2. Auditorlik kasbi va auditorlarning mustaqilligi Auditor axloqi (etikasi)


Auditorlik kasbi va auditorlarning mustaqilligi


Download 132.5 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi132.5 Kb.
#1517970
1   2   3   4   5
Bog'liq
Auditorlik kasbiga malakaviy talablar

2. Auditorlik kasbi va auditorlarning mustaqilligi


Auditorlik faoliyatida mustaqillik Auditning Xalqaro Standartlari – AXS(ISAs)da belgilangan muhim printsiplardan bo’lib hisoblanadi. Auditorlik kasbi va auditorlarning mijoz-korxonaga nisbatan mustaqilligini belgilovchi asosiy mezonlar “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasida keltirilgan. Jumladan quyidagilarga auditorlik tekshiruvi o’tkazish ta’qiqlanadi:

  • tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning rahbarlari va (yoki) boshqa mansabdor shaxslari bilan yaqin qarindosh bo’lgan shaxsga;

  • tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektda mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy manfaatlari bo’lgan shaxsga;

  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, shuningdek xo’jalik boshqaruv organlarining mansabdor shaxslariga;

  • tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimiga; o auditorlik tashkilotlariga va auditorlarga:

  1. o’zlari mulkdori, qatnashchisi, aktsiyadori, kreditori, sug’urtalovchisi bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan, shuningdek ushbu auditorlik tashkilotlari va auditorlar ularga nisbatan mulkdor, qatnashchi, aktsiyador hisoblanadigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan;

  2. mulkdori, qatnashchisi, aktsiyadori shuningdek buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish hamda moliyaviy hisobotlar tuzish uchun javobgar bo’ladigan shaxs ayni bir paytning o’zida ushbu auditorlik kasbining mulkdori, qatnashchisi, aktsiyadori bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektga nisbatan;

v) mazkur xo’jalik yurituvchi sub’ektga auditorlik tekshiruvi qamrab oladigan davrda ushbu Qonun 17-moddasi birinchi qismining ikkinchi va
uchinchi xat boshilarida nazarda tutilgan professional xizmatlar ko’rsatganlar.
Auditorlik kasbi aynan bir xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatini ketma-ket uch yildan ortiq auditorlik tekshiruvidan o’tkazishga haqli emas.
Tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning rahbarlari va (yoki) mansabdor shaxslari bilan yaqin qarindosh deb ularning ota-onalari, turmush o’rtoqlari, aka-ukalari, opa-singillari, o’g’il-qizlari, hamda turmush o’rtoqlarining ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari tan olinadi.
Agar auditorlik xizmati uchun shartnoma tuzilganida yoki topshiriq berilganidan so’ng yuqorida keltirilgan holatlar yuzaga kelsa yoki ma’lum bo’lsa, shartnoma bekor qilinishi, topshiriq esa chaqirib olinishi lozim.
Auditorlar auditorlik tekshiruvi o’tkazish hamda uning natijalari asosida auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi tuzishda tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektga, shuningdek istalgan uchinchi tomonlarga, jumladan tekshiruv o’tkazishni topshirgan davlat organlariga tobe bo’lmasliklari lozim.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotining ishonchli-ligini tasdiqlash uchun maxsus ekspertlar va boshqa soha mutaxassislarini jalb qilish talab etilgan hollarda ham auditorlarning tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektdan mustaqil bo’lish mezonlariga rioya qilinishi shart.

Download 132.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling