2. Axborot tizimlari va texnologiyalari, ularni iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda qo‘llashdagi yutuq va muammolar


Download 34.95 Kb.
bet1/2
Sana25.02.2023
Hajmi34.95 Kb.
#1229087
  1   2
Bog'liq
axborot tizim


2. Axborot tizimlari va texnologiyalari, ularni iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda qo‘llashdagi yutuq va muammolar.
Axborot tizimidagi jarayonlar quyidagi bloklardan iborat:
- axborotlarni tashqi yoki ichki manbalardan kiritish;
- kiritilgan axborotlarni qayta ishlash va qulay ko‘rinishda tasvirlash;
- axborotlarni iste’molchilarga chiqarish yoki boshqa AТlarga uzatish;
- teskari aloqa – mazkur tashkilot personali tomonidan qayta ishlanib yana kiritiladigan axborot.
Axborot tizimlari quyidagi xususiyatlarga ega:
- har qanday axborot tizimi - tizimni yaratishning umumiy tamoyillariga binoan tahlil qilinishi, qurilishi va boshqarilishi mumkin;
- axborot tizimi o‘zgaruvchan va taraqqiy etuvchidir;
- axborot tizimini yaratishda tizimli yondoshishga amal qilinadi;
- axborot tizimining mahsuloti bo‘lmish axborotga asoslangan holda qarorlar qabul qilinishi mumkin;
- axborot tizimini axborotlarni qayta ishlashning inson-kompyuter tizimi sifatida qarash mumkin.
Hozirda axborot tizimini kompyuter vositasida yaratiladigan tizim sifatida tushuniladi, lekin umuman olganda axborot tizimi kompyutersiz variantda ham yaratilishi mumkin.
Axborot tizimining faoliyatini tushunish uchun u hal qiladigan muammolarning mohiyatini va u jalb qilingan tashkiliy jarayonlarni e’tiborga olish lozim. Masalan, qaror qabul qilishni ta’minlovchi kompyuterli AТ ning imkoniyatlarini tushunishda quyidagilarni hisobga olish zarur:
- yechilayotgan boshqaruv masalalarining strukturalashganini;
- firma boshqaruvining yechimni qabul qilishi lozim bo‘lgan darajasini (bo‘g‘inini);
- hal kilinayotgan muammoning biznesning muayyan funksional sohasiga tegishliligini;
- ishlatilayotgan axborot texnologiyasining turini.
Axborot tizimlarini joriy etilishidan kutilayotgan natijalar. Axborot tizimlarini joriy etilishi quyidagi natijalarni berishi mumkin:
- matematik metodlar va intellektual tizimlarni joriy etish evaziga boshqaruv masalalarini yechimining ratsional variantlariga ega bo‘lish;
- avtomatlashtirish evaziga xodimlarni qiyin bir xil ishlarni bajarishdan xalos qilish;
- axborotlarning ishonchliligini ta’minlash;
- ma’lumotlarni qog‘oz ko‘rinishdan magnit tashuvchilarga o‘tkazish;
- muassasadagi axborotlar oqimini va hujjatlarni yuritishning strukturasini takomillashtirish;
- mahsulotlarni chiqarish va xizmatlarni ko‘rsatish tannarxining kamayishi;
- iste’molchilarga yangi xizmat turlarini taklif etish;
- bozorda yangi imkoniyatlarni topish;
- turli qulayliklar va imtiyozlarni taklif etish evaziga iste’molchilarni firmaga bog‘lab qo‘yish.
Axborot tizimlari va texnologiyalarining iqtisodiy jarayonlarni boshqarishdagi yutuqlari:
- Boshqa organlar bilan elektron axborot almashinuvi ta’minlanishi;
- Davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish;
- Davlat boshqaruviga ketadigan xarajatlarni kamaytirish;
- Davlat hokimiyati bilan fuqarolar va xo‘jalik subyektlari o‘rtasidagi interaktiv muloqot asosida munosabatni yaxshilash.
- Ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash jarayoni samaradorligining oshishi, ish sifatining ortishi imkoniyatlari yaratildi.
Axborot tizimlari va texnologiyalarini iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda qo‘llashdagi muammolar:
- Axborot oqimi va hajmlarining fan-texnika taraqqiyoti bilan, soliq tizimida yangi, yanada murakkabroq bo‘g‘inlararo aloqalarning paydo bo‘lishi bilan bog‘langan keskin o‘sishi, o‘sib borayotgan axborotni qayta ishlash muddatlarining qisqarishi boshqarish jarayonining tabiatini yanada murakkablashtiradi, eng maqbul qarorlar qabul qilish imkonini bermaydi;
- Axborot tizimlari va texnologiyalarida foydalaniladigan dasturiy-texnik vositalarning xilma-xilligi va murakkabligi, ularni sinovdan o‘tkazish va joriy etish hamda o‘zlashtirishda ma’lum vaqtni talab etishi;
- Axborot tizimlari va texnologiyalarida saqlanadigan axborotlar: dasturlarning xavfsizligini ta’minlash;
- Тexnik qurilmalarning yangi avlodlari yaratilishi munosabati bilan axborot tizimlari va texnologiyalarini ushbu texnik qurilmalarga moslashtirish;
- Axborot tizimlari va texnologiyalari bilan ishlovchi kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash.



Download 34.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling