2-amaliy topshiriq!
Download 1.14 Mb.
|
2-amaliy topshiriq!
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumotlar strukturasi tushunchasi
- Algoritm tushunchasi
Klassifikatsiyasi:
Ma’lumotlar tipi asosan skalyar va skalyar emas tiplarga ajraladi. Skalyar emas tip qiymatlari foydalanuvchi uchun ko’rinib turuvchi komponentlar ko’pligiga ega(massiv, ro’yhat), skalyar tipdagi esa foydalanuvchiga ko’rinmaydi(butun, mantiqiy). Mantiqiy tip – mantiqiy yoki bul qiymatli tip bo’lib, faqat ikkita qiymatdan birini qabul qiladi. Qiymati true yoki false, 1 yoki 0 bo’lishi mumkin. Butun sonli tiplar – Butun sonli qiymatlarni o’z ichiga oladigan tip. Haqiqiy sonli tiplar – Haqiqiy son qiymatlarini o’z ichiga oladigan tip. Satrli va simvolli tip – bitta simvolni yoki simvollar ketma-ketligini o’zida saqlaydigan tip. Har xil dasturlash tillarida cheklovlar har xil bo’lishi mumkin. Ko’rsatkichlar – o’zgaruvchi bo’lib, qiymatlar diapazoni xotira yacheykalari adreslaridan iborat. Abstrakt tiplar – bu ma’lumotlar tipining matematik modeli bo’lib, tip foydalanuvchi ma’lumotlari ko’z qarashida semantikani belgilaydi. Abstrakt tipni obyektlar ko’pligi sifatida qarash mumkin. Masalan: ro’yhat, stek, navbat, massiv. Jadval-1. C++ tilidagi ma’lumot tiplari
Ma’lumotlar strukturasi tushunchasiMa’lumotlar strukturasi (data structure) – dasturiy birlik bo’lib, bir tipli yoki mantiqiy bog’langan ma’lumotlarni saqlaydi. Ma’lumot qo’shish, qidirish, o’zgartirish va o’chirish uchun funksiyalar to’plamiga ega. Ma’lumotlar strukturasi asosan abstrakt tipdagi qiymatlarni qabul qiladi. Har xil turdagi ma’lumotlar strukturasi har xil dasturlar uchun mo’ljallangan. Masalan, Bdaraxt odatda ma’lumotlar bazasini yaratish, yoki har xil ko’rinishdagi lug’atlarni yaratishda qo’llanishi mumkin. (nomlar domeni, internet-adreslar). Dasturiy ta’minot yaratishda dasturning sifati tanlangan ma’lumotlar strukturasi bilan bog’liq. Algoritm tushunchasiAlgoritm bu – buyruqlar ketma-ketligi bo’lib, u biror bir masalani yechish qaratiladi. Algoritm formal tilda tavsiflanishi kerak. Algoritmni bajaruvchi inson yoki mashina bo’lishi mumkin. Bajaruvchi algrotimdagi barcha buyruqlarni bajara olishi kerak. Algoritmni formal tilda yozish dastur deb ataladi. Algoritm doimo belgili miqdordagi qadamlar bilan tugashi shart. Algoritm biror-bir sinfdagi kiruvchi ma’lumotlarga qo’llaniladi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling