2. Armaturaning sortamenti. Armaturaning fizik-mexanik xossalari


Download 403.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi403.95 Kb.
#1507457
  1   2   3   4
Bog'liq
1 тема практика



90 


91 
2. Armaturaning sortamenti.
3. Armaturaning fizik-mexanik xossalari.
4. Armaturalash usullari.
Po‘lat sterjenli armatura hisoblash yo‘li bilan hamda konstruktiv yoki ishlab 
chiqarish 
talablari 
asosida 
betonga 
joylashtiriladi. 
Armatura 
temirbeton 
konstruksiyalarida cho‘ziluvchi kuchni qabul qilish va betonning siqilgan qismini 
kuchaytirish uchun qo‘llaniladi. Armaturalar ishlatilishiga ko‘ra: ishchi, konstruktiv, 
montaj armaturalariga bo‘linadi. Ishchi armatura hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi 
(cho‘ziluvchi yoki siqiluvchi kuchini qabul qilish uchun). Montaj armaturasi ishchi 
armaturani loyihada ko‘rsatilgan holatdagi joyini belgilash uchun, karkas bilan 
birlashtirish uchun qo‘yiladi. Betonda hisobda e’tiborga olinmagan kirishish va 
tobtashlash, hamda temperaturaning o‘zgarish kuchini hisobga olish uchun 
konstruktiv (yoki taqsimlovchi) armatura armaturalar o‘rtasida kuchlanishni bir xil 
taqsimlash uchun qo‘yiladi. Ishchi va konstruktiv armatura montaj armatura 
vazifasini ham bajarishi mumkin. 
Temirbeton 
konstruksiyalarida 
qo‘llaniladigan 
armaturalar 
quyidagi 
xususiyatlari bilan farqlanadi: 
-tayyorlash texnologiyasiga ko‘ra qizdirib prokatlangan va sovuqlayin
cho‘zilgan; 
-yuza shakli silliq va davriy profilli;
-qo‘llash usuli oddiy va zo‘riqtirilgan.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, temirbeton konstruksiyalarida davriy profili
sterjenli armaturalar keng qo‘llaniladi. Davriy profili armaturani 1889 yilda F.Ransen 
(AQSh) ixtiro qildi. Armatura sirtining davriy profili shakli (ya’ni uning g‘adir-
budurligi) uning beton bilan yopishuvini yanada oshiradi, bu esa o‘z navbatida, beton 
cho‘zilishga ishlaganida, yoriqlarning kengayishini kamaytiradi, armaturani 
betondagi mustahkamlashi bo‘yicha maxsus choralar ko‘rishdan xalos etadi. Sterjenli 
va simli armaturalar egiluvchan armatura deyiladi. Ayrim xollarda egiluvchi 
armaturadan tashqari egilmaydigan bikir yuk ko‘taruvchi armaturalardan ham 
foydalaniladi (shveller, qo‘shtavr va b). 
Armatura po‘latlari mexaniq xususiyatlariga ko‘ra yumshoq yoki qattiq bo‘ladi. 
Yumshoq po‘lat plastik va ma’lum darajada (25% gacha) uzayish xususiyatiga ega. 
Ma’lumki, po‘latning asosiy fizik-mexaniq xossalari armaturani cho‘zishga sinash 
jarayonida olinadigan «kuchlanish-deformatsiya» 

s


s
diagrammasidan aniqlanadi. 
Yumshoq po‘lat uchun kuchlanish va deformatsiya orasidagi chiziqli va oqish 
chegarasining aniqligi o‘ziga xosdir. Oquvchanlik chegarasi uchun qo‘llaniladigan 
kuchlanishi-

u
bunday holatda namunada kuchlanishni oshirmay turgan xolda 
deformatsiya ortadi. Uzilishdagi vaqtinchalik qarshilik-

u
namunani uzilishiga olib 
keladigan kuchlanish.Yumshoq po‘latning oquvchanlik chegarasi 

u

200-400 MPa, 
vaqtinchalik qarshiligi esa 

u

380-600 MPa ga teng. 
1. Temirbeton konstruksiyalari kesim yuzasida bajaradigan vazifasiga ko‘ra
armaturalarnig turlari.

Download 403.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling