2. Armaturaning sortamenti. Armaturaning fizik-mexanik xossalari
-Mavzu: Armaturaning fizik-mexanik xossalari
Download 403,95 Kb. Pdf ko'rish
|
1 тема практика
21-Mavzu: Armaturaning fizik-mexanik xossalari
Reja: 92 Armaturaning mustahkamligini oshirish va uzilishdagi uzayishini kamaytirish uchun o‘tda toblash yoki mexaniq ishlov berish yoki tarkibiga marganets, kremniy, xrom va boshqa qo‘shimchalar qo‘shish orqali erishiladi. Armatura po‘latini o‘tda toblash, ya’ni termik mustahkamlash qizdirish (800- 900°S gacha qizdirish va moyda tez sovutish) va yana qisman qizdirish (300-400°S gacha qizdirish va asta sovutish) orqali bajariladi. Termik toblangan po‘latlarda shartli oqish chegarasi plastik zona tarafiga qarab asta-sekin yuqoriga ko‘tariladi. Xuddi shunday holat « s - s » diagramma yuqori aralashmali (yuqori legirlangan) armatura po‘latlari uchun ham xosdir. Bunday po‘latlarda aniq ko‘rinadigan oqish maydonchasi yo‘q. Ular uchun oquvchanlikning shartli chegarasi kuchlanish - 0,2 deb belgilanadi, bunda qoldik deformatsiya 0,2% ga teng. Bunda po‘latning uzilishdagi uzayishi shartli oquvchanlik chegarasida uzayishi 8% ni tashqil etadi, 0,2 600 1000 MPa; u 900 1200 MPa. Po‘latni mexaniq usulda mustahkamligini oshirish uchun (sovuq xolda cho‘zish) ichki kristall to‘r tuzilishi holatini o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi. Po‘latni k - kuchlanishgacha uzaytirilganda, u dan ortishi proporsionallik chegarasini ko‘tarilishiga olib keladi. Takroriy cho‘zishda kuchlanishning yangi oqish chegarasi sun’iy ravishda orttirilgandek bo‘lib qoladi. Natijada, mustahkamligi oshirilgan oddiy sim armatura olinadi. Ko‘p karrali cho‘zish po‘latni mexaniq mustahkamligini oshirishning boshqa turi hisoblanadi, ya’ni unda « s - s » nisbati uzilishgacha chiziqli bo‘lib qoladi, bunda mustahkamlik chegarasi anchaga uzayadi. Bunday texnologiya asosida mustahkamligi yuqori bo‘lgan armaturali sim olinadi. Qattiq po‘latlarning eng ko‘p uzayishi 4-6% ni tashqil etadi, oddiy armaturalar uchun u 380 550 MPa bo‘lsa, yuqori mustahkam armatura uchun esa u 1300 1900 MPa tashkil etadi. Armaturalarning elastiklik xususiyati elastik moduli bilan xarakterlanadi va u 0,15 dan 0,4 gacha oraliqda bo‘ladi. Temirbeton konstruksiyalarini yuk ta’sirida me’yorda ishlashi uchun hamda armatura ishlarini mexanizatsiyalash uchun uning plastiklik xususiyati, charchash natijasida emirilishi va boshqa holatlari katta ahamiyatga ega. Po‘latning plastiklik xossasini kamayishi armaturani mo‘rt uzilishiga olib keladi. O‘tda toblangan yoki tortish bilan mustahkamlangan po‘lat armaturalarni payvandlash mumkin emas, negaki bunda mustahkamlik o‘z samarasini yo‘qoladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, seysmik rayonlar uchun armatura po‘latlarini plastik xususiyatlari alohida ahamiyatga ega, negaki plastiklik xossasi, masalan statik noaniq konstruksiyalarda kuchlanishni tekis taqsimlash imkonini beradi. Download 403,95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling