2-amaliy mashg‘ulot: Yo‘l qoplamasining yemirilishini aniqlash. (2 soat)


Download 261.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi261.96 Kb.
#1589657
  1   2   3
Bog'liq
2-Amaliy (2)



2-amaliy mashg‘ulot: Yo‘l qoplamasining yemirilishini aniqlash. (2 soat) 
 
Qoplamalarda sodir bo‘ladigan deformatsiyalar — ezilish, siljish, to‘lqinlar, yaxlit 
to‘shamada esa tarnovsimon izlar va notekis cho‘kishlardan iborat bo‘ladi. 
Qoplamada ishlatiladigan materiallarga sifatsiz ishlov berib yotqizilishi
tarkibida suv borligi tufayli sementbetonli, asfaltbetonli va organik bog‘lovchilar 
bilan ishlov berib yotqizilgan qoplamalardan harakat qatnovi ta’sirida zarralarni 
donalab ajralib turishi natijasida uqalanish sodir bo‘ladi.Qaynoq holda yotqizilgan 
qorishmalarni ortiqcha qizdirib (kuydi-rib), kam yopishqoqli bog‘lovchi ishlatilsa 
uni me’yoridan kam miqdorda qo‘shilgan qoplamada qo‘tir yuza tashkil qilgan 
pardasimon bo‘laklanish sodir bo‘ladi.Joyida tayyorlanib qurilgan sementbetonli 
yangi qoplamaga sovuq ta’sir etishi va sifatsiz material ishlatilganida palaxsali 
bo‘laklanish kuzatiladi. 
Yo‘l qoplamasi sirtining g‘adir-budirligitransport vositalari 
g‘ildiragining qoplama bilan tishlashishiga sabab bo‘luvchi yo‘lning muhim 
transport-foydalanish 
ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. Transport vositalari 
harakatlanganda, qoplama sirtining g‘adir-budirligi qisqa chastotali tebranish 
natijasida vujudga keladigan to‘lqin uzunliklari 3-10 sm gacha bo‘lgan notekisliklar 
yig‘indisidan iborat. Transport vositalari g‘ildiragininu yo‘l qatnov qismining sirti 
bo‘yicha sirpanishga qarshiligi, tishlashish koeffitsienti orqali aniqlanadi. 
Tishlashish koeffitsienti transport vositalarining xavfsizligi va tezligiga bevosita 
ta’sir qiladi. Quruq va tekis qoplamalar, zamonaviy avtomobillarning turli xil 
tezlikdagi xavfsiz harakatlanish sharoitlarini va tishlashish koeffitsientining yuqori 
darajada bo‘lishini ta’minlaydi.
Pnevmatik shinalarning yo‘l sirti bilan ilashish sharoiti ob-havo sharoitlariga 
bog‘liq. Ilashish koeffitsientlarining qiymatlari yil davomida keng chegaralarda 
o‘zgarib turadi, yozda ortadi va qishki toyg‘oq sharoitlarda ancha kamayib ketadi, 
bu davrda yo‘lning ilashishini oshirish uchun yo‘llarga toyg‘oqlikka qarshi 
materiallar (muzni eritadigan gidroskopik tuz, qum, shlak va boshqalar) sepiladi 
yoki ba’zan avtomobil shinalariga tirnoqli shinalar kiydiriladi. Trassaning geometrik 
elementlarini asoslashda quruq toza qoplamada va 60 km/soat tezlikda 
harakatlanganda 


= 0,6 qabul qilinadi. 

Download 261.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling