Xotiraning har bir yacheykasi o’zining yagona adresiga egadir. Asosiy xotira tez eslab qolish qurilmasi va doimiy eslab qolish qurilmasi, uchun umumiy adres kengligiga egadir.
Adres kengligi asosiy xotiraning bevosita adreslanadigan yacheykalarini imkon boricha maksimal sonini belgilaydi.
Adres kengligi adresli shinalar razryadliligiga bog’liqdir, negaki turli adreslarning maksimal soni ikkilik sonlarning har xilligi bilan aniqlanib, bu sonlarni p ta razryad bilan tasvirlash mumkin, ya’ni adres kengligi 2p ga teng. Shaxsiy kompyuterda asos qilib uzunligi bo’yicha mashina so’zi o’lchamiga teng bo’lgan 16-razryadli adresli kod olingan. 16-razryadli adres kodi bor bo’lganda bevosita jami 216 = 65536=64K (K=1024) xotira yacheykasini adreslash mumkin. Mana shu segment deb ataluvchi 64 kilobaytli xotira maydoni asosiy xotira mantiqiy strukturasining asosidir. Ta’kidlash kerakki, himoya qilingan rejimda segment o’lchami boshqacha va 64 Kbaytdan birmuncha ko’p bo’lishi mumkin.
Standart xotira
Standart xotira (CMA - Conrentional Memory Area) deb O dan 640 Kbaytgacha oraliqdagi bevosita adreslanadigan xotiraga aytiladi.
64 K dan 1024 K gacha adreslar diapazonidagi bevosita adreslanadigan xotira yuqori xotira (UMA - Upper Memory Area) deb ataladi. Yuqori xotira displey (videoxotira) va doimiy eslab qolish qurilmasi xotirasi uchun rezerv qilib qo’yilgan. Lekin odatda yuqori xotirada bo’sh uchastkalar - xotirani boshqarish dasturlari yordamida (drayverlar) umumiy vazifali tezkor xotira sifatida ishlatilishi mumkin bo’lgan «oynalar» qoladi.
Kengaytirilgan xotira
Kengaytirilgan xotira - bu 1024 K va undan yuqori adresli xotiradir.
Bu xotiraga murojaat qilishning ikki asosiy usuli mavjud:
- XMS spetsifikasiyasi (u holda bu xotirani XMA - extended Memory Area deb ataladi) bo’yicha;
Do'stlaringiz bilan baham: |