2-Amaliy mashg’ulot. Xususiy vaziyatdagi tekisliklar. Tekislikda yotuvchi nuqta va to’g’ri chiziq. Tekislikning bosh chiziqlari. Tekisliklarning o’zaro holati. Tekislikning o’zaro kesishishi. To’g’ri chiziqning tekislik bilan kesilishiga oid
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Amal mash KI sirtqi
Tekisliklarning to`g`ri chiziqqa parallelligiga doir mashq uchun masala yechish. 1-masala: Ixtiyoriy vaziyatda berilgan ABC( A′,B′,C′ A″,B″,C″) tekisligiga parallel bo`lgan F (F′, F″) to`g`ri chizig`ining proyeksiyalarini qurish. 1-BOSQICH: Koordinatalari blan berilgan ABC tekisligining V va H proyeksiya tekislikliklarida X,Y,Z o`qlariga koordinatalarini qo`yib, proyeksiyalovchi nurlar yordamida A′,B′,C′ va A″,B″,C″ nuqtalarini topib belgilab chiqamiz. 2-BOSQICH: V va H proyeksiya tekisliklarida topilgan A′,B′,C′ va A″,B″,C″ nuqtalarini birlashtirish orqali ixtiyoriy vaziyatdagi uchburchak tekisligining V va H proyeksiyalari hosil qilinadi. A′,B′,C′ va A″,B″,C″ larning A′ va A″ uchlaridan m′ va n″ parallel chiziqlar o`tkazilib, 2′ va 1″ nuqtalarinig V va H proyeksiyalari 1′ va 2″ topilib, A′ va A″ uchlardan o`tuvchi n′ va m″, V hamda H bosh chiziqlarni o`tkazamiz. 3-BOSQICH: V va H proyeksiya tekisliklaridagi n′ va m″, V hamda H bosh chiziqlariga parallel bo`lgan F′ va F″ to`g`ri chiziq o`tkaziladi. Tekisliklarning o`zaro parallelligiga doir mashq uchun masala yechish. 2-masala: Koordinatalari bilan berilgan umumiy vaziyatdagi DEF tekisligining H va V proyeksiya tekisliklarida ( D′,E′,F′) hamda ( D″,E″,F″) proyeksiyalarini qurib, undan 20 mm uzoqlikda unga parallel bo`lgan Q (Q v ,Q h ) tekisligini topish. 1-Bosqich: Umumiy vaziyatdagi DEF tekisligining H va V proyeksiya tekisliklarida ( D′,E′,F′) hamda ( D″,E″,F″) proyeksiyalarini qurish uchun tekislikka doir berilgan koordinatalarni X,Y,Z koordinata o`qlarida belgilab, shu nuqtalaridan X,Y,Z koordinata o`qlariga parallel o`tkazilgan proyeksiyalovchi nurlarning kesishuvidan hosil qilingan H va V proyeksiya tekisliklaridagi D′,E′,F′ va D″,E″,F″ nuqtalarni belgilab chiqamiz. 2-Bosqich: Koordinatalari bilan berilgan umumiy vaziyatdagi DEF tekisligining H va V proyeksiya tekisliklarida topilgan ( D′,E′,F′) va ( D″,E″,F″) proyeksiyalarida OX o`qiga parallel bo`lgan m′, n″ chziqlarini F′ va F″ uchlaridan olib, E′,D′ va E″,D″ tomonlarida kesishgan 2′ va 1″ nuqtalarini mos ravishda proyeksiyalovchi nurlar yordamida bog`lab, 1′ va 2″ nuqtalari F′ va F″ uchlar bilan tutashtirilib H bosh chiziq n′ va V bosh chiziq m″ lar topiladi. 3-Bosqich: DEF tekisligining H va V proyeksiya tekisliklarida topilgan ( D′,E′,F′) va ( D″,E″,F″) proyeksiyalarida joylashgan, H bosh chiziq n′ va V bosh chiziq m″ larning ( D′,E′,F′) va ( D″,E″,F″) dagi F′ va F″ uchlaridan n′ va m″ bosh ciziqlarga perpendikuliyar ravishda talab qilingan 20 mm masofani joylashtirib nuqta topiladi. 4-Bosqich: 3-bosqichda H va V proyeksiya tekisliklarida topilgan ( D′,E′,F′) va ( D″,E″,F″) proyeksiyalarida F′ va F″ uchlaridan n′ va m″ bosh ciziqlarga perpendikuliyar 20 mm masofani joylashtirish yo`li topilgan nuqtadan, ( D′,E′,F′) ning mos tomonlari F′,E′ va F′,D′ tomonlarga parallel ravishda yangi Q h tekislik quriladi. 5-Bosqich: 3-bosqichda H va V proyeksiya tekisliklarida topilgan ( D′,E′,F′) va ( D″,E″,F″) proyeksiyalarida F′ va F″ uchlaridan n′ va m″ bosh ciziqlarga perpendikuliyar 20 mm masofani joylashtirish yo`li topilgan nuqtadan, ( D″,E″,F″) ning mos tomonlari F″,E″ vaF″,D″ tomonlarga parallel ravishda yangi Q v tekislik quriladi. 3-masala. Ixtiyoriy vaziyatda berilgan DEF ( D′,E′,F′ D,″E″,F″) tekisligidan 20 mm uzoqlikda shu tekislikka parallel joylashgan Q(Q v, Q h ) tekisligini o`tkazishga doir masalani yechish ketma-ketligini oxiriga qadar davom ettiring. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling