arduinoga asoslangan qurilmalar loyihalari mustaqil ravishda ishlashi yoki kompyuter dasturlari bilan o'zaro aloqada bo'lishi mumkin.
Arduino UNO – mikroprotsessor qurilmalarini ishlab chiquvchilar platasi, ulardan bir nechtasi (Mega, Nano va boshqalar) asosan ATmega328 mikrokontrolleriga asoslangan. Bu asosan keng qo'llab-quvvatlash tarmog‘i va ko‘p universalligi tufayli mashhurdir.
Arduino UNO - da 14 ta raqamli kiritish/chiqarish portlari mavjud, ulardan oltitasi keng impulsli modulyatsiyalangan (ShIM) signallarni chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, 6 ta analog kirish portlari mavjud. 16 MGts generator, USB porti, manba raz’yomi, nolga tushirish (yoki qayta ishga tushirish) tugmasi va ICSP (in-circuit serial programming – ichki sxemali dasturlash) raz’yomi mavjud (1.1-rasm).

1.1-rasm. Arduino UNO platasi


To‘plam bilan birga joylashgan USB kabelidan foydalanib, Arduino platasi kompyuterning USB raz’yomlaridan biriga ulanadi (1.2-rasm).





1.2-rasm. Arduino UNO platasini kompyuterga ulash




Arduino IDE dastur interfeysi. Arduino IDE ishlab chiqish muhiti-ushbu muhitda dasturlash tilining asosi C++ - eng mashhur dasturlash tillaridan biridir. 1.3-rasmda kompyuterga yuklangan Arduino IDE dasturlash muhiti ko'rsatilgan, shuningdek 1.4-rasmda GUI (Graphical User Interface) foydalanuvchining grafik interfeysi keltirilgan.



1.3-rasm. Arduino IDE dasturlash muhiti



1.4-rasm. GUI foydalanuvchining grafik interfeysi


Quyida Arduino IDE menyusidagi eng muhim uchta buyruq ko'rsatilgan:






Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling