Natijalarni yozish principi bo’yicha kesh-xotiraning ikki tipi bor:
• «teskari yoziladigan» kesh-xotirada amallarning natijalari u AX ga
yozilishidan oldin kesh-xotirada qayd qilinadi, keyin esa kesh-xotira
nazoratchisi bu qiymatlarni mustaqil ravishda AX ga qaytadan
ko’chirib yozadi;
• «to’g’ridan to’g’ri yoziladigan» kesh-xotirada amallarning natijalari
bir vaqtning o’zida parallel ravishda ham kesh-xotiraga, ham AX ga
yoziladi.
80486 MP laridan boshlab mikroprosessorlar o’zining sozlangan
xotirasiga (yoki 1-darajali kesh-xotiraga) ega, shu bilan, xususan,
ularning yuqori unumdorligi kelib chiqadi. Pentium va Pentium Pro
mikroprosessorlari qiymatlar uchun alohida va buyruqlar uchun
alohida kesh-xotiraga ega: Pentium da bu xotira sig’imi katta emas - 8
Kbaytdan, Pentium MMX da - 16 Kbaytdan, Pentium Pro da 1-darajali
kesh-xotiradan tashqari, mikroprosessor platasiga sozlangan va
mikroprosessorning taktli chastotasida ishlaydigan, sig’imi 256 yoki
512 Kbayt bo’lgan 2-darajali kesh-xotira ham mavjuddir.
Shuni inobatga olish kerakki, hamma MP larda 2-darajali qo’shimcha
kesh-xotira ishlatilishi mumkin, u MP dan tashqarida bosh platada
joylashtiriladi va sig’imi bir necha megabaytlargacha etishi mumkin.
Izoh. Tezkor xotira dinamik (Dynamic Random Access Memory -
DRAM) yoki statik (Static Random Access Memory - SRAM) tipidagi
mikrosxemalarda qurilishi mumkin. Xotiraning statik tipi sezilarli
darajada yuqoriroq tezkorlikka ega, lekin dinamik tipga qaraganda
Do'stlaringiz bilan baham: |