2-amaliy sifatni boshqarish tizimining paydo bo‘lishi, rivojlanish tarixi
Download 30.08 Kb.
|
2- AMALIY
Sifatni boshqarish tizimi
A. Feygenbaum zamonaviy ishlab chiqarish va iste’mol sharoitlarida “sifat” tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar doirasini quyidagicha ifodalaydi: “CHiqarilayotgan mahsulot assortimenti muttasil kengayayotgan sharoitlarda iste’molchi, ya’ni uy bekasi bo‘ladimi, yoki sanoat korporatsiyasi, universal do‘konlar tarmog‘i yoki vazirligimi, mahsulotni sotib olishning maqsadga muvofiqligini sifatga qarab aniqlaydi. Mahsulot sifatini boshqarish kompleks tizimlari puxta ishlab chiqilgan va samarali ishlaganda firmaning rentabelligini va katta foyda ko‘rishini ta’minlaydi. Sifatni boshqarish tizimini joriy qilish natijasida korporatsiyalar chiqariladigan mahsulot hajmini kattalashtirmoqda, mehnat unumdorligining oshishiga erishmoqdalar, sifatga xarajatlarni jiddiy kamaytirish va raqobatbardoshlikni oshirishni ta’minlamoqda”. Demak, “Sifat mohiyati tashkillashtirishni boshqarish samaradorligining ko‘rsatkichidan iborat”. A. Feygenbaumning aniqlashicha, sifatni boshqarish evolyusiyasi XX asrga xos xususiyat bo‘ldi. Bunda sifatni boshqarishga yondashishda asosiy o‘zgarishlar taxminan har 20 yilda sodir bo‘ldi (4-rasm). A.V. Glichevning fikricha, A. Feygenbaum sifatni boshqarish shakllari va metodlarining izchilik bilan integratsiyalanishi umumiy tamoyilini to‘g‘ri belgilagan. Sifat tizimlari bo‘yicha ba’zi mutaxassislarda, sifatni boshqarishning yangi metodining paydo bo‘lishi ilgarigi shakllar va metodlarni yo‘qqa chiqaradi, degan fikr bo‘lgan. Masalan, bizning mamlakatimizda ham shunday fikr bo‘lganki, MSB KT mahsulotni benuqson tayyorlash va uni birinchi taqdimdayoq topshirishni yo‘qqa chiqaradi. Bunga qaramay, mahsulotni benuqson tayyorlash MSB KT ning ajralmas elementidir. Sifatni boshqarishni rivojlantirishning birinchi bosqichi XIX asrga xos bo‘lib, bunda bir ishchi yoki ishchilar guruhi barcha buyumlar sifatiga mas’ul bo‘lgan – sifatni individual tekshirish qo‘llanilgan. XX asr boshlari uchun xoslik shundan iborat bo‘ldiki, bunda umumiy ishni ishchilar guruhi bajaradigan korxonalar paydo bo‘ldi, bularning tepasida sifatni maqsadli tekshiruvchi sex ustasi turgan. Ishlab chiqarish murakkabblashishi bilan bu ishga ishchilarning katta guruhlari qo‘shiladi, bu esa shtatli tekshiruvchilarni jalb etishni talab qildi – mahsulotni qabul qilishda sifatni tekshirish usuli kiritildi. Boshqaruvchilar tomonidan boshqariladigan alohida yirik tekshirish xizmatlari paydo bo‘ldi. Uchinchi bosqich davomi 60-yillarga to‘g‘ri keladi – sifatni statistik tekshirish boshlanib, bunda tekshiruvchilar statistik asboblar: yaroqsilikka chiqarish tekshiruvi kartalari va tekshirish kartalari bilan qurollandi. Sifatni kompleks boshqarish – beshinchi bosqich sifat muammolarini kompleks hal etish talabi tufayli yuzaga keldi. A. Feygenbaum fikricha, sifatni kompleks boshqarish – nafaqat boshqarish funksiyasi, balki butun tashkilot va korxonaning sifat sohasidagi o‘zaro bog‘langan ko‘p vazifali faoliyatidir. A. Feygenbaum sifatni kompleks boshqarishning butun tashkilotga ta’siriga alohida e’tibor beradi. Bunday boshqaruv iste’molchining talablarini qondirishga yo‘naltirilgan boshqaruv va texnik ishlarni bajarishni talab qiladi. Bunday vazifa umumiy rahbariyat, mahsulotni xaridga chiqarish tizimi, loyihalash bo‘limlari, ishlab chiqarish, firma ma’muriyati va xodimlari, moliyalash tizimi, xizmat ko‘rsatish va sifatni boshqarish funksiyasining birinchi darajali majburiyati bo‘ladi. A. Feygenbaum yana shunday yozganki, “... korxona rahbariyati anglab etishi kerakki, sifatni boshqarishning kompleks tizimi sifatni oshirish yoki xarajatlarni kamaytirish uchun mo‘ljallangan muvaqqat loyiha emas. Faqat sifatni oshirish va xarajatlarni kamaytirish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy muammolar bartaraf etilgandan keyingina sifatni boshqarish tizimi korxona rahbariyati uchun mahsulot sifatini yaxshilashga qaratilgan doimiy ishlaydigan richagga aylanadi”. AQSH olimlari va mutaxassislarining fikricha, yaxshi tashkillashtirilgan va samarali sifatni boshqarish tizimi so‘zsiz bir shart bilan yaratilishi mumkin – bu ishni shaxsan korxona rahbari boshqarishi lozim. 60-70 – yillarda AQSH da sifatni boshqarish bo‘yicha olimlar va mutaxassislarning, shu jumladan A. Feygenbaumning qator ishlarida shunday fikr bo‘lganki, sifatni boshqarish va ta’minlash – korxonalarni boshqarish maxsus xizmatlari va tekshirish xizmatlarining vazifasidir. Bu shunday tushuntirilganki, sifat to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlik hammaga tarqatilganda hech kimniki bo‘lib qoladi. Lekin YAponiyada butunlay boshqacha – sifatni ta’minlash – butun xodimlar ishidir. Bu masalada bir tomonlama fikr yuritmaslik kerak: bu erda sifat muammosini echishda mahsus xizmatlarning yoki butun xodimlarning ishtirok etishini belgilovchi sabablar ko‘p bo‘lishi mumkin. Muhimi AQSH va YAponiyada firmalar erishayotgan natijadir, umumiy g‘oya – mahsulot sifati muhimdir. Download 30.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling