amalga oshirayotgan paytda, C3 bloki 2-nchi buyruqning
operandalarini chaqirib olayotgan bo‘ladi, C2 bloki 3-inchi buyruqni
dekodlayotgan bo‘ladi, C1 bloki esa 4-inchi buyruqni xotiradan
chaqirib olayotgan bo‘ladi. Va nihoyat 5-inchi siklda C5 bloki 1-inchi
buyruq bajarilgandan so‘ng hosil bo‘lgan natijani registrlardan biriga
qaytib yozayotganida, konveyerning boshqa bosqichlari keyingi
buyruqlarni ishlashni amalga oshirayotgan bo‘ladilar.
Ushbu ko‘rib chiqilgan – buyruqlarni konveyerli ishlash chizmasida,
har bir siklni 2 ns deb olsak, bitta buyruqni konveyerdan o‘tishi uchun
10 ns kerak bo‘ladi. Birinchi qarashda, bunday konveyer asosida
qurilgan kompyuter 1 sekundda 100 millionta buyruqni
bajarayotgandek bo‘lib ko‘rinadi. Aslida, konveyerning qo‘llanilishi
natijasida esa, beshinchi bosqichdan boshlab, har bir bosqichda 5-
tadan buyruqni bajarilayotganini hisobga olsak, 1 sekundda 500
millionta buyruqni bajarishga erishiladi.
3.10-rasmda tushuntirilgan konveyer, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek
Intel 486 protsessorida amalga oshirilgan edi. Intel protsessorlari
oilasiga mansub dastlabki Pentium protsessorida esa, ana shunday
konveyerlarning ikkitasini bir vaqtda ishlashi yo‘lga qo‘yilgan edi. Bu
konveyer – buyruqlarni tanlashning umumiy blokiga ega bo‘lgan, besh
sathli ikki qatorli konveyer deb atalgan (3.11-rasm).
3.11-rasm. Buyruqlarni tanlashning umumiy blokiga ega bo‘lgan, besh
sathli ikki qatorli konveyer. Pentium protsessorining birinchi - bosh
konveyeri u-konveyer ikkinchisi esa, v-konveyer deb atalgan. u-
Do'stlaringiz bilan baham: |