2. Auditorlik hisoboti va uni tuzish tartibi


Download 62.35 Kb.
bet9/12
Sana06.05.2023
Hajmi62.35 Kb.
#1434379
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Farrux kurs ishi tayyor

Chikago, Illinoys
21 yanvar 2004


Moliyaviy hisobotlarga javobgarlik to’g’risida
RAHBARIYATNING XATI
Wm.Wringley Jr. Kompaniyasi boshqaruvi ushbu yillik hisobot tayyorlash, uning yaxlitligi va ular bilan bog’liq axborotlar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. Ushbu javobgarlik ichki nazorat tizimi orqali aktivlar butunligini ta’minlash, bitimlar tegishli tarzda ruxsat olgan holda amalga oshirilishiga erishish va moliyaviy yozuvlar to’g’ri aks ettirilishini ham qamrab oladi.
Ushbu choralar ichki auditning kompleks dasturini, kompaniya siyosatini, jarayonlar uchun javobgarlik mos tarzda bo’lishini, shuningdek, xodimlarni ehtiyotkorlik bilan tanlash va o’qitishni o’z ichiga oladi. Korxona siyosati Ish yuritish kodeksini o’zida aks ettirib, unga muvofiq barcha ishchilar kasbiy etika qoidalariga amal qilishlari lozimdir.
LLP Ernst and Young moliyaviy hisobotlarning mustaqil auditini o’tkazdi, uning hsoboti(xulosasi) quyida keltiriladi. Direktorlar kengashi boshqaruv uchun o’z javobgarligini mustaqil direktorlardan iborat, audit bo’yicha komitet orqali amalga oshiradi. Audit bo’yicha Komitet muntazam ravishda hisob tahlili va nazorat masalalar yuzasidan yig’ilishlar o’tkazadi. Ernst and Young LLP va ichki auditorlar audit bo’yicha Komitetga to’g’ridan-to’g’ri kirish imkoniga ega va ular bilan muntazam ravishda alohida uchrashish imkoniga ega. WM.WRIGIEV JR.KOMPANIYa Chikago, Illinoys
21 yanvar 2004
AQShda (US) auditining umum qabul qilingan standartlari GAAS xalqaro standartlar kabi, xulosada uchta banddan foydalanishni talab qiladi. Ikkinchi xatboshi xalqaro standartlarga muvofiq qayd etish qismiga, uchinchi xatboshi esa auditor fikrini ifodalaydigan bandga to’g’ri keladi. Yuqoridagi misolda Amerikaning Wm.Wrigiev Jr.Comnany kompaniyalari, saqich ishlab chiqaradigan “Juicy Fruit”, “Doublemint” yalpizli, “Spearment” yapizli, “Big Red” va boshqa kompaniyalarining to’liq hisobotlari haqidagi auditor xulosasini va rahbariyatning moliyaviy hisobotlarga javobgarlik haqidagi xatini ko’rdik.

5. Auditorlik xulosasining turlari tavsifi


705 sonli AXSda modifikatsiyalangan fikrning uch shakli, xususan, qo’shimcha izohlar bilan fikr, salbiy fikr va fikr bildirishdan bosh tortish belgilanadi. Vaziyatga mos keladigan modifikatsiyalangan fikr shaklini aniqlash quyidagilarga bog’liq bo’ladi:
(a) Fikrni modifikatsiyalashni talab qilgan masalaning xususiyatiga, ya’ni moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar bor-yo’qligiga yoki, etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish mumkin bo’lmagan holda, moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar bo’lishi mumkinligi yoki mumkin emasligiga; va
(b) Mazkur masalaning moliyaviy hisobotlarga ta’siri keng qamrovliligi yoki uning ta’sir ko’rsatish ehtimoli to’g’risida auditorning mulohazasiga
Auditorning maqsadi quyidagi hollarda talab etiladigan moliyaviy hisobotlar bo’yicha modifikatsiyalangan fikrni tegishli ravishda aniq ifodalashdan iborat:

  • Olingan auditorlik dalillari asosida auditor moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjud degan xulosaga kelgan bo’lsa;

  • Auditor unga moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjud emas degan xulosaga kelish imkonini beradigan etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmasa.

Auditorlik fikrini modifikatsiyalash shaklini aniqlash
Qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirish
Auditor quyidagi hollarda fikrni qo’shimcha izohlar bilan ifodalashi lozim:

  • Etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olgach, auditor buzib ko’rsatishlar alohida-alohida yoki jamuljam holda moliyaviy hisobotlar uchun muhim hisoblanadi, lekin ular keng qamrovli emas, degan xulosaga kelgan bo’lsa;

  • Auditor o’ziga fikr hosil qilish imkonini beradigan etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmasa, biroq u topilmagan buzib ko’rsatishlar (agar ular mavjud bo’lsa) moliyaviy hisobotlarga ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’siri muhim bo’lishi mumkin, lekin keng qamrovli bo’lishi mumkin emas, degan xulosaga kelgan bo’lsa.


Download 62.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling