Bajardi: мм 53-2 Xo’jakov Bunyod Qabul qildi: toshkent–2022 Auditning umumiy rejasi va dasturini tayyorlash prinsiplari
Download 34.6 Kb.
|
Auditning umumiy rejasi va dasturini tayyorlash prinsiplari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Auditning umumiy rejasi va dasturini tayyorlash prinsiplari
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “AUDIT” FANIDAN MUSTAQIL ISH Mavzu:Audit ishchi dasturini tayyorlash va tuzish Bajardi: ММ 53-2 Xo’jakov Bunyod Qabul qildi: TOSHKENT–2022 Auditning umumiy rejasi va dasturini tayyorlash prinsiplari 17. Auditning umumiy rejasi va dasturini ishlab chiqishga kirishar ekan, auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyekt to‘g‘risidagi dastlabki bilimlarga, shuningdek, o‘tkazilgan tahliliy tartib-taomillarning natijalariga asoslanishi kerak. 18. Tahliliy tartib-taomillarni o‘tkazish yordamida auditorlik tashkiloti audit uchun ahamiyatli bo‘lgan sohalarni aniqlashi kerak. Tahliliy tartib-taomillarning murakkabligi, hajmi va o‘tkazish muddatlarini auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyektni moliyaviy hisoboti ma’lumotlarining hajmi va murakkabligiga qarab o‘zgartirishi kerak bo‘ladi. 19. Auditning umumiy rejasi va dasturini tayyorlash jarayonida auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyektda amal qilayotgan ichki nazorat tizimining samaradorligini baholaydi va ichki nazorat tizimi riskini (nazorat riskini) baholashni amalga oshiradi. Agar ichki nazorat tizimi noto‘g‘ri axborot paydo bo‘lgani to‘g‘risida o‘z vaqtida ogohlantirsa, shuningdek, noto‘g‘ri axborotni aniqlasa, uni samarador deb hisoblash mumkin. Ichki nazorat tizimining samaradorligini baholanishida, auditorlik tashkiloti auditorlik isbot-dalillarining yetarli miqdorini to‘plashi kerak. Agar auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotning ishonchliligi xususida yetarli darajada ishonch hosil qilish uchun ichki nazorat tizimiga va buxgalteriya hisobi tizimiga asoslanishga qaror qilsa, u kelgusi audit hajmini tegishli tarzda tuzatishi kerak bo‘ladi. 20. Audit umumiy rejasi va dasturini tayyorlashda auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotni ishonchli deb hisoblash imkonini beradigan muhimlilik darajasi va auditorlik riskining uning uchun maqbul darajasini belgilashi kerak. Auditorlik riskini rejalashtirishda, auditorlik tashkiloti, xo‘jalik yurituvchi subyekt auditidan qat’i nazar, ushbu hisobotga xos bo‘lgan moliyaviy hisobotning ajralmas riski va nazorat riskini belgilaydi. Belgilangan risklar va muhimlilik darajasi yordamida auditorlik tashkiloti audit uchun ahamiyatli sohalarni aniqlaydi va zarur auditorlik tartib-taomillarini rejalashtiradi. Audit jarayonida rejalashtirishda belgilangan auditorlik riski va muhimlilik darajasining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadigan holatlar yuzaga kelishi mumkin. 21. Auditning umumiy rejasi va dasturini tuzishda, auditorlik tashkiloti hisob axborotiga ishlov berishning avtomatlashganlik darajasini inobatga olishi kerak, bu ham auditorlik tashkilotiga auditorlik tartib-taomillarning hajmi va xarakterini aniqroq belgilash imkonini beradi. 22. Auditorlik tashkiloti, agar buni maqsadga muvofiq deb hisoblasa, tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati bilan auditni umumiy rejasi va dasturining ayrim qoidalarini kelishib olishi mumkin. Bunda auditorlik tashkiloti umumiy reja va dasturda aks ettirilgan uslub va usullarni tanlashda mustaqil hisoblanadi, lekin o‘z ishining natijalari uchun mazkur umumiy reja va dasturga muvofiq to‘liq javobgar bo‘ladi. 23. Umumiy reja va dasturni tayyorlashda auditorlik tashkiloti bajarayotgan tartib-taomillarning natijalarini batafsil hujjatlashtirish kerak, chunki mazkur natijalar auditni rejalashtirish uchun asos hisoblanadi va butun audit jarayoni davomida ishlatilishi mumkin. Download 34.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling