2. Ayollarga ehtirom buyuklik ramzi


Download 32.55 Kb.
bet1/3
Sana07.05.2023
Hajmi32.55 Kb.
#1440118
  1   2   3
Bog'liq
Ayol aziz, ona muqaddas


REJA:
1. Ayol aziz, Ona muqaddas

2. Ayollarga ehtirom buyuklik ramzi


3. Ayyol saodati
Xulosa

Ayol aziz, Ona muqaddas
Ayol borki olam munavvar! Darhaqiqat ayol ona, ayol rafiqa,ayol singil. Bu muqqadas bir zotki, uning bilan olam munavvar uning bilan oila vatan xonadon oboddir. Yangilanish,yosharish, bahor faslining ilk bayrami aynan ayollarga atalgani bejis emas albatta.Ayol- bu sadoqatli yor ko’ngillarga zavq-shavq bag’ishlovchi hayotni go’zal qiluvchi, ibo-hayoni o’zida mujassam etgan bir xilqat…
 Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, huquq va manfaatlarini himoyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ularning yurtimiz siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida faol ishtirokini ta’minlash, ma’naviy va intellektual saviyasini yuksaltirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan etib belgilandi. Ayol! Bu muqaddas so`zni tilga olarkanman, dunyoda men uchun yagona va aziz bo`lgan mehridaryo onajonim ko`z o`ngimda gavdalanadi. Ayol, ona barcha so`zlar zamirida mislsiz, siz-u biz anglab yetolmas mazmun borki, bu haqda qancha fikr-u mulohaza yuritsak baribir oz. Ayol, barcha qayinchiliklarni yengadi. Ha, bu hayot haqiqati. Bu haqiqatni xech kim rad etolmaydi. Ayolning oiladagi o`rni haqida qancha gapirsak ham shuchalar oz deb o`ylayman.Oila bir kema bo`lsa, uni boshqaruvchisi esa ayol hisoblanadi.Odamzot ongli hayot boshlagandan buyon, ayollarga kuchli ixlos qo`yib, uni sevib, ardoqlab keladi. Ayol bu kabi ezozlarga, shon-u shuxratlarga, sharaflarga munosib, ular ilk mehrini qo`shib, bajarayotgan olamshumul ishlari bilan ulug`dir.Ayol! O`zbek ayolining qiyinchiliklarini yengishi haqida gapirib o`tirish shart emas. Ne- ne azob-u uqubatlarga bardosh bergan Kumushbibi, Barchinoy kabi buyuk siymolarning timsoli hali- hanuz barchaning nigohida o`z aksini yo`qotgan emas. Erta sahardan issiq non yopgan, bolalarini yuvib- tarab, o`qishga, ishga kuzatadigan ham onadir. Bir qo`lida ketmon, bir qo`lida tesha ushlab tong saharlardan to kun botguncha dalada qolib ketgan, yana shuncha ishlar ozlik qilganday farzand tarbiyasiyu, turmush o`rtog`ining kechki yegulilarini hamda uning barcha injiqliklarini o`z o`rnida hal etguvchiham bu o`zbek ayoli. Eh -he ayol dunyoni larzaga solguvchi, qalblarni to`lqinlartiruvchi, olamni hayratga soluvchi va daryo suvlaridek qalbida mehr nuri mavjlanib oqguvchi ham o`zbek ayoliga xos-u mos xususiyatlardir.
Ayolni hamisha boshimizda ko’taramiz. Ayol o’zidan yaxshi iz qoldirishni o’ylaydi. Ayol hushfel va hushmuomala insondir. Ayol farzandlari mehr bilan boqib, voyaga yetkazadi. O’z suti orqali mehrini beradi. Ayol- bu to’rt harfdan iborat so’z bo’lib, uning zamirida qanchadan – qancha ma’no bor. Ayollarni qancha maqtasak ham baribir oz. Ayollarga teng keladigan zot yo’q. Ayol mo’tabar va munis insondir Ayolning ta’rif –u tasnifi yo’qdek. Hozirgi kunda ayollar yurtimizda , jamiyatda va oilada katta ro’l o’ynaydi. Xalqimiz tabri bilan aytganda- “Ayol bir bir qo’lida beshikni , bir qo’li bilan dunyoni tebratadi”- deganlari rost ekan. Ayol deganda bizning ko’z oilamizga onamiz, ustozimlarimiz namoyon bo’ladi.


Download 32.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling