1-казус. қийин


Download 38.36 Kb.
bet1/11
Sana14.03.2023
Hajmi38.36 Kb.
#1268487
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Жиноят ҳуқуқи I 2 курс ЖОС Ўзбек 2


1-казус. қийин
Ишдан эрта қайтган Обидов 2021 йил 14 декабрдан 15 декабрга ўтар кечаси соат 01:40 ларда ўз оиласи билан биргаликда яшаб келган турмуш ўртоғи Обидованинг хиёнат қилаётганига гувоҳ бўлиб, уни айбига яраша жазолаш мақсадида кўп қаватли уйнинг лифтига киришга мажбурлаган. Турмуш ўртоғи лифтга кирганидан сўнг кўча бўйида турган ўзига тегишли автомашинасининг орқа қисми (багаж)дан оғзи очиқ ҳолатдаги 5 литрли елим идиш (баклашка)да тўла бўлган бензин маҳсулотини олиб, лифтнинг ёнига келганида турмуш ўртоғи уйга қочиб кириб кетган. Бундан ғазабланган Обидов турмуш ўртоғи Обидованинг сочидан тортиб чиқиб, лифтга киришга мажбурлаган ҳамда қўлидаги бензинни лифтга ва турмуш ўртоғига сепиб, гугурт билан ёқиб юборади. Бу орада шовқиндан ўз хонадонларидан ташқарига чиққан қўшнилар зудлик билан тез тиббий ёрдамга ва ички ишлар органларига хабар беришади.
Дастлабки тергов давомида тергов органи Обидовга нисбатан ўта шафқатсизлик билан қасддан одам ўлдириш сифатида баҳолайди. Бироқ, Обидовнинг ҳимоячиси ҳимояси остидаги шахс кучли руҳий ҳаяжонланиш ҳолатида қасддан одам ўлдирганлик учун жавобгар қилиш лозимлигини таъкидлади.

Umumiy muammo yechimi(U): 97-98 farqini ko`rish kerak



  1. Plenum qarori

5. Agar qilmishda Jinoyat kodeksi 97-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan kvalifikatsiya belgilari, shuningdek, mazkur Kodeksning 98–101-moddalarida nazarda tutilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lmasa, masalan, qotillik bezorilik tuyg‘ulari bilan emas, balki o‘zaro janjal yoki urishish natijasida, rashk tufayli, o‘ch olish, hasad, adovat, nafrat oqibatida sodir etilgan bo‘lsa, qasddan odam o‘ldirish jinoyati JK 97-moddasining birinchi qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.
24. Qonun mazmuniga ko‘ra, agar qasddan odam o‘ldirish to‘satdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida, zaruriy mudofaa chegarasidan yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib sodir etilgan bo‘lsa, bunday jinoyat JK 97-moddasi ikkinchi qismining “a”, “b”, “v”, “d”, “j”, “r”, “s” bandlarida nazarda tutilgan kvalifikatsiya belgilari bo‘yicha sodir etilgan deb baholanmasligi lozim.


  1. Rustambayev

Sud amaliyotida koʻpincha er-xotinning bir-biriga xiyonati oqibatida odam oʻldirish hollari uchraydi. Bunday hollarda javobgarlik masalasini qanday hal etish kerak? Er-xotin alohida yashashga, oʻz kvartiralariga ega boʻlishga haqlidirlar va ularning ishqiy hayoti, ya’ni ularning jinsiy erkinligi hech qayerda man etilmagan. oʻzga shaxs bilan ishqiy aloqaga kirishish qonunga xilof emas, jazoga tortilmaydi (ilgari jinoyat qonunchiligida er-xotinning bir-biriga xiyonat qilganligi uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi modda boʻlgan). Shu munosabat bilan, er-xotin vafodorligining buzilishi hodisasi ogʻir haqorat deb topilishi mumkin emas. Biroq er yoki xotinning koʻzi oldida er-xotinvafodorligining buzilishi hollarini fiziologik affekt holatini yuzaga keltira oladigan ogʻir haqorat deb topish zarur.


Download 38.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling