2. Ayollarga ehtirom buyuklik ramzi
Ayollarga ehtirom buyuklik ramzi
Download 32.55 Kb.
|
Ayol aziz, ona muqaddas
Ayollarga ehtirom buyuklik ramziGo‘zal diyorimizga barchamiz sog‘inib kutgan baxor nafasi kirib keldi. Bahor tobora kuchga kirib, tabiat uyg‘onib borayotgan damda biz bahor va ayol so‘zlarining naqadar uyg‘un va hamoxang ekanini yanada chuqur anglaymiz. Ayol zoti chindan ham o‘z timsolida go‘zallik va nafosat, ezgulik va fidoiylik kabi oliyjanob insoniy fazilatlarni mujassam etganiga yana va yana bir bor ishonch hosil qilamiz. Ayol-borliq ko‘zgusi. Uning nafis go‘zalligi olamni charog‘on etadi, chunki uning niyati pok, o‘zi pok. Barchalarimizga ayonki, onalarni, ayol zotini e’zozlash el-yurtimiz uchun azal-azaldan ezgu qadriyat bo‘lib kelgan. Biz mehr-muhabbat va odamiylikning ilk saboqlarini aziz onalarimizdan, ularning beshigimiz uzra parvona bo‘lib aytgan alla ohanglaridan olamiz. Darxaqiqat, biz hayotimiz mazmuni bo‘lgan sevgi va sadoqat , mehr-muhabbat, nazokat va latofat kabi eng nozik, sirli tuyg‘ularni Yaratganimizning beqiyos mo‘jizasi bo‘lmish ayol zotisiz aslo tasaffur eta olmaymiz. Ayol deganda ko‘z oldimizga eng avvalo mo‘’tabar onamiz, qadrli buvijonlarimiz, munis opa-singillarimiz keladi. Ularga qancha e’tibor, g‘amxo‘rlik qilsak, quvontirishga urunsak baribir ozdir. Chunki, mana shu ayollar dunyoda yangidan-yangi chaqaloq yig‘isi eshitilishiga sabab bo‘layotgan zotlardir. Dunyoda shunday bir zot borki, uni xar kuni e’zozlasak ham, dillarini hushnud qilishga urunsak ham uning haqqini ado eta olmaymiz. Bu mo‘’tabar zot- onadir. Muqaddas islom dinimizda onaga yaxshilik qilish borasida juda ko‘p buyruqlar va onani dilini og‘ritmaslik haqida ko‘pgina qaytariqlar mavjuddir. Birgina misol keltiramiz. Allox, taolo «Isro» surasining 23-oyatida marhamat qilib aytadi: «Robbingiz faqat Uning O‘zigagina ibodat qilishingizni va ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. Agar huzuringda ularning birlari yoki ikkovlari ham keksalikka yetsalar, bas, ularga «uff»dema, ularga ozor berma va ularga yaxshi so‘z ayt!» Bu jumlaning «uf» so‘ziga bog‘liq ikki hil ma’nosi bor. Birinchi ma’nosi — ota-onaga yomon so‘z aytib, bexurmat qilma, degani bo‘lsa, ikkinchi ma’¬nosi— ota-onang oldida «uf» dema, ular, bolam og‘ip holga tushibdi, deb ozorlanadilar, deganidir. «...ularga ozor berma va ularga yaxshi suz ayt!» Ota-onangga xech bir ozorni ravo kurma! Qanday yaxshi so‘z bo‘lsa, ushani ota-onangga ravo ko‘r! Ayolga ehtirom – uning Alloh taolo belgilab qo'ygan haq-huquqlarini hurmat qilishdir. Ularni bekam-ko'st, hatto kamoliga etkazib ado etishdir. Zero, Alloh taolo ayolning haq-huquqlarini unga e'tiborsiz yondashish, beparvo qarash uchun emas, balki to'liq ado etish, amalda tatbiq qilish uchun tayin qilgan. Ayolga ehtirom – uning omonatini ado etish, moliyaviy haqlarini amalga oshirish, uning o'ziga tegishli bo'lgan ishlarda undan izn olish, uning shaxsiyatini, shuningdek, modomiki shariat talabiga javob berar ekan, xohish-istaklarini hurmat qilish, o'ziga tegishli ishlardagi tanlovini va hayot tarzini munosib baholashdir. Uning qo'lidan tutib, Allohning roziligi tomon etaklashdir. Ayolga ehtirom – uning kichik yoshdagi bolalariga tegishli ishlar va shaxsiyatlariga munosabat yuzasidan tanlov huquqini hurmat qilish. Uning fikriga e'tiborsiz bo'lmaslikdir. Zero, farzandlarni u otadan ko'ra yaxshiroq idrok qiladi, ko'p hollarda ular nima xohlayotganlarini yaxshiroq biladi. Ota farzand tarbiyasi borasida faqat o'zining gapini o'tkazadigan bo'lmasligi kerak. Ayolga ehtirom – uning uydagi qadr-qimmatini, uy ishlari va ro'zg'or yumushlari yuzasidan tanlovini hurmat qilishdir. Zero, uy ishlari ayolning zimmasida bo'lib, u xonadonning chirog'idir. Uy – ayolning kichik vatani. Ayolga ehtirom – uning shaxsiyatini, his-tuyg'ularini, tabiatini hurmat qilish, uni baxtli va rozi qilishga intilishdir. Download 32.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling