2. "Analiz" (tahlil) so’zi grek tilidan olingan bo’lib, butunni bo’lakchalarga bo’lib o’rganaman ma’nosida ilmiy izlanishlarning alohida metodi sifatida qaralgan


Download 174.44 Kb.
Sana22.12.2022
Hajmi174.44 Kb.
#1042624
Bog'liq
25 variant


25-variant
1.
2. “Analiz” (tahlil) – so’zi grek tilidan olingan bo’lib, butunni bo’lakchalarga bo’lib o’rganaman ma’nosida ilmiy izlanishlarning alohida metodi sifatida qaralgan. Sintez esa, analiz (tahlil)ning aksi bo’lib, bo’laklardan umumiylikka qarab o’rganish ma’nosini anglatadi. Ilmiy qarashlarda analiz (tahlil) turli, xususan, matematik, fizik, ximik, statistik, iqtisodiy va boshqa shu kabi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Iqtisodiy tahlil – o’rganilayotgan ob’ekt ko’lamiga ko’ra makro va mikro darajadagi tahlil turlariga bo’linadi. Makro ko’lamdagi iqtisodiy tahlil – umumnazariy ko’rinishga ega bo’lib, mamlakat, tarmoq iqtisodiyoti va undagi o’zgarishlarni o’rganishga qaratilgan. Mikro ko’lamdagi iqtisodiy tahlil esa, aniq bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatiga baho berishni nazarda tutadi. Biroq, makro va mikro ko’lamdagi tahlil bir-birini to’ldirib, jarayonga baho berishni aniqlashtirib boradi. Makro ko’lamdagi tahlil umumiqtisodiy fanlarning shakllanishi bilan bog’lanib, u qadimgi va o’rta davrlarga borib taqaladi. Shu sababli uning namoyondalari sifatida Ksenofont, Platon, Aristotel, Varron, Seneka (qadimgi davrda yashab o’tgan), U. Petti, D. Rikardo, A. Smit, S. Sismondi (o’rta asrlarda yashab o’tgan)ni sanab o’tish mumkin. Mikro ko’lamdagi (iqtisodiy) tahlil esa, buxgalteriya hisobi, statistika kabi fanlarning shakllanishi bilan rivojlangan fan sifatida qaralgan va shu boisdan XIX-asrlargacha iqtisodiy tahlil nomi bilan adabiyotlar chop etilmasdan, ular balanshunoslik, balans talqini nomi ostida nashrdan chiqarilgan. Biroq, ularning mazmun-mohiyati hozirgi davrgacha saqlanib, fanda foydalanib kelinmoqda.
Respublikamizda raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish jarayonida korxonalarning yanada rivojlanishi bevosita ularni boshqarish tizimiga bog‘liq. Iqtisodiyotida korxonalar faoliyatini samarali boshqarish uchun esa ular faoliyatini muttasil o‘rganib, tahlil qilib turish kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham barcha boshqaruv bo‘g‘inlarida iqtisodiy tahlil muhim ahamiyatga ega. Chunki iqtisodiy tahlil vositasida axborotlar hamda ma’lumotlar o‘rganilib, qayta ishlanib jamiyat hamda alohida olingan korxonalarning faoliyati tezkorlik bilan yo‘lga solib turiladi.

Hozirgi davrda korxona iqtisodini boshqarish ancha murakkab masala. Chunki boshqariluvchi obyekt shakl va mazmuni hamda boshqaruv maqsadiga ko‘ra turli xildir. Lekin barcha holatlarda ham tejamkorlik tamoyiliga amal qilish asosiy maqsadlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Xo‘jalik hisobi tizimida tejamkorlik asosida mehnat vositalaridan samarali foydalanish, korxonada mavjud bo‘lgan xomashyo va materiallarni ilmiy asosda sarflash hamda mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Bu jarayonda iqtisodiy tahlilni obyektiv va natijali bo‘lishi ko‘p jihatdan tahlil ishlarini to‘g‘ri uyushtirish yoki tashkil etishga hamda ilmiy asosda rejalashtirishga bog‘liq. Milliy iqtisodiyotimizni tarkibiy o‘zgartirish jarayonlari korxonalarning tashqi iqtisodiy aloqalari samaradorligini oshirishga va eng muhimi tashqi bozor nuqtai nazaridan korxonalarimizning ishiga, ularning mahsuloti sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatilishiga keng yo‘l ochmoqda. Chunonchi, korxonalarning mustaqil tarzda tashqi bozorga chiqishi va ularning xorijiy korxonalar bilan hamkorlikda faoliyat yuritishlari o‘z navbatida bu borada ham iqtisodiy tahlilning o‘ziga xos maxsus usullarini ishlab chiqishni va ularni takomillashtirishni taqozo qiladi.
Iqtisodiy tahlil fanining predmeti – iqtisodiy axborotlar tizimi bo‘lib aks etgan obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida yuzaga kelgan va keladigan korxonalar faoliyatidagi xo‘jalik jarayonlari va boshqa turli faoliyatlar, ularning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi hamda yakuniy moliyaviy natijalar hisoblanadi. Fanning predmeti ta’rifidan shu narsa ko‘rinadiki, iqtisodiy tahlil korxonalarning asosiy xo‘jalik jarayonlari va boshqa turli faoliyatlari hamda ularning yakuniy moliyaviy natijalarini o‘rganadi. Korxonalardagi xo‘jalik jarayonlari asosiy faoliyat, ularni tashkil etish hamda yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni qamrab oladi. Korxonaning boshqa faoliyatlarini xo‘jalik jarayonlari bilan birgalikda amalga oshiriladigan moliyaviy hamda investitsiya faoliyati, soliq to‘lovlari kabi munosabatlar tashkil etadi. Iqtisodiy tahlilda korxona iqtisodi faqat dinamik holatda emas, balki statik tarzda ham o‘rganiladi. Korxona faoliyatida obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida yuzaga kelgan xo‘jalik jarayonlari mazmuni quyidagicha izohlanadi. Obyektiv omillar mavjud bo‘lgan iqtisodiy qonunlar bo‘lib ular asosida xo‘jalik jarayonlari yuzaga keltiriladi va boshqariladi. Misol uchun, talab va taklif qonuni. Bozorda talab oshsa mahsulotga bo‘lgan narx ham oshadi. Bu bilan korxona ishlab chiqaradigan mahsulotlari hamda sotib oladigan xomashyolar bahosini belgilab olib shu asosda faoliyatini rejalashtiradi. Shuningdek, korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi tashqi ijtimoiy-iqtisodiy voqeliklar ham obyektiv omillar bo‘lib hisoblanadi. Misol uchun, davlatning soliqlar bo‘yicha siyosati va undagi zaruriy o‘zgarishlar yoki hamkorlikdagi korxonalarda kutilmagan o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi va shu kabilar. Subyektiv omillar shaxslar faoliyati (korxona xodimlari) bilan bog‘langan bo‘lib, ularning voqelikka ta’siri natijasida sodir bo‘ladi. Misol uchun, garchand xo‘jalik amaliyoti obyektiv shartlar, omillar asosida bashoratlanib rejalashtirilsada, ularning iqtisodiy munosabatlar tarzida yuzaga chiqarilishi, amalga oshirilishi subyektiv tarzda sodir bo‘ladi. Ya’ni xo‘jalik faoliyatining asosi obyektiv omillardan tashkil topsada, ulardan ilmiy asosda foydalanish bu shaxslarning bilimi, malakasi, tadbirkorligiga bog‘liq.
Iqtisodiy tahlil fanining maqsadi va vazifalari Xo’jalik yurituvchi sub’ektning mehnat, moddiy, moliyaviy va boshqa resurslar bilan ta’minlanganligi hamda ulardan samarali foydalanganligini ta’sir etuvchi omillar asosida, axborot manbalariga binoan monitoring etib, foydalanuvchilarni ma’lumotlar bilan ta’minlash, shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlashni fanning maqsadi deb hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishishda iqtisodiy tahlil quyidagi vazifalarni bajarishi kerak: - o’rganilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonga to’g’ri va holisona baho berish; - tuzilgan biznes reja ma’lumotlarining to’g’ri va ilmiy asoslanganligini baholash; - moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganligi va ulardan samarali foydalanishga baho berish; - iqtisodiy tahlil tamoyillari va xo’jalik hisob-kitoblariga amal qilishlikni muntazam tekshirib turish; - monitoring natijasida samaradorlikni oshirish imkoniyatlarini aniqlash; korxonani rivojlantirishning joriy va istiqbolli rejalarini tuzish uchun iqtisodiy asos bo’ladigan ko’rsatkichlarni aniqlash; - xo’jalik sub’ektini kelgusida faoliyati bo’yicha takliflar tayyorlash va h.k.

Ko’rsatkichlar

O’tgan yil

haqiqatda

Farqi(+,-)

Tadbirkor egaligidagi savdo shaxobchalari soni, dona

45

50

5

Bitta ijara obyektidan olinadian ijara summasi, ming so’m

10200

11000

800

Tadbirkoming jami ijara daromadlari, ming so’m

459000

550000

91000

Download 174.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling