2. Auditorlik hisoboti va uni tuzish tartibi
Download 62.35 Kb.
|
Farrux kurs ishi tayyor
Salbiy fikr bildirish
Auditor, agar u etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olgach, buzib ko’rsatishlar alohida-alohida yoki jamuljam holda moliyaviy hisobotlar uchun ham muhim, ham keng qamrovli hisoblanadi, degan xulosaga kelgan bo’lsa, salbiy fikr bildirishi lozim. Fikr bildirishdan bosh tortish Auditor, agar u o’ziga fikr hosil qilish imkonini beradigan etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmasa va topilmagan buzib ko’rsatishlar (agar ular mavjud bo’lsa) moliyaviy hisobotlarga ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’siri ham muhim, ham keng qamrovli bo’lishi mumkin, degan xulosaga kelgan bo’lsa, fikr bildirishdan bosh tortishi lozim. Shuningdek, agar auditor (ko’p sonli noaniqliklardan iborat bo’lgan kamdan-kam hollarda) noaniqlikning har bir jihati xususida etarlicha tegishli dalillar olinganiga qaramay, noaniqlik jihatlarining potentsial o’zaro aloqasi va ular jamuljam holda moliyaviy hisobotlarga ta’sir ko’rsatishi mumkinligi tufayli moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikrni hosil qilish mumkin emas, degan xulosaga kelgan bo’lsa ham, fikr bildirishdan bosh tortishi lozim. Auditor kelishuvni qabul qilganidan keyin tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tomonidan cheklashlar belgilangani tufayli etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish mumkin emasligi oqibatlari Agar auditor kelishuvni qabul qilganidan keyin tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati audit ko’lamiga cheklashlar belgilaganidan xabar topgan bo’lsa va ular auditor fikriga ko’ra, moliyaviy hisobotlar bo’yicha qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirish yoki fikr bildirishdan bosh tortishni talab qilishi mumkin bo’lsa, auditor tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatidan cheklashni olib tashlashni so’rashi lozim. Bordiyu, tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati ko’rsatilgan cheklashni olib tashlashdan bosh tortgan bo’lsa, auditor, boshqaruv yuklatilgan shaxslarning barchasi tadbirkorlik sub’ektining rahbariyati bo’lib ham ishlaydigan hollarni istisno qilganda, bu haqda boshqaruv yuklatilgan shaxslarni 260 sonli AXSga muvofiq xabardor qilishi 1 va etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish uchun muqobil tartib-taomillarni bajarish mumkinligi yoki mumkin emasligini hal etishi lozim. Agar auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmasa, u buning oqibatlarini quyidagicha aniqlashi mumkin: birinchidan, auditor topilmagan buzib ko’rsatishlar (agar ular mavjud bo’lsa) moliyaviy hisobotlarga ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’sir muhim bo’lishi mumkin, lekin keng qamrovli bo’lishi mumkin emas, degan xulosaga kelgan bo’lsa, auditor qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirishi lozim, ikkinchidan, topilmagan buzib ko’rsatishlar (agar ular mavjud bo’lsa) moliyaviy hisobotlarga ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’siri shu darajada ham muhim, ham keng qamrovli bo’lishi mumkinki, qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirish vaziyatning jiddiyligini ko’rsatish uchun etarli bo’lmasligi mumkin, degan xulosaga kelgan bo’lsa auditni o’tkazishdan bosh tortishi yoki moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikr bildirishdan bosh tortishi kerak. Agar auditor, yuqorida nazarda tutilgandek, auditni o’tkazishdan bosh tortayotgan bo’lsa, bunday qilishdan oldin auditor auditni o’tkazish jarayonida aniqlangan, fikrni modifikatsiyalash talab etilishiga sabab bo’lgan har qanday masalalar to’g’risida boshqaruv yuklatilgan shaxslarni xabardor qilishi maqsadga muvofiq. Salbiy fikr bildirishga yoki fikr bildirishdan bosh tortishga taalluqli bo’lgan boshqa jihatlar Auditor moliyaviy hisobotlar bo’yicha salbiy fikr bildirish yoki fikr bildirishdan bosh tortish zarur deb hisoblagan bo’lsa, auditorlik hisoboti (xulosasi)ga ham ayrim moliyaviy hisobot yoki moliyaviy hisobotning bir yoki bir nechta alohida elementlari, schyotlari yoki moddalari bo’yicha moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning ayni o’sha asosi xususida modifikatsiyalanmagan fikr kiritilishi mumkin emas. Mazkur vaziyatda ayni o’sha hisobot (xulosa)ga bunday modifikatsiyalanmagan fikrning kiritilishi2 moliyaviy hisobotlar bo’yicha bildirilgan salbiy auditorlik fikriga yoki auditorning fikr bildirishdan bosh tortishiga zid bo’lur edi. Modifikatsiyalangan fikr ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi)ning shakli va mazmuni quyidagicha. Download 62.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling