2-amaliy. Tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari va Gigiyenik omillar
Download 16.07 Kb.
|
2-AMALIY
2-AMALIY. Tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari va Gigiyenik omillar. Havo, quyosh nuri, suv jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari tarzida jismoniy tarbiyaning vositasi sifatida foydalaniladi.hayotiy sharoit, mu’it insonni turli sharoitda moddiy neomat yaratish, yashashga majbur qiladi. Bunga ko‘nikish, unga tayyor bo‘lish mu’im a’amiyatga ega. Shuning uchun tabiatning inoomi –havo, suv, quyosh nuri inson ish qobiliyatini oshirish, salomatligini musta’kamlashning asosiy vositasidir. Jismoniy tarbiya jarayoni ochiq xavoda, quyosh nuri ostida, suv va boshqalardan foydalanib jismoiy mashqlar bajarish samara beradi. Cho‘milish, oftobda toblanish,havoning issiq-sovug‘i jismoniy mashqlar bilan inson organizmiga turlicha taosir ko‘rsatadi. Mashg‘ulotlar davomida bu vositalardan tizimli foydalanishning mu’im a’amiyat kasb etadi. Ishni shunday tashkillash lozimki, jonajon Respublika-mizning geografik, iqlimiy va eqologikholatinihisobga olib barcha viloyat vahududlarda tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish muammosihal qilinishi lozim. Masalan, quyosh nuridan foydalanishda soat 10.00 dan 12.00 gacha alo’ida, 16.00-17.30 gacha yoshi, jinsi va boshqa individual xususiyatlarinihisobga olinmasdan toblansa uning taosiri turlicha bo‘ladi. Jismoniy mashqlarning meoyori, yuklamaning umumiy miqdori, mashqning intensivligini eotibordan chetda qoldirish tabiat-ni sog’lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishda salbiy nati-jalarga olib kelishni unutmasligimiz lozim. Shug‘ullanuvchilarga quyosh vannasi, suvda chiniqishning nazariy bilimlari va ulardan tizimli foydalanish,havoning o‘zgarishi organizmning issiq-sovuqqa, keskin o‘zgarishlarga tez moslashshishi individning yoshligidan yo‘lga qo‘yishni samarasi katta.har tomonlama chiniqtirish tabiat omillarini turli jismoniy mashqlarni bajarish bilan qo‘shib olib borilishi tashqi mu’itning salbiy taosirlariga organizmning qarshilik ko‘rsata olish qobiliyatini yanada oshiradi. Jismoniy tarbiya jarayonida erishilgan chiniqishning samarasi “ko‘chuvchan” bo‘ladi, yaoni u insonning boshqa faoliyati (asosan, me’nat,harbiy xizmat)da namoyon bo‘ladi va jismoniy tarbiyaninghayotiy-amaliyligini oshiradi. Qolaversa, ru’iy-irodaviyhislatlariniham kuchaytiradi. Ayniqsa, chayqalish, tebranish, meoyorsiz yuklamaga chidash, vaznsizlikholatiga tez moslashishdek vazifalar osonhal bo‘ladi. 2. Gigiyenik omillar jismoniy tarbiya vositasi sifatida Gigiyenik omillar shaxsiy va jamoat gigiyenasi talab-larini o‘z ichiga olib, me’nat gigiyenasi, ovqatlanish, dam olish va tashqi mu’itning zararli faktorlari va boshqalar jismoniy mashqlarni bajarish (dars, mustaqil mashq qilish, trenirovka) mashg‘ulotlarida gigiyenik talab va normalarga rioya qilishni taqazo etadi. Ular jismoniy mashqlar taosirchanligini, Samara-dorligini oshirishini ilmiy, amaliy jixatdan isbotlagan. Gigiyenik sharoitni yetarli darajada taominlash, jismo-niy tarbiya uchun foydalaniladigan moddiy-texnik baza, sport anjomlari, jixozlar va mavjud kiyim-boshningholatiga bog‘liq. Jismoniy mashqlar, tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchla-ri va gigiyenik omillarni ratsional qo‘llash inson salomat-ligini musta’kamlaydi va jismoniy qobiliyatlarni rivojlan-tiradi. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlari insonhayotiy faoliyatining organiq qismiga aylansagina jismoniy tarbiya tizimining sog’lomlashtirilishiga yo‘nalti-rilgan prinsipni amalga oshirishning imkoni bo‘ladi. Boshqa tomondan, kerak bo‘lgan gigiyenik normalarga rioya qilinsagina jismoniy mashqlar kerak bo‘lgan samarasini beradi. Jismoniy tarbiyaning maxsus vositasihisoblanmasaham gigenik omillar jismoniy tarbiyaning vazifasini to‘laqonlihal qilish uchun a’amiyat kasb etadi. Pedagogik jarayon qanchalik puxta tashkil-lanmasin, ovqatlanish, uyqu kun tartibiga rioya qilinmasa, shuningdek, mashg‘ulotlar tibbiyot talablariga javob bermay-digan joy va ji’ozlar bilan o‘tkazilsa, ular albatta samarasiz bo‘ladi. Mana shuning uchun maktablardagi jismoniy tarbiya dasturlariga gigiyenaga oid bilimlar mazmunini ifodalovchi nazariy maolumotlar uchun mavzular tavsiya qilingan. Ular jismoniy tarbiya jarayonidan tashqaridagi insonninghayotiy faoliyatini tashkillovchi va jismoniy tarbiya jarayoni tarki-bidagi vositalardir. 3. Jismoniy mashqlarning taosirini belgilovchi omillar har xil jismoniy mashqlarning samarasi turli xil yoki turli xildagi jismoniy mashqlar bir xil tarbiyaviy taosir ko‘rsatishi amaliyotda isbotlangan. Demak, bu jismoniy mashqlar doimiy bir xil taosir xususiyatiga ega emasligining isbotidir. Tarbiya jarayonida jismoniy mashqlarning samarali taosirini belgilay oladigan omillarni bilish pedagogik jarayonni boshqarishni osonlashtiradi. Bu omillar quydagicha guru’lanadi: 1. O‘qituvchi va o‘quvchilarning shaxsiy tavsifi omili. Ta’lim jarayoni ikki tomonlama – o‘quvchilar o‘qiydi, o‘qituvchi o‘qitadi. Shuning uchun jismoniy mashqlarning taosiri keng darajada kim o‘qitayotganligiga va kimlarni o‘qiyotganligiga, axloqiy sifatlariga va iqtidori (intellekti)ga, jismoniy rivojlanganligiga va tayyorgarligi darajasiga, shuningdek, birlamchi bajara olish malakasi, qiziqishi,harakat faolligihamda boshqalarga bog‘liq. 2. Ilmiy omillar – jismoniy tarbiyaning qonuniyatla-rini tomonidan anglanishi meoyorini xarakterlaydi. Jismo-niy mashqlarning pedagogik, psixologik, fiziologik xususiyat-lari qanchalik chuqur ishlab chiqilgan bo‘lsa, pedagogik vazifa-larnihal qilish uchun ulardan shunchalik samarali foydalanish mumkin. 3. Metodik omillar – jismoniy mashqlardan foydala-nishda amal qilinadigan juda keng qamrovdagi talablar guru’ini umumlashtiradi. Jismoniy mashqni o‘qitish davomida yoki boshqa pedagogik vazifanihal qilish uchun qo‘llanayotgan usuliyat (jismoniy qabiliyatni ochsin, o‘zlashtirishni osonlashtirsin) masalan, jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishda quyidagilarhisob-ga olinadi, birinchidan jismoniy mashqdan kutilayotgan samara, yaoni bu mashq bilan qanday vazifalar (bilim berish, tarbiyalash, yoki sog’lomlashtirish)nihal qilish; ikkinchidan, jismoniy mashqni tuzilishi, statik yoki dinamik mashqmi, siklik, atsiklikharakatmi yoki boshqasimi; uchinchidan, mumkin bo‘lgan takrorlash usuliyatlari (bo‘laklarga ajratib yoki mashqni to‘la bajarish bilan o‘rgatish maqsadga muvofiqmi, takror-lashlar oralig‘ida aktiv dam olishni qo‘llash kerakmi yoki passiv dam olishni taominlay oladimi vahokazolar). Jismo-niy mashqlarning bunday xarakteristikasi qo‘yilgan pedagogik vazifalarnihal qilish uchun jismoniy tarbiya vositalari va metodlarini tanlash imkonini beradi. Jismoniy mashqlarning samarasi optimal yuklamani belgilay olish orqaligina bo‘lishi mumkin. Faoliyatda yuklama-ning davomiyligihamda uning intensivligi, takrorlash chasto-tasi (interval va dam), takrorlashlar oralig‘idagi dam olish-ning xarakteriga bog‘liq. Yuklamani boshqarishda yuqorida ko‘rsatilayotganhollarning o‘zaro munosabatihisobiga olinishi shart. Masalan, mashqning bajarilish davomiyligining ortishi uning intensivligining pasayishiga olib kelishi qonuniyati bilan belgilangan. Jismoniy mashqning natijasi uning ijro usuliga bog‘liq. Masalan, arqonga uch usul bilan tirmashib chiqish erkin usul bilan tirmashib chiqishdan samaraliroqdir, chunki uch usul qo‘llanganda balandroqqa chiqish imkoni bo‘ladi. Jismoniy mashq bajargandan so‘ng organizmda maxsus funksional o‘zgarish vujudga keladi va u maolum vaqtgacha organizmda iz qoldiradi, saqlanib turadi. Vujudga kelgan o‘zgarish fonida keyingi mashqning taosir samarasi yanada boshqacharoq bo‘lishi mumkin. Dastlabki va so‘ngi mashqda mashg‘u-lot samaradorligi ortishi yoki pasayishi mumkin. Masalan, diqqat uchun mashqlar navbatidagi qiyin koordinatsiya talab qiluvchiharakatlarni bajarishni osonlashtirsa, dumbaloq oshish mashqlaridan so‘ng muvozanat saqlash mashqlarini o‘zlashtirish qiyinchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Taosir-ning oz yoki kuchlilik darajasi o‘zining chuqurligi va davo-miyligi, o‘quvchiholati uning jismoniy, aqliy tayyorgarligi vahokazolarga bog‘liq. Mashqlar taosirining kompleksini ishlab chiqishharakat faoliyatining asosiy taosiri samarasinihisobga olishga imkoniyat yaratadi. Jismoniy tarbiya jarayoni mashqlar taosiri tiziminihar bir yosh guru’i uchun ishlab chiqishni taqazo etadi. Download 16.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling