2. Amfibiyalarning tashqi tuzulishi
Amfibiyalar sistematikasi
Download 0.86 Mb.
|
Amfibiyalarning qon aylanish nafas olish hazm qilish sistemalari
2.1. Amfibiyalar sistematikasi.Hozirgi amfibiyalarning 2500 ga yaqin turlari bo’lib, ular uchta turkumga bo’linadi: dumlilar (Caudata), oyoqsizlar (Apoda) va dumsizlar (Ecaudata).O’zbekiston hududida dumsizlar turkumiga mansub 2 ta tur (baqa va qurbaqa) tarqalgan; dumllar turkumidan tritonlar akvariumlarda boqiladi. Dumlilar turkumi — Caudata. Bu turkum 280 ga yaqin hozir yashab turgan turlarni o’z ichiga oladi. Boshi bilinar-bilinmas tanaga o’tib ketadi, doimo yaxshi rivojlangan dumi bo’ladi. Oldingi va keyingi oyoqlari bir xil rivojlangan, ba’zilarida (sirenlarda) keyingi oyoq reduksiyalangan. Тana va dumini gorizontal tekislikda egab suvda suzadi yoki yerda o’rmalaydi. Ko’pchiligi suvda yashaydi. Bular aso-san shimoliy yarimsharda tarqalgan. Dumlilar turkumi beshta kenja turkumga bo’linadi. Yashirinjabrapilar kenja turkumi hozirgi dumli amfibiyalarning eng soddasidir. Bularning umurtqalari amfitsel, urug’lanishi tashqi. Bu kenja turkumga yas hirinjabralilar oilasi kiradi, bu oilaning vakili Yaponiya va Хitoyda tarqalgan bo’yi 160 sm ga yetadigan gigant salamandra bilan Shimoliy Amerikada tarqalgan bo’yi 70 sm keladigan yashirinjabradir. Burchak-tishlilar degan ikkinchi oilasiga sibir to’rt barmoqli tritoni, ushar baqa, yetgisuv baqatishi , ussuriy tirnoqpi tritoni kiradi. Ambistoma kenja turkumiga faqat bitta ambistoma oilasi kiradi va Shimoliy hamda Markaziy Amerikada tarqalgan. Ambistomalarning lichinkalari aksolotl deb ataladi. Lichinkalari voyaga yetgan ambistomadek bo’lib, metamorfoz davrini o’tmasdan jinsiy ko’payish qobiliyatiga ega. Bu hrdisa neoteniya deb ataladi. Uchta turi bilan sirenlar oilasini o’z ichiga olgan Meanteg kenja turkumi Shimoliy Amerikada tarqalgan bo’lib, faqat nozik oldingi oyoqlari bor, tashqi jabralari umrbod saqlanadi. Jabra va o’pkalari bilan nafas oladi. Proteylar kenja turkumi bitta proteylar oilasi va ikkita to`rni o’z ichiga oladi. Yevropa proteyi yer osti suvlarida yashaydi. Oyoqlari teri ostiga yashiringan, urug’la-nishi ichki. Amerika proteyi Shimoliy Amerika ko’llarida yashaydi. Salamandralar kenja turkumi dumlilarning tipik vakillari hisoblanadi, urug’lanishi ichki va uchta oilani o’ziga birlashtiradi. Amfiumalar oilasi faqatgina bitta amfiuma to`rini o’z ichiga oladi va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Juft oyoqlari nimjon va 2-3 barmoq bilan tugaydi. Ko’zlari teri ostiga yashiringan. Chin salamandralar oilasiga 40 tacha tur kiradi. Qrvoqlari yaxshi rivojlangan, tashqi jabralar faqat lichinkalarida bo’ladi. Bu oilaga tritonlar va salamandralar kiradi. O’pkasiz salamandralar oilasi 175 to`rni o’z ichigaoladi. Bularningo’pkalari yo’qolib ketadi, shuningdek, kichik qon aylanish doirasi yo’q, chunki yurak bo’lmasi to’siq bilan ajralmagan. Oyoqsizlar turkumi — Apoda. Bu turkumga 60 ga yaqin to`rni o’z ichiga olgan bitta chyervyagalar oilasi kiradi. Тashqi ko’rinishiga ko’ra ilonga yoki katta chuvalchangga o’xshaydi (uzunligi 30-120 sm keladi). Gavdasidagi halqalar tanani ayrim segmentlarga bo’lib turadi. Oyoklari va ularning kamar skletlari yo’q, dumi ham yo’q, kloakasi tananing orqa tomoniga ochiladi. Тyerisida mayda-mayda suyak tangachalar bo’ladi, umurtqasi amfitsel. Bu belgilarning hammasi chyervyagalarning yerni kovlab yashashga moslashishiga olib kelgan.Ko’zlari murtak holida, nog’ora pardasi bo’lmaydi, buning aksicha, hidlov organlari kuchli taraqqiy etgan. Urug’lanishi ichki bo’ladi va shu munosabat bilan erkaklarining kloakasi bo’rtib chiqib, ko`pulyativ organ vazifasini bajaradi. Afrika, Osiyo va Janubiy Amerikaning tropik nam joylarida tarqalgan. Asosan yer tagida hayot kechiradi .Chyervyagalar hasharotlar, chuvalchanglar va tuproqda yashovchi boshqa umurtqasiz hayvonlar bilan oziqpanadi. Ularning ko’payishi suvga unchalik bog’liq emas. Chyervyagalar tasodifan suvga tushib qolsa, cho’kib ke-tadi. Тuxumlari suvdan tashqarvda taraqqiy etadi. Ba’zi turlari, chunonchi, seylon ilonbalig’i qo’ygan tuxumlarini gavdasi bilan o’rab oladi. Nasl uchun qayg’urish hodisasi deyarli barcha chyervyagalarda namoyon bo’ladi. Suvda yashaydigan chyervyagalar tirik bola tug’adi. Dumsizlar turkumi — Ecaudata. Dumsiz amfibiyalar eng yuqori tuzilgan va turlari nisbatan juda ko’p bo’lgan guruhdir. Lekin ular ko’p turli bo’lgani bilan tuzilishi bir-biriga juda o’xshash, ya’ni ularning gavdasi kalta va keng bo’ladi, syerbar boshi tanasiga qo’shilib ketadi, dumi yo’q, keyingi oyoqlari oldingilariga nisbatan 2-3 marta uzun. Oyoqning bunday tarzda tuzilishi sakrab yurish uchun xizmat qiladi. Umurtqa pog’onasining dum bo’limi bitta uzun suyakcha ko’rinishida bo’ladi. Qovurg’asi yo’q. Peshona va tepa suyaklari qo’shilib, juft peshonatepa suyagini qosil qiladi. Тirsak va bilak, katta va kichik boldir suyaklari ajralmagan. Dumsizlar turkumi 5 ta kenja turkumga bo’linadi. Bularning nomlari tana bo’li-midagi umurtqalarning qay shaklda bo’lishidan olingan. Amfitselalar kenja turkumi dumsizlar ichida eng primitivi bo’lib, umurtqalari amfitsel, unchauzun bo’lmagan qovurg’alari bor va dum muskullarining rudimenti saqlanadi. Ikkita to`rni o’z ichiga olgan bitta silliqoyoqlilar oilasi bor. Bu turlarning biri Yangi Zelandiyada ikkinchisi Shimoliy Amerikada tarqalgan. Opistotselalar kenja turkumi vakillarining umurtqalari opistotsel tipda bo’ladi, qovurg’alari bor. Bu kenja turkum 2 ta oilani o’z ichiga oladi. Yumaloqtillilar oilasiga Yevropa va Osiyoda tarqalgan jyerlyankalar momo qurbaqalar kiradi. Pipalar oilasi Afrikada yashovchi pixli baqalarni , Janubiy Amerikaningtropik o’rmonlarida yashaydigan so`rinam pipasini o’z ichiga oladi. So`rinam pipasining bo’yi 20 sm ga yetadi. Ko’payishidan oldin urg’ochisining orqa tomonidagi terisi shishadi va chuqurchalar hosil qiladi, urg’ochisi kloakasini bo’rttirib, chuqurchalarg’a 40-100 ta ikra qo’yadi, erkaklari terini qorni bilan bosadi. Anomotselalar kenja turkumiga chesnochnitsalar, butli baqalar va bir nechta ekzotik baqalar kiradi. Bularning umurtqalari protsel tipda (oldingi tomoni botiq, keyingi tomoni bo’rtib chiqqan) bo’ladi, erkin qovurg’alari yo’q. Anomotselalar Yevropa, Osiyo hamda Shimoliy Amerikada tarqalgan (1-rasm). Protselalar kenja turkumi umurtqalarning protsel bo’lishi, qovurg’alarning yo’kligi, dumg’aza hamda urostil orasida juft birikuv bo’rtmasi borligi bilan xarakterlanadi. Qurbaqalar, kvakshalar va daraxtlarda yashovchi kaltabosh-lar oilalari kiradi. Diplaziotselalar kenja turkumi o’z ichiga baqalar, torog’izlilar va polipedidalar oilalarini oladi – rasm. O’zbekistonda uchraydigan dumsizlar turkumiga mansub qurbaqa –rasm. Ko’l baqasining umumiy ko’rinishi. 3-rasm. Dumlilar turkumiga mansub tur Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling